Jismoniy shaxs


Download 56.48 Kb.
bet1/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot


Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida) — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma boʻlgan yuridik shaxstya farq qiladi: J. sh. bevosita oʻz nomidan ish yuritadi — faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma — tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart emas, J. sh.ning huquq va muomala layoqatining vujudga kelishi hamda barham topishi tartibi ham yuridik shaxslardan farqlanadi. J. sh. mulk huquqi asosida mol-mulkka ega boʻlishi, uni meros qilib olishi va vasiyat etib qoldirishi; bankda oʻz jamgʻarmalarini saqlashi; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xoʻjaligi b-n, qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxc tashkil etishi; shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi; oʻziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini talab qilishi; mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va sanʼat asarlari, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolar — J. sh.larning huquq va burchlariga oid qonun-qoidalar FK da belgilab berilgan (16—38-moddalar).[1]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling