Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish.
K o‘pchi-
lik rahbarlar marketingning maqsadi — ishlab chiqarishning
maksimal o ‘sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori
iste’molga erishishni rag‘batlantirishda, deb biladilar. Bu fikrni
boshqacha ifodalasak, odam lar qancha ko‘p sotib olsa va qancha
ko‘p iste’mol qilishsa, shuncha baxtli bo‘ladilar, degan m a’noni
anglatadi. Lekin, b a’zi bir kishilar moddiy boyliklar massasining
ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha
bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat m um kin
bo ‘lgan maksimal iste’molga erishishdangina iborat emas ekan.
I s te ’molchilar talabining maksimal qondirilishiga erishish.
Bu
nuqtayi nazarga muvofiq m arketing tizim ining asosiy maqsadi
m um kin bo'lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki
iste’m olchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir.
Bu degani tovar massasi iste’moli ko‘p bo‘lsa-da, u biron-bir
ahamiyatga ega bo'lmasligi m um kin. U larning ahamiyatliligi,
tovar massasining ko'pligi bilan emas, balki bu tovar massalarining
qanchalik darajada iste’m olchilarning talabini qondira oli
shi bilan o'lchanadi. Afsuski, iste’m olchilar talabining qondi-
rilish darajasini o'rganish to hozirgi kungacha m uam m oligicha
qolmoqda.
Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga
imkoniyat yaratish.
Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing
tizim ining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal
ta ’m inlash va iste’molchilarning keng assortim entdagi tovarlarni
tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir, deb hisoblaydilar.
Tizim ning maqsadi iste’m olchining talabiga to ‘liq mos keladigan
tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo'lishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
K o‘pchilik m utaxas
sislar marketing tizim ining asosiy maqsadi aholi “turm ush da-
rajasining sifati”ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tu-
shuncha quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:
1) tovarning sifati, m iqdori, assortim enti, narxi;
2) m ehnatga haq to'lash darajasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |