Jismoniy barkamolikni
Download 47.96 Kb.
|
Bolalarda xalq o’yinlari orqali jismoniy barkamolikni tarbiyalas
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo`llari
Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish tanda, bolalarda joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji bo’lsa xar kuni muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda maktab va uyda Shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini
rivojlantirish, ularni o’z tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida o’yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan, Shu o’yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini tarbiyalash lozim. Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’slik tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, Shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi.To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo’lishi, Shubhasiz. 2.2Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo`llariXalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko’rinadi.Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tuShunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi. O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum (15,16,17,21,46,67,68,69,70). Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo’llar bilan isbotlab berishgan (15,16,17,21,46,67,68,69,70).O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida ham o’yin xuddi Shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin. O’yin mazmunining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqea-xodisalarga mknosabatining o’zgarishida, Shuningdek, o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari turmushining tobora to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi. Shuning uchun bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tuShuntirish va hokazolar natijasida amalga oshadi.Katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi narsalar ularni harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda Shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va Shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi. Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarda ham, yuqori sinf maktabgacha yoshdagi bolalarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin. O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Halq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana Shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, Shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining takomillaShuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlaShuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi. Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab maktabgacha yoshdagi bolalari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi. Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.Maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.Maktabgacha yoshdagi bolalar qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq milliy o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. (20,34,36,54,61,69,70) kabi olimlarning tadqiqotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan.Xalq milliy o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o’rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar (20,34,36,54) o’z tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o’yinlarida foydalanish haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.Bolalar va o’smirlarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy mashqlar elementlari, bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Xulosa Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi. Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab maktabgacha yoshdagi bolalari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat- e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim. Xalqning sog’lig’ini mustahkamlash O’zbekistondagi jismoniy madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani, insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda.Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm- rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar. Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy madaniyat bilan chuqur Shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan bog’liqdir. Download 47.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling