Jinsiy erkinlikka qarshi kurash


O`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsning nomusiga tegish


Download 73.5 Kb.
bet8/10
Sana10.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1256943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoiy

O`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsning nomusiga tegish
(O`zR JK 118- moddasi 4-qismi)
Jabrlanuvchining 14 yoshga to`lmaganligi aybdorga oldindan ma`lum bo`lgan hollardagina aybdorning qilmishi JK 118-moddasi 4-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Basharti aybdor jabrlanuvchining yoshiga nisbatan haqiqatan ham yanglishgan bo`lsa, uning qilmishi JK 118-modda 1-qismi bilan, jabrlanuvchining o`n sakkiz yoshga to`lmaganligini taxmin qilgan bo`lsa, JK 118-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur.
Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy usulda qondirish
(O`zR JK 119-moddasi)
Jinoyatning obyekti jabrlanuvchi shaxsning jinsiy erkinligi hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishda ifodalanadi.
Mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyat:
1) erkak kishining jinsiy ehtiyojini ayol bilan g`ayritabiiy usulda zo`rlik ishlatib qondirishida;
2) ayolning jinsiy ehtiyojini ayol bilan zo`rlik ishlatib qondirishida;
3) erkak kishining jinsiy ehtiyojini erkak bilan zo`rlik ishlatib qondirishida;
4) jinsiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan boshqa shahvoniy harakatlarni sodir etishda (masalan, jabrlanuvchini jinsiy a`zo bilan muomala qilishga majburlashda va hokazo) ifodalanishi mumkin.
Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasddan g`arazli niyat bilan sodir etiladi. Jinoyatning motivi – shahvoniy aloqa, maqsad – jinsiy ehtiyojni qondirish.
Jinoyatning subyekti o`n to`rt yoshga to`lgan har qanday aqli raso shaxs bo`lishi mumkin.
Mazkur jinoyatning nomusga tegishdan farqi shundaki, nomusga tegishda jinsiy aloqa zo`rlik ishlatib tabiiy usulda sodir etiladi, bu jinoyatlarning boshqa barcha alomatlari esa bir xildir.
Ko`rib chiqilayotgan jinoyat jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan zo`ravonlik harakati sodir etilgan daqiqadan e`tiboran, defloratsiya va eyakulyatsiyadan qat`i nazar, tugallangan deb e`tirof etiladi.
Jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish aybdorning xohish-irodasiga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra nihoyasiga yetkazilmagan bo`lsa, qilmish shu jinoyatga suiqasd deb topiladi (masalan: kiyimlarini yechish, muayyan holatda turishga majburlash va hokazo) va JK 119-moddasi hamda 25-modddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy usulda qondirishdan ko`ngilli ravishda voz kechish hollari ham uchraydi.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling