Jismoniy shaxs


-modda. Hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar


Download 56.48 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1539590
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
13-Mavzu Dasturiy mahsulot

29-modda. Hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar
Subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlardir.
Aholini axborot bilan taʼminlash maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalari (shu jumladan biografik maʼlumotnomalar, telefon, manzil kitoblari, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan elektron axborot resurslari) yaratilishi mumkin.
Shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalariga subyektning yozma roziligi bilan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda subyekt tomonidan maʼlum qilinadigan boshqa shaxsga doir maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Subyekt haqidagi maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalaridan uning murojaatiga koʻra, rozilik qanday shaklda berilgan boʻlsa, shunday shaklda yoki yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida, shuningdek vakolatli davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra chiqarib tashlanishi mumkin.
6-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
30-modda. Subyektning huquq va majburiyatlari
Shaxsga doir maʼlumotlar subyekti:
mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxsda oʻz shaxsga doir maʼlumotlari va ularning tarkibi mavjudligini bilish;
mulkdordan va (yoki) operatordan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish toʻgʻrisidagi axborotni soʻrov boʻyicha olish:
mulkdordan va (yoki) operatordan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini berish shartlari toʻgʻrisida axborot olish;
oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat etish;
oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarida tarqatilishi uchun mulkdorga va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxsga rozilik berish;
agar shaxsga doir maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, eskirgan, noaniq boʻlsa, qonunga xilof ravishda olingan boʻlsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur boʻlmasa, mulkdordan va (yoki) operatordan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatib turishni talab qilish huquqiga ega.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan subyektning shaxsga doir maʼlumotlarini tasarruf etishni uning qonuniy vakili amalga oshiradi.
Oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maʼnaviyatini, sogʻligʻini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida taqdim etish subyektning majburiyatidir.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling