Jismoniy madaniyat Kurash fakulteti talabasining “Kurash nazariyasi va uslubiyati” fanidan


Download 32.58 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi32.58 Kb.
#1015989
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Hamroyev Jahonali 1 amaliy



Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat Pedagogika universiteti


Jismoniy madaniyat Kurash fakulteti talabasining “Kurash nazariyasi va uslubiyati” fanidan


REFERAT







Mavzu: Kurash federatsiyalari bilan tanishuv. Olimpiya shon-shuxrat muzeyi haqida ma`lumotlar yig`ish va tahlil qilish

Bajardi: Hamroyev Jahonali
Tekshirdi: Jumadurdiyev B.X
Jizzax 2022
Mavzu: Kurash federatsiyalari bilan tanishuv. Olimpiya shon-shuxrat muzeyi haqida ma`lumotlar yig`ish va tahlil qilish
Reja:

  1. Kurash federatsiyasi bilan tanishuv

  2. Kurash mutaxassislarini tayorlash

  3. Olimpiya shon-shuxrat muzeyi haqida

Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalash ularni bir-biriga bog`liq bo`lgan guruxlarga bo`lish demakdir. Bu guruhlardagi mashqlarning ba`zi xususiyatlari umumiy bo`lishi lozim. Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalashni amaliy qiymatni bu mashqning umumiy qaysi xususiyati umumiy xususiyat sifatida qabul qilinishi hamda mazkur xususiyat qanday muhim jixatlari bilan klassifikatsiyalashning asosi qilib olinishi bilan belgilanadi.


Hozirgi kunda jismoniy tarbiya vositalarining tarixan tarkib topgan tizim va ularning qo`llanilish metodlari asos qilib olingan klassifikatsiya amaliy jixatdan o`zini oqlagan klassifikatsiyalardan biri sifatida namayon bo`ladi.
Milliy sport kurashida ham mashq materiallarining ko`pligi hamda xilma-xilligiga ko`ra, o`z navbatida yana ham mayday klassifikatsion birikmalarga bo`linadi. Amalda ko`pincha mashqlarning ularning jismoniy qobiliyatlari (kuch, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlikni) o`stirish uchun bo`lgan ahamiyatga qarab klassifikatsiya qilinadi. Turli belgilarga qarab tuziladigan klassifikatsiyalashning ko`p turlari ularni amaliy ahamiyatini inkor etmay, mavjud ko`p mashqlarni bilib olishga, tizimga tushirishga yordamlashadi.
Kurashda qo`llaniladigan amallarni, uslublarni guruhlari bo`yicha klassifikatsiya chegarasidan chiqmasdan bir xil tartibga solishni tuzimga tushirilgan deyishadi.
Respublika sport qo`mitasi, butunitifoq sport klassifikatsiyasiga asoslanib milliy sport kurashi bo`yicha musobaqalar qoidasini va sport ustasi unvonini tasdiqlash to`g`risida 1997 yil qaror qabul qildi.
Shundan keyin milliy kurash respublikada to`liq huquqli sport turiga aylandi. Hozirgi vaqtda jamoa birinchiligidan tortib, jumhuriyat miqiyosigacha musobaqalar o`tkazilmoqda.
O`zbek milliy kurash sport klassifikatsiyasi butunittifoq sport klassifikatsiyasiga qarab tuzilgan. Milliy kurash bo`yicha yangi sport klassifikatsiyasi respublika milliy kurashini yanada rivojlantirishga, jismoniy tayorgarlikni o`quv va tarbiya ishlari sifatini oshirishga ta`sir ko`rsatish kerak.
1. Sport unvonlari va razryadlari:
Milliy kurash bo`yicha quyidagi unvonlar va sport razrydlari beriladi:
Sport unvonlari:
a) O`zbekiston faxriy sport ustasi.
b) O`zbekiston sport ustasi.
c) O`zbekiston sport ustasiga nomzod.
d) Birinchi razryad
e) Ikkinchi toifa
f) Uchinchi toifa
g) Birinchi yoshlar toifasi
h) Ikkinchi yoshlar toifasi
O`zbekiston sport ustasi 18 yoshga va undan katta yoshdagi kurashchilarga shu unvonga belgilangan norma va talabalarni bajargan, har doim musobaqalarga o`z fizkultura jamoasi nomidan tushadigan, jismoniy tarbiya sog`lamlashtirish ishlarida faol qatnashuvchilarga beriladi.
Sport ustaligiga nomzod 1-2-3 sport unvonlari 16 va undan katta yoshdagi kishilarga beriladi. O`smirlar unvonlari ikki yilgacha haqiqiy hisoblanadi, unvonga ega sportchi o`z unvonodan yuqori turadigan sportchilar bilan olishuvga haqlidir. Unvon olish uchun musobaqa tushib shu unvon talablarini bajarish zarur.
Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan dalolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari oʻzlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart koʻyish yoʻli bilan aniqlashgan va bu shartda kurash musobaqasi boʻlgan. Bunga oʻzbek xalq qahramonlik dostoni — „Alpomish“dagi Barchin shartlarini misol qilib koʻrsatish mumkin. Ulardan biri ikki kurashuvchining biri oʻz raqibining belbogʻidan ushlab oʻziga tortadi, shu bilan birga oʻz raqibidan qutulishning chorasini qiladi…“. Bu taʼrif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“, Alisher Navoiyning „Hamsa“, „Holoti Pahlavon Muhammad“, Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“, Husayn Voiz Koshifiyning „Futuvvatnomai sultoniy“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida kurash haqida qimmatli maʼlumotlar bor. IX-XVI asrlarda kurash xalqoʻrtasida keng ommalashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar kurash dovrugʻini oshirishgan.

Download 32.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling