Jismoniy shaxs


-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi


Download 56.48 Kb.
bet2/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot

3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va oʻz kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda ishlov berish;
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish;
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling