Jismoniy shaxs


-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari


Download 56.48 Kb.
bet14/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot

31-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshirish huquqiga ega.
Mulkdor va (yoki) operator:
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishi;
subyektning murojaatiga koʻra uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishi;
oʻzi vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar tarkibini tasdiqlashi;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishdan koʻzlangan maqsadga erishilgan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan boshqa hollarda ularni yoʻq qilish choralarini koʻrishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun roziligi olinganligi dalilini taqdim etishi;
basharti yangi maʼlumotlarning ishonchliligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirishi va (yoki) toʻldirishi yoxud bunday oʻzgartirish va (yoki) toʻldirishni kiritish imkoni boʻlmagan taqdirda bu maʼlumotlarni yoʻq qilishi;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatishi yoki ularni yoʻq qilishi;
subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish va (yoki) ularni yoʻq qilish uchun subyekt tomonidan hujjatlarni elektron tarzda berish imkoniyatini taʼminlashi;
shaxsga doir maʼlumotlar oʻzgartirilgan, yoʻq qilingan va ulardan foydalanish cheklangan hollarda subyektni, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning boshqa ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilishi;
shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, subyektni yozma shaklda xabardor qilishi;
oʻz mulki boʻlgan va (yoki) ishlov berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni quyidagi hollarda uchinchi shaxsga topshirishga haqli:
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud boʻlgan taqdirda;
agar qaror mulkdor va subyekt oʻrtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan boʻlsa;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
Mulkdorning va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha majburiyatlari shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish paytidan eʼtiboran vujudga keladi va ular yoʻq qilib tashlangan yoki egasizlantirilgan paytga qadar amal qiladi.
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq ishlar uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi hamda uning ishini Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga muvofiq taʼminlaydi.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling