Jismoniy shaxs
-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni berish
Download 56.48 Kb.
|
13-Mavzu Dasturiy mahsulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish
- 15-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish
13-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni berish
Shaxsga doir maʼlumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni berish hisoblanadi. Shaxsga doir maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga oshiriladi. Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, oʻzining rad qilishi sabablarini koʻrsatmaslik huquqiga ega. 14-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish Shaxsga doir maʼlumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilishga, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishga yoki shaxsga doir maʼlumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatishdir. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan hollarda, ushbu maʼlumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi. 15-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish Shaxsga doir maʼlumotlarni mulkdor va (yoki) operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishdir. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari bir xilda himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar hududiga amalga oshiriladi. Shaxsga doir maʼlumotlarning bir xilda himoya qilinishini taʼminlamaydigan chet davlatlar hududiga shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlarini transchegaraviy uzatish boʻyicha roziligi mavjud boʻlganda; Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, aholining sogʻligʻi va maʼnaviyatini muhofaza qilish zarur boʻlganda; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maʼnaviyatini, sogʻligʻini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Download 56.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling