Jismoniy shaxs
-modda. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish
Download 56.48 Kb.
|
13-Mavzu Dasturiy mahsulot
25-modda. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish
Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid maʼlumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid eʼtiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli maʼlumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maxsus maʼlumotlardir. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash maqsadida; agar subyekt oʻz shaxsga doir maxsus maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan boʻlsa; agar shaxsga doir maxsus maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarda eʼlon qilingan boʻlsa; subyektning yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida; qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi, ijro ishini yuritish doirasida sudlar va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati amalga oshirilayotganda; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotganda; davlat statistika organlari faoliyati amalga oshirilayotganda, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan statistika maqsadlari uchun shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanilganda, ularni egasizlantirish sharti bilan; tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilayotganda yoki tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, bunday maʼlumotlarga shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining boshqa shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan; mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oshirilayotganda va majburiyatlar bajarilayotganda; subyekt muomalaga layoqatsiz boʻlgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda subyektning yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlanayotganda; shaxsga doir maʼlumotlar, shu jumladan saylab qoʻyiladigan davlat lavozimlariga nomzodlarning shaxsga doir maʼlumotlari hammaga eʼlon qilinganda; nodavlat notijorat tashkiloti, diniy tashkilot, siyosiy partiya yoki kasaba uyushmasi faoliyati amalga oshirilayotganda, ishlov berish faqat shu tashkilotlar va birlashmalar aʼzolarining yoki xodimlarining shaxsga doir maʼlumotlariga taalluqli boʻlishi hamda subyektlarning roziligisiz uchinchi shaxsga berilmasligi sharti bilan; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda, bu bolalar fuqarolarning oilalariga tarbiyalash uchun joylashtirilayotganda (patronat) hamda vasiylik va homiylikni taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda; shaxsga doir maʼlumotlarga davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlov berilayotganda; sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan ishlov berilayotganda. Download 56.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling