Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish usullari, top-5 tavsiya, qoidalari


Download 137.7 Kb.
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi137.7 Kb.
#1321166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Agent 007 AAAAAAA

Ayolni qondirish psixologiyasi
Erkaklar va ayollar bir-biridan juda farq qiladigan jonzotlar ekanligini unutmaslik kerak. Ayollar psixologiyasining ba’zi xususiyatlarini yodga olib, bu farq nimada ekanligini tushunib olish mumkin.

  • Birinchi qoida. Ayollar uchun jinsiy aloqa — munosabatlarning mantiqiy davomi. Agar uni tushki vaqt xafa qilgan bo’lsangiz, tunda yaxshi munosabatlarni umid qilmaslik ham mumkin. Shuning uchun mavjud kelishmovchiliklarga kunning birinchi yarmida aniqlik kiritib olish kerak. Qarabsizki, kechga yaqin yarashib olishga ulgurasiz.

  • Ikkinchi qoida, har bir kishi biladi, lekin muhim daqiqada ko’pincha unutadi — ayol quloqlari bilan sevadi. U bilan iltifotli bo’lish, unga naqadar go’zal va betakror ekanligini eslatib turishdan charchamaslik ijobiy natija beradi.




Ayollar romantikani sevadi. Qizil yelkanli yaxta tashkillashtira olmasangiz ham, hech bo’lmaganda, bitta guldasta yoki boshqa yoqimli sovg’a bilan ham ko’ngillarga iliqlik ulashish mumkin. Ko’rasiz, u buning qadriga yetadi.

  • Uchinchi qoida. Yaqinlik toza-ozoda xonada bo’lishi kerak. Kishining ko’nglini bexush qiladigan, kulgisini keltiradigan narsalar imkon qadar bartaraf etilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

  • To’rtinchi qoida. Erogen zonalarni qidirishni to’xtatmaslik. Ularni stimulyatsiya qilish ayollar ehtirosini oshiradi. Tajribali erkaklar yaxshi biladilar: quloqlarning yumshoq qismini yengil tishlash, qorinning pastki qismini siypalash yoki umurtqa bo’ylab qo’lni ohista o’tkazish ayollarni ehtiroslantiradi. Boshqalarda esa ehtiros ko’krakni silash natijasida uyg’onadi.

  • Beshinchi qoida: ayollar erkaklardan kam emas, ba’zida esa ko’proq, jinsiy monotoniyaga toqat qilmaydi. Ular tajribalarga, syurprizlarga, yangi holatlarga tayyor. Buni yodda saqlang va fantaziyalarni amalga oshirish uchun ularni ayolga taklif qilishdan qo’rqmang.

Har qanday holatda, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlashi va ularni maksimal darajada qondirish usullarini o’rganish uchun tez-tez va samimiy yaqinlik qilishga harakat qilish kerak. Bu masalada, har qanday ishda bo’lgani kabi, tajriba amaliyot bilan kela boshlaydi.

Download 137.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling