Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini hisoblashda jami daromad tarkibini aniqlash tartibi


Download 62.53 Kb.
Sana15.01.2023
Hajmi62.53 Kb.
#1094082
Bog'liq
Vazifa


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini hisoblashda jami daromad tarkibini aniqlash tartibi.
Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat byudjeti daromad manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar byudjet daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 2014-yilda byudjet tushumlarining 11,0 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 10,1 foizni tashkil etgan. 2016-yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 10 foizini, 2017-yilda 10,1 foizni, 2018-yilda 8,4 fozni tashkil etgan. 2019-yilda esa11,1 fozni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Ma’lumki, har qanday mamlakatda fuqarolarning daromadi qanchalik yuqori bo’lsa, o’sha mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy yuksalishga erishiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmonlaridan kelib chiqib, hayotga tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillar davomidagi 5 ta yo’nalishdagi Harakatlar strategiyasi xalqimiz istiqboli, to’kin turmushi va porloq kelajagiga qaratilganligi quvonarlidir. Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz Prezidenti “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi” degan g’oyani ilgari surganlari bejiz emas.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholining real daromadlarini tobora ko’paytirib borish masalalari har doim ham davlatimizning diqqat markazida turadi. Chunki, jahon tajribasidan ma’lumki, aholi daromadining yillar davomida ortib borishi bilan bir qatorda bozorda iste’mol tovarlarining narxi nazorat qilinishi ularning farovon hayot kechirishlari uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs mehnat qilish va shu qilingan mehnati evaziga ma’lum daromad olish huquqiga ega.
Zero, mamlakatimiz Prezidenti, “Samarali mehnat uchun zarur shart-sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish e’tiborimiz markazida bo’ladi” deya ta’kidlab o’tdilar. Darhaqiqat, munosib turmush darajasini ta’minlash va xodimga ishlagan vaqti uchun munosib haq to’lanishi lozim. Bundan tashqari ish vaqtidan tashqarida bajariladigan ishlar, qo’shimcha ishlar uchun ham rag’bat va moddiy ta’minot berilishi ish sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi.
O’zbekistonda aholi daromadlarini soliqqa tortish tizimi 1991 yilda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlarni soliqqa tortish to’g’risida”gi Qonuni asosida joriy qilingan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jismoniy shaxslar daromad solig’i bo’yicha bir qancha huquqiy asoslar yaratildi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida fuqarolarning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburiyligi belgilab qo’yildi.
Hozirgi kunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga tegishli munosabatlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining maxsus qismiga tegishli 6-bo’limi, 29-33 boblari, 167-188 moddalarida o’z aksini topgan.
Soliq kodeksiga ko‘ra moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘l­gan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni to‘lov­chilar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromad­lari tarkibi. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar kiradi. Jumladan:
1) mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar (172-modda);
2) jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari (176-modda);
3) jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari (177-modda);
4) boshqa daromadlar (178-modda).
Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxs­larning mehnat shartnomasi bo‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha oladigan daromadlari kiradi. Bundan tashqari mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar (yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot, bir yo‘la beriladigan mukofotlar, maosh­larga ustamalar, ta’tilga har yilgi qo‘shimcha haqlar, ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va boshqalar), kompensatsiya to‘lovlari (tabiiy iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar, og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, dam olish kunlarida va bayram kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamala va boshqalar) hamda ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash (xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lash, mehnatga layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash, yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash, oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‘lanadigan nafaqalar va boshqa shu kabilar) tarzidagi daromadlar ham kiradi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foizlar, dividendlar, mol-mulk­ni ijaraga berishdan olingan daromadlar, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar, royalti va shu kabi qonunchilikda ko‘zda tutilgan daromadlar kiradi.
Moddiy naf tarzidagi daromadlar jumlasiga yuridik shaxs tomonidan jismo­niy shaxs manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquq­larni to‘lash, shu jumladan: jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitish, tarbiyalash; kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; oziq-ovqat, oylik yo‘l chiptalari yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash kabilar kiradi.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga esa davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar; stipendiyalar; donorlik uchun pul mukofotlari; alimentlar; musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul muk ofotlari; yutuqlar; grantlar; jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha olingan foizlar va boshqa daromadlar kiradi.
Download 62.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling