Jismoniy shaxs


-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga oid talablar


Download 56.48 Kb.
bet8/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot

19-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga oid talablar
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, taʼsis hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda ushbu Qonunga muvofiq boʻlishi kerak.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari ularni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlarga, shuningdek mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadi oʻzgargan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator subyektning oʻz maʼlumotlariga oʻzgargan maqsadga muvofiq ishlov berilishi uchun roziligini olishi kerak.
Shaxsga doir maʼlumotlar aniq va ishonchli boʻlishi, zarur boʻlgan taqdirda esa oʻzgartirilishi va toʻldirilishi kerak.
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga kiritilishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi subyekt tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va xususiyati ularga ishlov berish maqsadlari va usullariga muvofiq boʻlishi kerak.
Shaxsga doir maʼlumotlarga subyektni identifikatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladigan shaklda yoki egasizlantirilgan tarzda ishlov beriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddati subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga roziligi amal qiladigan muddatdan oshib ketmasligi kerak.
20-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish ariza berish prinsipi orqali xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza vakolatli davlat organiga beriladi.
Oʻz tarkibida:
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (aʼzolariga) taalluqli boʻlgan hamda tegishincha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qoʻyilgan;
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini oʻz ichiga olgan;
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga oʻxshash maqsadlar uchun zarur boʻlgan;
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Mulkdor va (yoki) operator tegishli shaxsga doir maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning har bir oʻzgarishi toʻgʻrisida vakolatli davlat organini bunday oʻzgarish yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling