Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq buyiga beriladigan imtiyozlar Soliq kodeksining 275-moddasida batafsil aks ettirilgan. Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq solinmaydi: 1. «O’zbekiston Kaxramoni»,Sovet Ittifoqi Qaxramoni,Mehnat Qaxramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuxrat ordeni bilan taqdirlangan fuqorolarning; 2. 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun xujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning; 3. Un nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning; 4. Chernobil AESdagi avariya okibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan larning, shu jumladan u yerga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning; Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i Soliq kodeksining 50-bobi tarkibidagi 287-294 moddararda o’z aksini topgan, ya’ni Soliq to’lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq solinadigan baza, imtiyozlar, Soliq stavkasini qo’llanishning o’ziga xos xususiyatlari, Soliqni hisoblab chiqarish va uni to’lash tartibining mazmun-moxiyat va ta’rifining bayoni aks ettirilgan. Soliq to’lovchilar. Soliq kodeksining 287-moddasida Soliq to’lovchilarning ta’rifi keltirilgan. Soliq to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros koldiruvchining Soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi. Soliq solish obyekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |