Jismoniy shaxs


-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish


Download 56.48 Kb.
bet7/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot

16-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirishdir.
Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda mulkdor va operator, shuningdek uchinchi shaxs bu maʼlumotlarni egasizlantirishi shart.
17-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilish
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarni tiklash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilishdir.
Shaxsga doir maʼlumotlar mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda yoʻq qilinishi lozim:
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;
subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati oʻtganda;
sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
4-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibi
18-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ushbu Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
subyekt bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berganda;
subyekt taraf boʻlgan shartnomani bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish yoki shunday shartnoma tuzilguniga qadar subyektning soʻroviga binoan choralar koʻrish zarur boʻlganda;
mulkdor va (yoki) operatorning qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
subyektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
shaxsga doir maʼlumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda;
agar bu maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan olingan boʻlsa.
Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlgan taqdirda, bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik olish mumkin boʻlgan paytga qadar subyektning roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling