shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator boʻlmagan, ammo shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish boʻyicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs.
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
2-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
shaxsga doir maʼlumotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan:
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarga qarab, ularning himoya qilinganlik darajasini;
shaxsga doir maʼlumotlar himoyasini taʼminlashga oid boʻlgan, bajarilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida ularning belgilangan himoya qilinganlik darajasini taʼminlaydigan talablarni;
biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |