Jismoniy shaxs


-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib olish tartibi


Download 56.48 Kb.
bet9/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot

21-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib olish tartibi
Subyekt shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun rozilikni uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beruvchi har qanday shaklda beradi.
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etiladi.
Subyekt muomalaga layoqatsiz boʻlgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda, uning qonuniy vakili subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Voyaga yetmagan subyektlarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yoʻqligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Subyekt vafot etgan taqdirda, uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun rozilikni, agar subyekt hayotligi chogʻida bunday rozilikni bermagan boʻlsa, uning merosxoʻrlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
Sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uning merosxoʻrlarining yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga koʻra amalga oshiriladi.
Subyekt shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan rozilikni ushbu rozilik qanday shaklda berilgan boʻlsa, shunday shaklda yoxud yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida chaqirib oladi.
22-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish tartibi
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli boʻlgan, quyidagilar koʻrsatilgan axborotni olish huquqiga ega:
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdigʻi;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qoʻllaniladigan usullar;
mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan yeri (pochta manzili), shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoxud mulkdor va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga oshkor qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar;
tegishli subyektga taalluqli boʻlgan, ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning tarkibi, ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday maʼlumotlarni taqdim etishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari;
ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga oshirilish tartibi;
shaxsga doir maʼlumotlarning amalga oshirilgan yoki moʻljallanilayotgan transchegaraviy uzatilishi toʻgʻrisidagi axborot.
Subyektga oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilishiga taalluqli axborotni olishga boʻlgan huquqi cheklanishi mumkin.
Subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga taqdim etish tartibi subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga koʻra belgilanadi.
Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar:
subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni amalga oshirish toʻgʻrisida ilgari xabardor qilingan boʻlsa;
shaxsga doir maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan boʻlsa yoki hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbadan olingan boʻlsa;
bunday axborotning berilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan boʻlsa.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma soʻrov bergan subyektga oʻn kun ichida yozma shaklda yuboriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan subyekt vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling