Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy tadqiqot uslublari
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari
Download 41 Kb.
|
Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy tadqiqot uslublari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi.
2. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari.
Bu guruxlarga xos metodlarning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o`zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Bunga pedagogik izlanish kiradi. Hayotdagi ko`zatishdan farqli ularok, bu uslub ko`zatish pred metini aniq ifodalaydi, ko`zatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan sistema ishlab chiqadi va uni izlanishda qo`llaydi. Maxsus protokollar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va xokazolar. Barcha ilmiy ko`zatishlar natijasi ko`zatuvchining shaxsiy kobi liyatigagina bog`liq bo`lmasligi lozim, chunki urganilgan dalillar natijalar ko`pchilikda turlicha fikr xosil bo`lishiga olib keladi (bu metodda bir necha ko`zatuvchi bir paytning o`zida ko`zatish olib boradi va ular solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar usha harakatning bajari lishniy takrorlaydi yoki shunda ulchovga qarab aniq ko`zatib xulosalar qilinadi: foto, kinos`yomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar). Hozirgi zamon nazariyasi harakatlarni bajarishdagi ayrim ifoda langan (ijro etilgan, bajarilgan) dalillarni, bilimlarni aniq ifoda lashdan chiqqan xulosalar ob`ektivligida munozara, baxsga sabab bulmoq da. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va xokazolarda harakatni ifodalashni bayon qilish (v "razitel nost)da tortishuvlarga duch kelinadi. Albatta, bunda pedagogik ko`zatish metodi kul keladi. Qator utirgan xakamlarning har qaysisi o`z fikrini bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi. Keng tarqalgan aniq xisobga olish metodlaridan biri xrono metr lashdir. «Xrono» - vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni baja rish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo`lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashg`ulotining boshidan oxirigacha xronometrlash mashg`ulot ning asosiy vaqtini samarasiga baxo berish uchun foydalaniladi. 3.Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi. Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o`zi tomonidan uyushtirilgan bo`lib, uning o`zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi, tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shundadir. Jismoniy madaniyat jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sun`iy qaytadan usha sharoitni yaratishda tekshirilishi kerak bo`lgan masalaga oid bo`lmagan ochiq muammolar ham yuza ga kelishi mumkin. Bu uslubning salbiy tomonidir. Tajribani ob`ektiv utkazish amaliyotda tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari deb nomlangan xillarridan foydalaniladi. Tabiiy eksperiment hayotiy sharoitda olib boriladi. Undan taj-riba ishtirokchilari butunlay bexabar (samaraligi shunda ham) bo`lishi mumkin. Masalan, bir maktabning ikki sinfda jismoniy madaniyat dars uslublar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi samaradorligini aniqlashga erishiladi. Moduli eksperiment metodidan ko`zatuvchi hayotda uchraydigan oddiy sharoitdan bir oz o`zgargan muhitda tajriba utkazadi. Masalan, muskul kuchini ustirishda sportga yangi kelganlarda ish olib borildi, deylik. Ular xaftada uch marta, gurux-guruxlarga bo`linib, birinchi guru xi yotib shtangada mashq qilish, ikkinchi guruxi o`z tanasi ogirligidan foydalanish, uchinchi guruxi faqat gantel kutarish bilan ma`lum muddat mashq qiladi. Har qaysi guruxning moduli alohida (shtanga, gavdasi ogir ligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini orti rishga yunaltirilgan. Belgilangan muddatdan so`ng natijalar taqqoslanib samara bergan modul va uning mashqlari, uslubiyati e`lon qilinadi. Laboratoriya eksperimentida shug`ullanuvchilar amaliyotda kam uchraydigan sharoitda tajriba utkaziladi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashg`uloti laboratoriya da, ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajriba ning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Tajriba utkazuvchining tajribada ishtiroki ob`ektiv bo`lmagan xulosalarga olib kelishi mumkin. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling