Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish usullari, top-5 tavsiya, qoidalari


Download 137.7 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi137.7 Kb.
#1321166
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Agent 007 AAAAAAA



Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish — usullari, TOP-5 tavsiya, qoidalari

Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun ko’plab narsalarga e’tibor berish kerak. Erkaklar orgazmi masalasiga kelganda barchasi oddiy va tushunarli. Biroq hamma ham turmush o’rtog’i qoniqganligi haqida o’ylab ko’rmaydi. Agar jami bo’lib o’n daqiqa yaqinlikda bo’lib, so’ng uyquga ketadigan bo’lsangiz, demak jinsiy hayotga o’zgartirishlar kiritish vaqti kelgan.

Ayolni qanoatlantirish, o’zaro muhabbatni kuchaytirish uchun nima qilish kerak, quyida batafsil.
Mundarija

Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish qoidalari
Prelyudiyaning muhimligi
Erkak jinsiy aloqa qilishni istasaganida, u holda uning ayoli ham buni xohlaydi deb fikrlash noto’g’ri. Erkaklar tili bilan gapirganda, ayol kishi sovuqda qolgan avtomashina kabi. Dastlab uni ilitish lozim. Birinchi raqamli maqsad — ehtirosni uyg’otishdir.
Aksariyat erkaklar prelyudiyaga shu qadar ahamiyat bermaydiki, ba’zilar hatto uni o’tkazib ham yuboradi. Bir-ikkita erogen nuqtalarga ta’sir etish yetarli deb o’ylash ham xato bo’ladi. Jinsiy aloqadan oldin, unga moslashishga hissa qo’shadigan bir qator amallarni bajarish mumkin.
Ayol qanchalik yosh bo’lsa, unga yaqinlikning hissiy tomoni jismoniy tomonidan ko’ra shu qadar muhimroq bo’ladi. Bu, albatta, munosabatlarning tarjiba orttirilgan davrlarida prelyudiyani o’tkazib yuborish mumkin degani emas.
Erogen nuqtalar
Erogen yoxud shaxvoniy zonalarga tegish erotik to’lqin uyg’otadi. Dastlab asosiy erogen nuqtalarga ta’sir qilmaslikka harakat qilish kerak. Bunday nuqtalar bir bosishdayoq ehtiros uyg’otadigan tugmalar emas. Atmosferani «qizdirish» uchun avvalo bunday zonalar yaqiniga ta’sir etish va ularga tobora yaqinlashib borish kerak.

Download 137.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling