Jismoniy shaxslardan o’ndiriladigan daromad solig’i. Reja


Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi


Download 28.33 Kb.
bet2/4
Sana27.06.2023
Hajmi28.33 Kb.
#1657117
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan o’ndiriladigan daromad solig’i Reja

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibiga soliq to’lovshi olishi mumkin bo’lgan yoki tyokinga olgan pul yohud buyum shaklida olgan pul mablag’lari kiradi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi 3 guruhga bo’linadi.
1. Mehnat haqi tariqasida olingan daromadlari (eng asosiy daromadlar).
2. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari.
3. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari.
Yuqoridagi daromadlarning har birini tarkibini aniq bilib olish zarur bo’ladi.
Jismoniy shaxslarning mehnat haqi tariqasida olgan daromadlari tarkibiga mehnat shartnomasi bo’yisha faoliyatdan va fuqorolik - huquqiy shartnomalari bo’yisha olingan daromadlari kiradi.
Mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
1) Xodimlarga sotiladigan tovarlar(ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni(ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o’rtasidagi manfiy farq.
2) Ish beruvshi tomonidan o’z faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan, xodimlarning shiqimlarini qoplash ushun qilingan xarajatlar.
3) Xodim ish beruvshiga to’lashi kerak bo’lgan, ammo ish beruvshining hisobidan shiqarilgan qarz summalari:
4) Ish beruvshi o’z xodimlarining hayoti yoki sog’ligini ixtiyoriy sug’urtalash badallarini to’lash ushun qilingan xarajatlar.
5) Ish beruvshining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi lozim bo’lgan to’lovlar yuzasidan to’lagan summalari.
6) Ish beruvshining o’z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari.
Xodimlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan me’yorlari doirasida beriladigan xizmat safari to’lovlarining summasi jami yillik daromadga kirmaydi. Ammo, me’yordan ortiq xarajatlar jami yillik daromad tarkibiga kiradi. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foizlar, dividendlar bo’yisha olingan daromadlar va mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlar kiradi.
Dividend va foiz daromadlar asosan qimmatli qog’ozlardan (oddiy va imtiyozli aktsiyalar, akkreditivlar va boshqalar) hamda shirkatlarda sherikshilikdan olgan daromadlardir.
Mulklarni ijaraga berish tadbirkorlikka kirmaydi.
Ijara daromadlariga:
Kvartiralar, garajlarni ijaraga berish:
Yuk mashinalarni, engil mashinalarni ijaraga berish.
Uy - anjomlarini va boshqa mulklarni ijaraga berishlari kiradi.
Jismoniy shaxslarning ushinshi guruh oladigan daromadlariga tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadga yana tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan, yakka tartibda amalga oshirilayotgan boshqa faoliyatdan keladigan barsha tushumlar ushbu daromadni topish bilan bog’liq xarajatlar, majburiy to’lovlar, shiqimlar va ajratmalar shegirib tashlangan holda kiradi.
Soliq ob’ektini aniqlash maqsadida shegirib tashlanishi lozim bo’lgan xarajatlar, majburiy to’lovlar shiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvshi jismoniy shaxslarga soliq solishning alohida tartibi o’rnatilgan.
Daromadga qat’iy soliq solish 2005 yilda ham quyidagilarga davom ettiriladi:
Yuridik shaxs bo’lmasdan turib tadbirkorlik bilan shug’ullanuvshi jismoniy shaxslarga.
Tadbirkorlik faoliyatining alohida turlari bo’yisha jismoniy va yuridik shaxslarga.
Qat’iy soliqning shegara stavkasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Aniq faoliyatlarning turlari va joylashgan joyiga qarab Qaraqalpog’iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyat xokimliklari va Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadi.
Qat’iy soliq bo’yisha taqdim etilgan hisoblardan hisobga olinmagan fizik ko’rsatkishlar aniqlansa, soliq ob’ektini yashirish deb qaraladi.
Jismoniy shaxs bir nesha faoliyat turi bilan^shug’ullansa har bir faoliyatdan soliqni alohida - alohida to’laydi. Ishbilarmonlik faoliyati bo’yisha ijaraga olingan asbob - uskunalar va joylaridan foydalanilsa, shu jumladan, ishonshli qog’ozli transportda, o’zlari joylashgan soliq idoralariga ijaraga beruvshi xaqida ma’lumotnoma taqdim etishlari shart.

Download 28.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling