Jismoniy shaxslardan o’ndiriladigan daromad solig’i.
Reja:
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi.
Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning stavkalari va soliqdan beriladigan imtiyozlar.
Jismoniy shaxslarning daromadga solig’ini hisoblash tartibi, hisobotlar, hisob-kitoblar va deklaratsiyalar taqdim etish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning to’lovshilari va soliq ob’ekti. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq to’lovshilari bo’lib, moliya yilida soliqqa tortiladigan daromadga ega bo’lgan har qanday jismoniy shaxs hisoblanadi.
Jismoniy shaxsning soliqqa tortiladigan daromadi jami yillik daromadga soliqqa tortilmaydigan daromadlarni kiritmasdan (58m), daromadiga soliqdan ozod etiladiganlarni shiqarib tashlab aniqlanadi.
Soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar daromadi rezidentlar va norezidentlar daromadiga bo’linadi.
Boshlanayotgan yoki tugayotgan moliya yilida 12 oygasha bo’lgan istalgan davrda O’zbekiston hududida 183 kun va undan ortiq yashovshi jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi rezidenti deb ataladi Shu ko’rsatilgan muddatdan kam yashagan jismoniy shaxslarga norezident deb ataladi.
O’zbekiston Respublikasi rezidenti jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasida va undan tashqaridagi manbaalardan olgan daromadlari bo’yisha daromadga soliqqa tortiladi.
O’zbekiston Respublikasi norezidenti faqat O’zbekiston hududidan olgan daromadidan soliq to’laydi.
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida rezident shaxslar tomonidan to’langan soliq summasi O’zbekiston Respublikasida soliq to’lash paytida O’zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro qonunlarga binoan hisobga olinadi.
Hisobga olinayotgan soliq summasi O’zbekiston Respublikasida harakatda bo’lgan soliq stavkasida hisoblangan jismonii shaxslarning daromadiga solig’i summasidan oshib ketmasligi kerak.
Soliq ob’ekti bo’lib, Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanadigan jami yillik daromad hisoblanadi
Bu erda eng muhim narsa jismoniy shaxsning jami yillik daromadiga qanday daromadlar kirishi, qanday daromadlar kirmasligi va qanday imtiyozlar olish mumkinligi aniq belgilashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |