Tabiiy fanlar darsligi mazmuni va ularni amaliyotda
Download 281.91 Kb. Pdf ko'rish
|
jDdrMwNGJNp6nQV7Ru8kMDBXNj8mYrHbhTU8B7aY(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.
- Nazariy mavzular quyidagicha tuzilgan
- Amaliy mashg‘ulotlarning tuzilishi
MAKTABDA TABIIY FANLARNI O‘QITISH BO‘YICHA QISQA MUDDATLI O‘QUV KURSI TABIIY FANLAR DARSLIGI MAZMUNI VA ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLASH (6-sinf) Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 2 Mavzu: Tabiiy fanlar darsligi mazmuni va ularni amaliyotda qo‘llash (6-sinf). Maqsad va vazifalar: ▪ O‘quvchilarga olamning ilmiy manzarasi haqidagi yaxlit tasavvurni hosil qilish, ilmiy bilish usullarini o‘zlashtirish va ularni zamonaviy inson qadriyatlari tizimiga kiritishni tushuntirish; ▪ O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; ▪ O‘quvchilarga materiya tuzilishining birligini, universalligini, tabiat qonunlarining tub mohiyatini anglatish; ▪ O‘quvchilarda o‘zi yashab turgan olamda yo‘nalish olish ko‘nikmalarini shakllantirish; ▪ O‘quvchilarda tabiat va uni asrashga bo‘lgan ijobiy fazilat (munosabat va qadriyat)larni hamda ekologik bilim va ekologik madaniyatni shakllantirish. Reja: 1. Darslik. 2. 6 – sinf Tabiiy fanlar darsligining tuzilishi. 3. Loyiha ishi va amaliy mashg‘ulot darslari. Darslik: ✓ davla t ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida yaratiladi; ✓ davlat ta’lim standartlarida kutilgan natijaga erishishga yordam beradi; ✓ ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlari hisobga olinadi; Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 3 DARSLIK – davlat ta’lim standartiga muvofiq, o‘quv dasturlari asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, nazariy ma’lumotlar va amliyotni o‘zida mujassam etgan va amaliy-tajriba, savol- topshiriqlarni qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 6 – sinf Tabiiy fanlar darsligi 12 ta bob hamda 86 ta mavzudan tashkil topgan. Darslik nazariy mavzular, loyiha ishlari, amaliy mashg‘ulotlar va bob yuzasidan mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan iborat. Nazariy mavzularda o‘quvchilarga asosan nazariy bilimlar, qonuniyatlar o‘rgatiladi, loyiha ishlarida o‘quvchilar mavzuga doir kichik tadqiqot ishlarini bajarishadi , amaliy mashg‘ulotlarda esa turli xil amaliy topshiriqlarni bajarish orqali nazariy olingan bilimlarni mustahkamlashadi, bob yuzasidan mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlarda o ‘tilgan bobdagi mavzularga doir topshiriqlar bajariladi. Nazariy mavzular quyidagicha tuzilgan : 1. Mavzuning tartib raqami va nomi 2. Muammoli savol 3. Mavzuning yoritilishi 4. Muammoli savol 5. Mavzu matni 6. Uyga vazifa Loyiha ishining tuzilishi : 1. Mavzuning tartib raqami va nomi 2. Loyiha ishining maqsadi 3. Xavfsizlik qoidalari 4. Kerakli jihozlar 5. Ishni bajarish tartibi Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 4 6. Loyiha bo‘yicha topshiriq 7. Loyiha taklifi 8. Loyiha ku ‘zatuv jadvalini to‘ldirish 9. Uyga vazifa Amaliy mashg‘ulotlarning tuzilishi : 1. Mavzuning tartib raqami va nomi 2. Muammoli savol 3. Mavzu matni 4. Amaliy mashg‘ulotga yo‘l (amaliy topshiriqlar) 5. Muammoli savol 6. Uyga vazifa Bob yuzasidan mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar esa quyidagicha tuziladi : 1. Muammoli savol 2. Tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga doir topshiriq 3. Hayotiy ko‘nikmalarni shakillantirishga doir topshiriq 4. Mantiqiy fikrlashga doir topshiriq 5. TIMSS xalqro talablar shaklidagi topshiriq va boshqalar. Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish 5 Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar 1. Z. B. Sangirova, K. T. Suyarov, M.T. Umaraliyeva, M.K. Yuldasheva, S. G‘. Xasanova, D.T. Hasanova. 6-sinf. Tabiiy fanlar. (2022) 2. Approaches to assessment. ( https://short.link/tx7pkh ) 3. Growing Success: Assessment, Evaluation and Reporting in Ontario‘s Schools. Ontario Ministry of Education (2014). 4. Stiggins, R. J. & Arter, J. A. & Chappuis, S. & Chappius, S. (2007). Classroom assessment for student learning - Doing it right. Doing it well. New Jersey: Pearson Education Inc. 5. Tomlinson, C. A. (2008). Learning to Love Assessment. Educational Leadership, 65, 8 - 13. Download 281.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling