Lazzatni uzoq davom ettirish
Prelyudiya zerikarli va foydasiz deb o’ylash to’g’ri emas. Xudbinlik qilib, erkak faqat o’zi tayyor bo’lganida yaqinlikni boshlamasligi kerak. Qolaversa, xonimning kuchli istagini ko’rish g’urur va ishonchni kuchaytiradi.
Kontratseptsiya
Jinsiy aloqa boshqacha kelishilmagan bo’lsa, kontraseptsiya (homiladorlikni oldini olishga qaratilgan vositalar) bilan amalga oshirilishi kerak. Ayol buni eslatishi joiz emas, erkak barchasini o’zi bilib bajarishi talab etiladi. Ehtiros kuchaygan vaqtda bunday masalaga to’xtalish sovuqlik paydo qiladi, juftliklarni chalg’itadi. Jentelmenlikni unutmaslik kerak.
Suhbatlashish
Jinsiy aloqa sukunatda sodir bo’ladigan bo’lsa, faqatgina instinktlarni qondirish uchun bo’lgan sanaladi. Ammo kayfiyat boshqacha bo’lsa, unda so’zlarni bee’tibor qoldirib bo’lmaydi.
Birinchidan, prelyudiya vaqtida kayfiyatini to’liq nazorat qila olish mumkin. Ayolga xohishlar haqida bildirish kerak.
Ikkinchidan, ovoz sokin va past bo’lishi talab etiladi. Bu samimiylik va sirli atmosferani yaratadi. Shivirlab gapirish ehtirosni ham kuchaytiradi.
Uchinchidan, jarayon davomida ayolni yanada ko’proq ehtiroslantirish mumkin. Iltifot qilish, his-tuyg’ular haqida gapirish, ayol nima istayotganini so’rash kerak. Bunday vaqtda u ko’p istaklarini aytib bera oladi. Ularni bajarib, yotoqda qirol unvoniga erishish hech gap emas.
Real umidlar
Ayol internetda ko’rgan bo’lishingiz mumkin bo’lgan sahnalardan deyarli hech birini istamaydi va bajarmaydi. U — haqiqiy va real hayotdagi ayol.
Be’mani yoki axloqqa mos kelmaydigan, kamsitilish alomatlari bo’lgan xatti-harakatlar ijobiy natija bermaydi. Ehtiros bilan uning yangi ko’ylagini yirtib olish hech qachon yaqinlikning davom etishi bilan yakunlanmaydi. Faqatgina e’tirozlar eshitishga erishiladi, xolos.
Biroq, ma’lum bir fantaziyalar mavjud bo’lsa, ehtiros cho’qqisiga yetganda, ayollar ba’zi bir narsalarga qarshi chiqmasliklari mumkin. Shu sababli oldin iltifot ila prelyudiya, undan so’nggina taklif bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |