Jinsiy erkinlikka qarshi kurash


Besoqolbozlik (erkakning erkak bilan jinsiy aloqa qilishi)


Download 73.5 Kb.
bet9/10
Sana10.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1256943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoiy

Besoqolbozlik (erkakning erkak bilan jinsiy aloqa qilishi)
(O`zR JK 120-moddasi)
Besoqolbozlik – erkakning erkak bilan jinsiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan har ikki tomonning ixtiyoriy harakatlaridir.
Basharti besoqolbozlikda zo`rlik ishlatish, qo`rqitish yoki jabr­lanuvchining ojizligidan foydalanish alomatlari mavjud bo`lsa, aybdorning qilmishi JK 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning obyekti jinsiy aloqalarning qaror topgan tartibi hisoblanadi.
Besoqolbozlik obyektiv tomondan erkakning erkak bilan jinsiy ehtiyojini ixtiyoriy qondirishidan iboratdir. Jinoyat jinsiy aloqa boshlangan daqiqadan e`tiboran tugallangan, deb e`tirof etiladi.
Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi.
Besoqolbozlikning ishtirokchilaridan biri o`n olti yoshga to`lmagan bo`lsa, ikkinchi ishtirokchining qilmishi uning faol yoki passiv rol o`ynaganidan qat`i nazar, JK 128-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan g`ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilish) bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Besoqolbozlikning subyekti o`n olti yoshga to`lgan, g`ayritabiiy jinsiy aloqa (gomoseksualizm)ning faol ham passiv qatnashchisi bo`lgan shaxs hisoblanadi.
Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish
(O`zR JK 121-moddasi)
Jinoyatning obyekti ushbu ayolning jinsiy erkinligi hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo`lgan ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga majbur etishda ifodalanadi.
Majbur etish deganda, ayolning xohish-irodasiga qarshi u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish maqsadida uning ruhiyatiga tazyiq o`tkazishni tushunish zarur. Majbur etish (masalan: ishdan bo`shatish, kam haq to`lanadigan ishga o`tkazish, mukofotdan mahrum qilish, lavozimini pasaytirish bilan qo`rqitish, tirikchiligi uchun zarur vositalardan mahrum qilish va hokazo) ayolni ham majburlovchining o`zi bilan, ham har qanday boshqa shaxs bilan jinsiy aloqa qilishiga yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga og`dirishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Majbur etish – ayolni nochor ahvolga solishga qaratilgan harakatlardir.
Ma`lum imtiyozlarning berilishi, ishlash uchun qulay sharoitlar, afzalliklarning yaratilishi, sovg`alar tortiq etilishi, har xil qonuniy va noqonuniy xizmatlarning ko`rsatilishini majbur etish deb e`tirof qilish mumkin emas.
Taklifning o`zida, agar majbur etish alomati bo`lmasa, tahlil qilinayotgan jinoyat tarkibi bo`lmaydi. Jabrlanuvchining o`zi qaram bo`lgan shaxs bilan, o`z roziligi bilan jinsiy aloqaga kirishishi jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.
Majbur etish ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga og`dirish maqsadida unga ruhiy tazyiq o`tkazishning o`ziga xos ko`rinishi hisoblanadi.
Ayolni majbur etishning nomusga tegishdagi ruhiy tazyiqdan farqi shundaki, ayol bosh tortgani do`q-po`pisaning darhol amalga oshirilishini taxmin qilmaydi. Ayni vaqtda yetkazilayotgan yoki do`q-po`pisa qilinayotgan zarar, birinchidan, bevosita jabrlanuvchining shaxsiga emas, uning mulkiy va boshqa shaxsiy huquqlariga daxldor bo`lishi; ikkinchidan, o`z mohiyatiga ko`ra bu zarar jabr­lanuvchi xizmat yoki moddiy jihatdan qaram bo`lgan shaxs tomonidangina yetkazilgan bo`lishi kerak.
Basharti aybdor o`ziga moddiy yoki xizmat yuzasidan qaram bo`lgan shaxs – ayolga jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirish maqsadida nomusga tegishga xos bo`lgan ruhiy tazyiq o`tkazgan bo`lsa, uning qilmishi JK 118-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling