Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari. Antropometriya. Reja


Antropometrik standartlar usuli yoki o‘rtacha antropometrik ko‘rsatkichlar usuli


Download 1.31 Mb.
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1365005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari.

Antropometrik standartlar usuli yoki o‘rtacha antropometrik ko‘rsatkichlar usuli. Antropometrik standartlar – bu bir qancha bir xil kontingentli (jinsi, yoshi, kasbi, shug‘ullanadigan mashg‘uloti, iqlim sharoitlari bir xil bo‘lgan) odamlar ichida jismoniy rivojlanish belgilarini statistik hisoblab topiladigan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga aytiladi. Bu usul bilan tekshiriluvchini standart ko‘rsatkichlarga solishtirib baholanadi.
Antropometrik profil – bu standartlar bo‘yicha jismoniy rivojlanishni baholash ko‘rsatkichlari natijalarini grafik tasviri. Tekshiriluvchini ko‘rsatkichlari olinib o‘rtacha arifmetik kattalikdan qanchaga farq qilishi hisoblanadi va nuqtalar bilan belgilanadi, nuqtalar birlashtirilib antropometrik ko‘rsatkichlar grafik tasviri olinadi.
Korrelyatsiya usuli: Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholashdagi effektiv usullardan hisoblanadi. Bu usulda belgilar orasidagi bog‘liqlik (korrelyatsiya) e’tiborga olinadi. Jismoniy rivojlanish belgilari o‘zaro bog‘liq, bir belgining o‘zgarishi o‘z navbatida ikkinchi belgining o‘zgarishiga olib keladi. Uzviy bog‘liqlik bir xil emas, u musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Bir belgining kattalashishi ikkinchisining kattalishiga olib kelsa, musbat hisoblanadi. Bir belgining kattalashishi ikkinchisining kamayishiga olib kelsa, manfiy hisoblanadi.
Belgilar orasidagi bog‘liqlikni korrelyasiya koeffitsienti (r) ni aniqlab topish mumkin. Korrelyatsiya koeffitsientining eng yuqorisi +1,0 ga teng bo‘lishi kerak. “r” qanchalik birga yaqin bo‘lsa, belgilar orasidagi uzviy bog‘liqlik shuncha yaqin. Agar “r” 0,4 dan 0,6 gacha o‘zgarsa – belgilar orasidagi bog‘lanish – o‘rtacha darajada, 0,6 dan 0,8 gacha bo‘lsa – yuqori, 0,8 dan 0,9 gacha – juda yuqori darajada bo‘ladi. Jismoniy rivojlanishni korellyatsiya usuli bilan baholash, uning tavsifini antropometrik standartlar yordamida oydinlashtiradi. Masalan,18 yoshli sportchining antropometrik ko‘rsatkichlari quyidagicha: bo‘yi172+7,0 sm, vazni 65,0 + 7,5 kg, ko‘krak qafasining aylanasi 89,0+ 4,9 sm va h.z. Regressiya koeffitsienti shu vazn iuchun -0,75kg, ko‘krak qafasining aylanasi-2,0sm va h.z. bo‘yning 172sm dan har bir baland sm uchun regressiya koeffitsientiga qo‘shiladi, har bir 172 sm dan past sm ga o‘rta arifmetik son ayriladi. Bundan shu xulosa kelib chiqdiki, 170sm bo‘yda vazn 65 kg –(0,75x2)=63,5kg, ko‘krak qafasining aylanasi 89-(2,0x2) =85 sm bo‘lishi kerak.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling