Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
) Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagi lar kiradi
Download 45.12 Kb.
|
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkiy daromadlar.
- Moddiy naf tarzidagi daromadlar.
3) Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagi lar kiradi:
- qonun xujjatlariga muvofiq asosiy yillik ta’tillarga haq to’lash; - asosiy ish haqi kisman saklanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga beriladigan to’lovlar; - donor xodimlarga ko’rikdan o’tishi, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash; - O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofik davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash; - Qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi; - yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o’qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo’yicha ularga to’lanadigan ish haqi; - xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash; - moddiy yordam to’lovi; - oliy O’quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to’lanadigan nafaqalar va boshqalar. Mulkiy daromadlar. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari 176-moddada qayd qilingan. Ushbu daromadlarga quyidagi lar kiradi: foizlar; dividendlar; mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; jismoniy shaxslarga xuxusiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlar; sanoat mulki obyektlariga berilgan patent (lisenziya) egasi bo’lgan jismoniy shaxsning olgan daromadi; Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori hamda fermer xo’jaligi boshligi,xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius ixtiyorida koladigan foyda so’mmasi. Moddiy naf tarzidagi daromadlar. Ushbu daromadlar Kodeksning 177-moddasida ko’rsatilgan. Soliq to’lovchi tomonidanmoddiy naf tarzida olinadigan daromadlariga, masalan quyidagi lar kiradi: - Yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (ishlar,xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumlandan jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida ukitish,tarbiyalash va boshqa lar; - Sovgalar,tyokin berilgan, shu jumladan xadya shartnomasi asosida berilgan tovarlar, Soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati; - Qonun xujjatlariga muvofik xodimlarga temir yo’l,aviasiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar so’mmasi; - Jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi karzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan so’mmalari. Download 45.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling