Jismoniy tarbiya darsida foydaniladigan o‘qitish uslubiyotlari kirish I. Bob. Jismoniy tarbiyaning pedagogik usullari
Download 37.17 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darsida foydaniladigan o‘qitish uslubiyotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. BOB. Talimning uslubga qo’yadigan asosiy talabi 2.1 Jismoniy tarbiya darslarida so’zdan foydalanish uslublari 2.2 Talim uslublarining turkumlari XULOSA
Jismoniy tarbiya darsida foydaniladigan o‘qitish uslubiyotlari KIRISH I. BOB. Jismoniy tarbiyaning pedagogik usullari 1.1 Jismoniy tarbiya pedagogik uslublari 1.2 Jismoniy tarbiya fanini o’tishda pedagogik medotlardan foydalanish II. BOB. Talimning uslubga qo’yadigan asosiy talabi 2.1 Jismoniy tarbiya darslarida so’zdan foydalanish uslublari 2.2 Talim uslublarining turkumlari XULOSA Foydalanilgan Adabiyotlar KIRISH Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-xunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim turlari o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog‘langan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Bu fan tarbiya jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi va metodikasi kabi turli xil fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi. Fanning mazmunini: - talabalarga jismoniy madaniyat fanining nazariy asoslarini va amaliy tatbiqlarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilganligi bilan izohlash mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik fan bo‘lib, u insonning barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlari asosida kishilarining jismoniy tarbiyasi vazifalari, metodlari va ish shakllarini aniqlaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining mazmuni bir so‘z bilan aytganda shaxsni har tomonlama jismoniy kamol toptirishga yo‘naltirilgan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘g‘risidagi bilimlarni majmuini tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasiga - maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya asoslarini, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining yosh xususiyatlarini, jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, metodlarini, yosh bosqichlariga qarab o‘quv ishlarini rejalashtira olishni, har bir yosh bosqichlariga qarab jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkaza olish, guruhdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya shakllarini bilish va ularni farqlay olishni, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlar haqida keraklicha tasavvurlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari - Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullarini; ertalabki badan tarbiya va jismoniy tarbiya dastur bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulot jarayonlarga rahbarlik qilish haqida ham keraklicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining bo‘limlarida jismoniy madaniyatning umumiy o‘rta ta’lim hamda amaliy - kasbiy tayyorgarlik shuningdek, kundalik turmushda ahamiyat kasb etuvchi harakat ko‘nikmalariga o‘rganib boradi. Bundan tashqari sport, jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida sport musobaqalari taxlil qilishni ham o‘rganadilar. Shunday qilib, Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislar uchun professional ta’limotning ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bo‘limlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to‘liq tushinishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarning dunyo qarashlarini o‘zgartiradi, jamiyatning boshqa sohalaridagi mutaxassisliklarning umumiy ish faoliyatlari bilan bog‘laydi va yangi ko‘rinishdagi bilim, usul va metodlarini egallashni, zarur bo‘lgan yuqori darajali professional dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bu inson jismoniy kamolatini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lganligi uchun bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalarini hal qilishga to‘g‘ri yondoshish imkonini beradi. Download 37.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling