Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


JK 290m. da nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomonlari o‘zining biron a


Download 423.5 Kb.
bet11/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

JK 290m. da nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomonlari o‘zining biron a’zosini mayib qilishda, ya’ni harbiy xizmatchini harbiy xizmatni o‘tashdan o‘ziga qandaydir shikast etkazish yo‘li bilan, shu bilan baravar o‘zini yolg‘ondan kasallikka solish yo‘li bilan, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan, yoki harbiy hizmat majburiyatlarini o‘tashdan bosh tortish bilan buyin tovlashda ifodalanadi.
Harbiy xizmat utashdan buyin tovlash a’zolariga shikast etkazish, yoki kasallikni simulyasiya qilish, harbiy xizmat utashdan buyin tovlash maqsadida xujjatlarni qalbakilashtirish, harbiy xizmat utashdan bosh tortish vaqtidan boshlab tugallangan deb tan olinadi.
Jinoyatning sub’ektiv tomonlari bevosita qasddan sodir etiladi. Aybdor harbiy xizmatdan noqonuniy usulda ozod etilishga etishmoqchiligini anglaydi va shuni istaydi. Jinoyat maqsadi – harbiy xizmat vazifalarini utashdan buyin tovlash.
Jinoyat sub’ekti bo‘lib harbiy xizmatda turgan shaxs hisoblanadi. Bu chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmat utayotgan oddiy askar va serjant (starshina) tarkibidagi shaxslar, hamda harbiy unvonidan va qushin turidan qat’iy nazar harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchilar bo‘lishlari mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyat sub’ektlari, harbiy yig‘inga chaqirilgan zaxiradagi fuqarolar ham bo‘lishlari mumkin.
JK 290m. nazarda tutilgan jinoyatlar, bu jinoyat ishtirokchilari deb tan olingan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatchi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida sodir etilishi mumkin.
JK 290m. 2 qismida jangovor holatda sodir etilgan harbiy xizmat o‘tashdan buyin tovlash uchun oshirilgan javobgarlik nazarda tutilgan.

2.5 Qorovul xizmatini utash qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik


(JK 291-m.)

Ushbu jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti umumiy tartibda harbiy xizmat utashning tarkibiy qismi kabi qorovul xizmati utashning urnatilgan tartibini ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridan iboratdir.


Qorovul xizmati utash qoidalarini buzishning qushimcha bevosita ob’ekti deb, qorovulga quriqlashga topshiriladigan ma’lum ob’ektlarning xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi va tartiblarini (masalan, gaupvaxtada saqlanayotgan shaxslarni quriqlash) tushunish lozim.
Jinoyat ob’ektiv tomondan ularni oldini olish uchun qorovul tayinlangan, qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan sodir etilgan zararli oqibatlarga olib kelgan qorovul (vaxta) xizmatini utashning nizom qoidalarini buzishda ifodalanadi.
Qorovul (vaxta) xizmatini o‘tash nizom qoidalarini buzilishi faqat bir sharoitda, agar bu qilmish ushbu qorovul ularni oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa va zararli oqibatlarni yuzaga keltirsa tugallangan jinoyat tarkibini paydo qiladi.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling