Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar


Download 44.53 Kb.
bet2/16
Sana15.11.2023
Hajmi44.53 Kb.
#1776845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
soliq

Soliq stavkasi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq stavkasi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.2011 yil uchun tasdiqlangan stavka va Soliq solinadigan obyektlar quyidagi jadvalda keltiriladi.

Soliq solinadigan obyektlarning nomi

Mol-mulkning inventarizasiya kiyma-tiga nisbatan Soliq stavkasi, foizda

1. Turar joylar, kvartiralar, dala hovli, qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar
2. Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni quyidagicha bo’lgan turar joy va kvartiralar:
a) 200 kv.m. dan oshiq va 500 kv.m gacha bo’lgan.
b) 500 kv.m. dan oshiq bo’lgan.

0,75
0,9
1,13

Izox:
1.Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha organlar belgilagan inventarizasiya qiymati bulmasa,Soliq undirish uchun Toshkent shaxri va viloyat markazlarida 18480,0 ming so’m,boshqa shaharlar va Qishloq joylarda -8030,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
2. Soliq solinadigan mol-mulkka egalik qiladigan pensionerlar uchun mol-mulk solig’i bo’yicha Soliq solinmaydigan umumiy maydon 60 kv. m hajmi da belgilanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi obyektlari noturar joy fondi toifasiga o’tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fond obyektlari (binolar,binodagi xonalar)mulk sifatida harid qilinganda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan Soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.
Soliq stavkasini qo’llanishning o’ziga xos xususiyatlari. Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to’lanadi.

Download 44.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling