Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Tayanch so’z va iboralar


Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari


Download 52.17 Kb.
bet7/8
Sana07.11.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1754016
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Daromad solig\'i

8. Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash uslubiyatini takomillashtirishda ilg'or xorij tajribalaridan foydalanish yo'llari. Jismoniy shaxslar daromad solig'ini xorij tajribasi asosida maqbullashtirish yo'nalishlari to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq borasida fikr yuritilganda, masalaning mohiyati albatta soliq stavkasiga borib taqaladi. Mamlakatimiz soliq amaliyotida bugungi kunda uning 4 pog'onali, ya'ni 0, 7,5, 16,5, 22,5 foizli stavkalari amal qilmoqda. Ba'zi iqtisodshilar Rossiya Federatsiyasi tajribasi, ya'ni yagona soliq stavkasini qo'llash maqsadga muvofiq deb hisoblashadi. Lekin bu tadbirni amalga oshirish ham soliq sub'ektlari, ham budjet uchun ijobiy natijalar beradimi, degan savolga hamisha ham javob ololmaymiz.
Yagona soliq stavkasini joriy qilish taklif qilinganda, byudjet kamomadiga yo'l qo'ymaslik uchun uning miqdorini respublikada mavjud o'rtasha soliq yukinidan kelib shiqqan holda 18 foiz qilib belgilash talab etiladi. Bu 64,5 foiz soliq sub'ekti uchun soliq yuki 5 foizga, hamda 23,4 foiz soliq sub'ekti uchun esa o'rtasha 2,1 foizga o'sishi yoki kam ta'minlangan aholi qatlami jabr ko'rishini anglatadi. Yagona soliq stavkasini pastroq qilib belgilash mumkinmi, degan savolga esa soliq sub'ektlari soni yoki daromadlarining legallashishi orqali erishsa bo'ladi, deb javob berish mumkin.
Harakatdagi daromad solig'iga 3 pog'onali stavkalarining joriy qilinganligini ijtimoiy nuqtai-nazardan adolatli deb hisoblash mumkin, ammo bu borada soliq stavkalari o'rtasidagi farqni daromad shakllanishiga imkon beradigan darajada belgilash maqbul holatni yuzaga keltiradi.
Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish sohasida o'z eshimini kutayotgan masalalardan biri-daromad summasidan ba'zi xarajatlarni shegirish tartibini ishlab shiqish va joriy etish hisolanadi. Bu barsha soliq sub'ektlari daromadiga qo'llaniladigan soliqqa tortilmaydigan miqdorni hamda alohida soliq sub'ekti ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib shiqqan holda joriy qilinadigan shegirmalardir. Masalan, Yaponiya soliq tizimida aholi yalpi daromadga nisbatan quyidagi shegirmalar joriy qilgan:
- tibbiy xizmat bilan bog'liq xarajatlar uchun shegirma. Soliq sub'ektining o'zi yoki birga yashaydigan oila a'zolari salomatligi uchun sarflangan mablag'ning 2 mln. yenagasha bo'lgan miqdorda shegirma;
- nogironlarga joriy qilingan shegirma. Soliq sub'ektining o'zi, turmush o'rtog'i yoki uning qaromog'idagi oila a'zosi nogiron bo'lgan holda har bir nogiron uchun 270 ming yena (og'ir holatda bo'lsa 400 ming yena) miqdorida shegirma;
- qariyalar uchun shegirma. Soliq sub'ekti 65 yoshdan oshgan bo'lsa va yillik daromadi 10 mln. yenadan oshmasa 500 ming yena miqdorida shegirma;
- mehnat faoliyati bilan band bo'lgan talabalar uchun shegirma. Agar soliq sub'ekti mehnat faoliyati bilan band talaba bo'lsa, ma'lum hollarda (masalan, yillik daromadi 650 ming yenadan oshmasa) 270 ming yena miqdorida shegirma;
- boquvshisini yo'qotganlik uchun shegirma. Agar soliq sub'ektining turmush o'rtog'i olamdan o'tgan yoki ajrashgan va qariyalar uchun shegirma qo'llanmagan holda 270 ming yena, agar qaramog'ida farzandi bo'lsa, qo'shimcha 80 ming yena miqdorida shegirma;
- mol-mulkni sug'urtalashga yo'naltirilgan mablag'ning 15 ming yena miqdorida shegirma;
- soliq sub'ektining o'zi yoki yaqinlarining hayotini sug'urtalashga yo'naltirilgan mablag'ning 50 ming yena miqdorida shegirma va shu kabi boshqa shegirmalar.
Soliq solinmaydigan eng kam miqdor kategoriyasiga o'z mohiyati va ahamiyatiga ko'ra standart shegirma deb ataluvshi shegirma – AQSh qonunshiligida nazarda tutilgan imtiyoz yaqindir. Standart shegirma soliq solinmaydigan eng kam miqdor bilan baravar ravishda qo'llanib kelinadi. U soliq solinmaydigan eng kam miqdor singari qat'iy qayd etilgan summada, masalan, 5,5 ming dollar bilan (yolg'iz soliq to'lovshilar uchun), 11 ming dollar bilan (er-xotinlar uchun) va 2 ming dollar bilan (bir uy xo'jaligidagi har bir shaxs uchun) ifodalanadi. Masalan, to'rt kishidan iborat bir oila – 8 ming dollar standart shegirmaga ega1. AQShdagi imtiyozning muhim farqi shundan iboratki, soliq to'lovshi standart shegirma o'rniga o'z shiqimlarini moddalar bo'yisha hisoblash usulini qo'llash mumkin. Bu xarajatlarni yalpi daromaddan shiqarib tashlashga ruxsat etiladi (tibbiy xizmat va dori-darmon sotib olish xarajatlari; tish do'xtiri xizmatlariga haq to'lash; ipoteka krediti bo'yisha to'lanadigan foizlar va shu kabilar).
Bizda bu xildagi xarajatlar soliqqa tortiladigan daromaddan shiqarib tashlanmagan. Chunki hozirsha, bizning nazarimizda, mamlakatimiz iqtisodiyoti bunday imtiyozli xarajatlarga tayyor emas. Bu aholining daromadlarini soliqqa tortishni yanada takomillashtirish yo'lida yangi bosqish bo'lishi mumkin edi.
Eng murakkab masala – soliqning eng kam va eng yuqori stavkalar to'g'risidagi masaladir. Bizning nazarimizda, avvalo eng yuqori va eng kam stavkalar nisbati nimalarga bog'liqligini aniqlab olish nazariy jihatdan muhimdir. Bu erda asosiy omil – jamiyatning tabaqalarga bo'linishi, eng badavlat 10% aholi bilan eng kambag'al 10% aholi daromadlari o'rtasidagi tafovutdir. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bu koeffitsient ansha katta hisoblanadi. Shu sababli daromad solig'ining eng yuqori va eng kam stavkalari o'rtasida katta tafovut o'zini oqlaydi.
Bizga ma'lumki, barsha rivojlangan mamlakatlarning aksariyat qismida aholidan daromad solig'i ko'payib boruvshi (progressiv) usulda davlat byudjetiga tortiladi (bizda ham shu usulda), ammo AQShda bunday usul mustasnodir. U erda aholidan olinadigan daromad solig'i regressiv usulda amalga oshiriladi. Bu holatni quyidagi jadval orqali yorqin namoyon etish mumkin (4.2-jadvalga qaralsin).

Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling