Jismoni tarbiya sportda marketing xizmatini bishqarish


Download 46.5 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1640757
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JISMONI TARBIYA SPORTDA MARKETING XIZMATINI BISHQARISH


JISMONI TARBIYA SPORTDA MARKETING XIZMATINI BISHQARISH


Reja:

1.Xorij mamLakatlarida sport marketingining shakllanishi.


2.Xorij m am lakatlarida sport marketingining maqsadi.
3.Marketing (m arket) so‘zi “bozordagi faoliyat” m a’nosimi?
4.Marketing — murakkab, dinam ik, ko‘p qirrali tushunchadir.
5.Sport marketingi — sport tovarlarini yaratish, taklif etish va 
ayirboshlash.
6.Marketingga Peter D rukkerning ta ’rifi.

Tayanch iboralar:
Xorij, sport marketingi, maqsad, m arketing (m arket), 
“bozordagi faoliyat”, murakkab, dinamik, ko‘p qirrali, 
sport tovarlari, taklif etish, ayirboshlash, Peter Drukkerning 
ta ’rifi, fransuz m arketing maktabi, Amerika M arketing 
Assotsiatsiyasi.
Xorij m am lakatlarida sport marketingining m aqsadi — bu 
q a t’iy fanning va bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishning mujas- 
samlashishidir. Bu atam a dastlab, 1902-yilda AQShda paydo 
bo‘lgan, 1920-yildan keyin esa bu atam adan jahonning ko‘pgina 
mamlakatlari foydalana boshladilar. M arketing (m arket) so‘zi 
ingliz tilidan tarjim a qilinganda “bozordagi faoliyat” m a’nosini 
anglatadi.
Marketing — m urakkab, dinam ik, ko‘p qirrali tushunchadir, 
bu esa marketingga tam om an universal tavsif berish m um kin 
emasligidan dalolatdir. So‘nggi yillarda chop etilgan marketingga 
doir adabiyotlarda m arketingning juda ko‘p ta ’riflari berilgan. 
U lardan ba’zi birlarini keltirishni lozim topdik.
Taniqli am erikalik marketolog olim F. Kotler marketingning 
ta ’rifini 
quyidagicha ifodalaydi: 
“ M arketing — tovarlarni 
yaratish, taklif etish va ayirboshlash asosida ayrim olingan kishi 
va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqti­
sodiy va boshqaruv jarayonidir”.
Boshqaruv m uam m olari bo'yicha yetakchi nazariyotchi 
olim lardan biri Peter Drukkerning ta ’rifi esa quyidagicha: 
“ M arketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q 
qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o ‘rganish 
va tushunishdan iboratki, tovar va xizm atlar uning talabiga aynan 
mos tushib, pirovardida o ‘zini-o‘zi sotadi” .
Fransuz m arketing maktabida qoMlaniladigan ta ’rif ham 
Peter D rukker ta ’rifiga juda yaqin turadi. U nga ko‘ra: “ M arke­
ting — bu sotishni ta ’minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni 
iste’m olchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning 
talabini qondirish maqsadida o ‘tkaziladigan chora-tadbirlar 
m ajm uyidir” .
A m erika M arked ngAssotsiatsiyasining 1985-yildamarketingga 
bergan ta ’rifi esa quyidagicha: “ M arketingning m ohiyati insonlar 
va tashkilotlar talabini qondirish m aqsadida tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx 
belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir” .
K eltirilgan ta ’riflardan ko‘rinibturibdiki, m arketing — serqirra 
jarayondir. Shu bilan bir qatorda m arketing bozor munosabatlari 
subyektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi 
faoliyati ekan desak xato qilmagan bo‘lamiz. D em ak, marketing 
bir vaqtning o ‘zida “ham m ushohada va ham harakat jarayoni” 
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko‘tarilgan 
m am lakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqa- 
rishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo'lgan jara- 
yonlarda yaqqol ko‘rinm oqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti toboro 
chuqurlashib borayotgan sharoitda firm alar, korxonalar va boshqa 
bozor subyektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat 
ko‘rsatishining birdan bir yo‘li marketing im koniyatlaridan keng 
foydalanish ekanligi hech kimga shubha tug‘dirmaydi.
Respublikam izda ham so'nggi yillarda m am lakatim izda ishlab 
chiqarilayotgan tovarlarga talab va taklifni o ‘rganish bo'yicha
marketing tatqiqotlarini o ‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish 
borasida talaygina ishlar amalga oshirildi. Bu esa bizning dav- 
latimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga m u­
vofiq xo‘jalik yuritish tizim ining asosiy vositasiga aylanish davri 
boshlanganligidan dalolatdir.
Bunda marketingning quyidagi asosiy tamoyillariga amal qi­
lish talab etiladi:
1. Iste’m olchilar ehtiyoji bo'yicha qarorlar qabul qilganda 
talabning holati dinamikasi va bozor konyukturasini diqqat bilan 
o ‘rganish. Bu tamoyilga amal qilish mavjud talab va kutilayotgan 
talab darajasi bo'yicha bozor holatini, raqobatchilarning bozor­
dagi faoliyatini, mijozlarning bozordagi xulq-atvori va ularning 
mazkur korxona tovariga m unosabatlarini yaxshi bilishni ko‘zda 
tutadi. Bu yerda marketingning bosh vazifasi mijozlarning nim ani 
xohlashlarini tushunib yetishdan iboratdir.
2. Ishlab chiqarishning talab strukturasi va bozor talabiga 
maksimal darajada mosligini ta ’m inlashga sharoit yaratish.
M arketingning hozirgi zam on konsepsiyasi korxonaning bu- 
tun faoliyati (ishlab chiqarish, ilm iy-texnik, sotish va hokazolar) 
iste’m olchilar talabi va uning kelgusidagi o'zgarishi bilan bog‘liq 
bilimlarni o ‘z ichiga oladi. M arketing iste’m olchilar talabi mavjud 
bo‘lgan tovarlarni yaratish, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari 
demakdir. M arketing xizmati korxonaning ishlab chiqarish, ilmiy- 
texnikaviy, moliyaviy siyosatini belgilashda m uhim ahamiyat 
kasb etadi. Bunda talabning holati va o ‘sish darajasini tahlil qi­
lish asosida u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish zaruriyati bor 
yoki yo‘qligi haqida xulosa qilinadi.
3. Asosiy iste’molchilarga m azkur korxonaning tovarlari h a­
qida m a’lum ot berish va ularning aynan shu korxona tovarlarini 
sotib olishlariga asosan reklama va ruxsat etilgan boshqa vositalar 
orqali ta ’sir ko'rsatish.
Yangi sport tovarini yaratdim va ishlab chiqardim , bu yaratgan 
va ishlab chiqargan tovarlarim bozorga o ‘zi yo‘l topadi, deb 
o ‘ylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. Albatta, ko‘pgina 
korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yan­
gi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni 
muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan 
sanaladi.

Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling