JK 293m. da nazarda tutilgan jinoyatning sub’ektiv tomonlari jangovor navbatchilik utash qoidalari buzilishining daliliga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita qasdning mavjudligi bilan tavsiflanadi, yo‘l qo‘yilgan buzilishlar oqibatlariga nisbatan ayb extiyotsizlik shaklida ifodalanadi.
Sabab va maqsad har xil bo‘lishi mumkin, ammo jinoyat kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.
Jinoyatning sub’kti navbatchi kuchlar tarkibidagi harbiy xizmatchi bo‘ladi.
2.8 CHegara xizmatini utash qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 294-m.)
Jinoyatning bevosita ob’ekti o‘rnatilgan chegara xizmatini utash tartiblarini ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridan iborat.
Jinoyatning ob’ektiv tomoni chegaraning dahlsizligiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, chegara naryadi tarkibiga kiradigan shaxs tomonidan chegara xizmatini utash tartiblarini buzilishida ifodalanadi.
Jinoyat chegara daxlsizligiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, chegara xizmatini utash qoidalari buzilgan vaqtdan boshlab tugallangan deb topiladi.
JK 293m. da nazarda tutilgan jinoyatning sub’ektiv tomonlari jangovor navbatchilik utash qoidalari buzilishining daliliga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita qasdning mavjudligi bilan tavsiflanadi, yo‘l qo‘yilgan buzilishlar oqibatlariga nisbatan ayb extiyotsizlik shaklida ifodalanadi. Sabab va maqsad har xil bo‘lishi mumkin, ammo jinoyat kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.
Jinoyatning sub’ekti faqat chegara naryadi tarkibiga kirgan yoki chegara xizmatida boshqa vazifalarni bajaradigan harbiy xizmatchi bo‘lishi mumkin, bunda chegara qushinlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini quriqlash bo‘yicha xizmat vazifalarini o‘rnatilgan tegishli me’yoriy aktlar bilan bajarayotgan har qanday harbiy xizmatchisi bo‘lishi mumkin.
JK 294m. 2 qismida chegara xizmatini utash qoidalarini buzish uchun javobgarlik nazarda tutilgan:
A) qonunga xilof ravishda chegaradan utish;
B) boshqa og‘ir oqibatlarga olib keluvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |