Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
Download 45.12 Kb.
|
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR
Boshqa daromadlar. Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari Kodeksning 178-moddasida keltirilgan, shularjumlasiga quyidagi daromadlar kiradi:
Pensiyalar va qonun xujjatlarida belgilangan nafaqalar; stipendiyalar; fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, xayriya va ekologik jamg’armalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar; donorlik uchun pul mukofotlari; alimentlar; xayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa xayvonlarni, baliq va boshqa larni) tirik holda hamda ularni suyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda , ipak kurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari; yutuqlar; grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan so’mmalar; yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar; O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgalarining qiymati va boshqalar. Yuridik shaxslar amalga oshiradigan harajatlar jismoniy shaxslarning daromadiga kiritilmaydi ya’ni ular daromadi sifatida karamaydi. Ushbu harajatlar 171-moddada aniq ko’rsatilgan. Shular jumlasiga quyidagi larni misol tarakasida keltiramiz; - Xodimlarni qonun xujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofik sut hamda boshqa davolash-profilaktika oziq-ovqati, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo’yicha harajatlar: - Kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar; Xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish harajatlari; - Xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal,formali kiyim-bosh berish harajatlari; - Xodim boshqa joyga ishga o’tkazilganda yoxud ko’chib borganda kuchish, mol-mulkini ko’chirib borish, joy ijarasi (yo’l harajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog’liq harajatlarni to’lash yoki bu harajatlarning o’rnini qoplash harajatlari; - Xizmat safarlaridagi kompensasiya to’lovlari va boshqalar; Download 45.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling