2.7 Jangovor navbatchilikni utash qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 293-m.)
Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti – Respublika Qurolli Kuchlari ichki xizmat Nizomi bilan va har bir qushin uchun qullanadigan qumondonlik me’yoriy aktlari bilan o‘rnatilgan jangovor navbatchilik utash tartiblarini ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridir.
Ushbu jinoyatning qushimcha bevosita ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini, chegaralari daxlsizligini, suverenitetini va manfaatlarini, hamda odamlar hayoti, sog‘lig‘i va x.k. larni ta’minlovchi, jamiyat munosabatlari bo‘lishi mumkin.
JK 293m. 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatlarning ob’ektiv tomonlari qo‘riqlanayotgan ob’ektga zarar keltiruvchi yoki jangovor vazofani bajarmaslikka olib keluvchi jangovor navbatchilikni (jangovor xizmatni) o‘tash qoidalarini buzishda ifodalanadi.
Quriqlanayotgan ob’ektlarga zarar etkazish yoki jangovor vazifani bajarmaslik navbatchilik kuchlari va vositalari boshqaruvi punkti bilan aloqani yo‘qotishda, chet el uchuvchi apparati yoki suv kemasi bilan davlat chegaralari kesib o‘tilganligi to‘g‘rsidagi axborotni o‘z vaqtida bermaslik, ost bo‘lim tomonidan oldiga qo‘yilgan vazifalarni tula hajmda bajarish qobiliyatini real pasayishi va x.k.da ifodalanadi.
JK 293m. 2 qismida jangovor navbatchilik (jangovor xizmat) utash qoidalarini buzish uchun javobgarlik, O‘zbekiston Respublikasiga tusatdan qilingan xujumni o‘z vaqtida payqamaslik yoki daf etmaslik, og‘ir oqibatlar keltirishida ifodalangan.
JK 293m. 2 qismi mazmunidagi og‘ir oqibatlar bevosita davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jangovor navbatchilik vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. Ularning mavjudligi to‘g‘risidagi masala sodir etilgan jinoyatning aniq xolatlarini hisobga olish bilan echiladi.
Qonunda ko‘rsatilgan jangovor navbatchilik utash qoidalari buzilishi natijasidagi oqibatlar kelib chiqqan vaqtdan jinoyatlar tugallangan deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |