Jismoniy tarbiya darslari orqali oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatl


Download 279.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana21.04.2023
Hajmi279.54 Kb.
#1372902
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kitob 1626 uzsmart.uz

Javoblar quyidagicha bo‘ldi.(so‘ralganlarga nisbatan hisobida ) 
O‘quvchilarning halq og‘zaki ijodiga munosabati.
1-jadval 
Jami so‘ralganda % hisobida 
Sinflar 
Ertaklardagi 
obrazlarni bilish 
darajasi 
Ertaklarni 
bilish darajasi 
Vatan haqida-
gi 
ertaklarni 
bilish darajasi 
Vatan haqida-
gi maqollarni 
bilish darajasi 
5-6 – sinf 
53,2 
48,2
30 
60,5 
7-8 – sinf 65,4 
68,6 
70,1 
79,2 
9 – sinf
97 
89 
92 
95 
Eslatma: javoblar 100 % ni tashkil etmaydi, chunki ertakni bilmagan o‘quvchi ba’zan maqolni ham 
bilmasligini aytgan. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 9-sinf o‘quvchilari 5-8 sinf o‘quvchilariga 
nisbatan ko‘proq biladilar. Sabab, bu yoshda ertakni bilish malakasi rivojlanib, 
ertaklarni mustaqil o‘rgana boshlaydilar. Bundan shunday xulosa chiqish 
mumkinki, 
o‘qituvchilar 
pastki 
sinfdan 
boshlab, 
o‘qitishga 
e‘tiborni 
kuchaytirsalar o‘quvchilarning ertakka qiziqishi yanada ortadi.
Dars samaradorligini oshirishda, o‘qituvchi mahorati katta ahamiyatga ega. 
Jismoniy tarbiya darslarida ertak va dostonlar orqali o‘quvchilar diqqatini jalb qila 
olsa, rasmlar orqali ular tasavvo‘rini yuzaga keltirsagina, o‘quvchilarning o‘sha 
orqali o‘quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga erishiladi. Maqollar 
o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning muhim xazinasidir.
Ayniqsa bu maqollar Vatan haqida bo‘lib, ularni Vatanni sevishga, unga 
sodiq farzand bo‘lib yetishishlariga undaydi. Hozirda mustaqil bo‘lganimizdan 
so‘ng, darsliklarimizda yangi o‘zgarishlar yuz berdi. Mualliflar har bir mavzu 
tagida 2-3 ta maqolni xulosa tarzida keltirdilar. Bu bilan ular faqat maqolni 
o‘qibgina qolmay, balki undan odob, axloq me‘zonlarini o‘rganadilar. O‘qituvchi 
shunga o‘xshash maqollarni,dars xulosasada o‘qib berib, tahlil qilsa, nur ustiga 
a‘lo nur bo‘ladi. 


49 
O‘quvchilar bu maqollarni bilib kelishi bilan birga, ularning dunyoqarashi 
o‘sadi, yaxshi bilan yomonni ajrata oladigan bo‘ladilar, til boyligi ko‘payadi, 
nutqi ham rivojlanadi, so‘zlarning ma‘nosini tez farqlay oladi, mardlik, sodiqlik, 
Vatani uchun jon fido qilishga tayyor o‘g‘il – qizlar yetishishiga kelajakda 
yaxshigina insonlar bo‘lib kamol topishiga yordam beradi.
Maqol o‘z tabiyatiga ko‘ra keng halq ommasi, ba‘zan esa u yoki bu ijtimoiy 
tabaqa hamda guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Shu boisdan maqollarning 
tematik ko‘lami keng, timsollar dunyosi boy va rang barangdir. Aniqroq qilib 
aytganda, ijtimoiy hayotning biror sohasi yo‘qki, u halq maqollarida o‘z ifodasini 
topmagan bo‘lsin. 
Maqol qator xususiyatlari bilan halq og‘zaki ijodining boshqa janrlaridan 
keskin farqlanib turadi. Chunki halq doston va ertaklari, afsona va rivoyatlari, 
naql va latifalari voqelikni epik planda, rang-barang hatti-harakatlari, 
kechinmalari orqali aks ettirsa, maqollar voqelikni halqning bevosita ana shu 
voqelik haqidagi xulosalari , hukmlari aks ettiradi. 
Demak maqolda voqealarning kechishi emas, balki ular xaqidagi xulosa va 
hukm ifodalanadi. 
Maqollar uzoq yillar mobaynida hayot tajribasidan o‘tgan, ming karra 
sinalgan donolik qomusi bo‘lib, u kishilarni ezgulikka, oliyjanoblikka undashi, 
insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik hamda tinch – totuv yashashga 
chorlashi bilan hamma vaqt hayot darsligi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ikkinchi sharti shuki, maqolda ifodalangan ibratli fikr alohida 
shaxslargagina emas, balki umuminsoniy harakter kasb etishda ko‘zga tashlanadi. 
Uchinchi sharti – ibratli, sinalgan umuminsoniy fikr ixcham, mukammal badiiy 
shaklga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Mana shuning uchun ham halq maqollari 
juda ham sekinlik bilan yaratilishi va unutilish xususiyatga ega. 
Halq maqollariga murojaat etganda, ulardagi tarixiylikni nazardan 
qochirmaslik lozim. Chunki hozir nutqimizda ishlatiladigan maqollarning 


50 
aksariyati o‘tmishda yaratilganligi uchun ularda halq psixologiyasidagi, 
dunyoqarashidagi cheklanganliklar, ziddiyatlar o‘z ifodasini topgan. 
Halq maqollari bevosita mehnat jarayonida, qaynoq hayot quchog‘ida 
yaratilganligi sababli ularda mehnat mavzui yetakchi o‘rin egallaydi. Mehnat 
mavzuidagi maqollarda mehnatga muhabbat, hurmat, ishyoqmas, dangasa va 
tekinxo‘rlikni qoralovchi halqning xulosalari mujassamlangan. 
Masalan betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda. Dangasaning kosasi 
oqarmas. 
Halq maqollarida Vatanga muhabbat, uni sevish va qadrlash bosh mavzu 
hisoblanadi. Chunki mehnatkash halq xamma vaqt o‘z Vatanini sevgan, 
ardoqlagan va uning dushmanlariga qarshi keskin kurash olib borgan. M: Bulbul 
chamanni sevar, odam Vatanni. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘yingsamon 
bo‘lmas. Vatan gadosi – kafan gadosi. 
Maqollar o‘quvchilar o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatini orttiradi. Maqollar 
halqning u yoki bu masala yuzasidan chiqargan hukmini bolalar ongiga 
o‘qituvchiga yordam beruvchi vositalardandur. Halq maqollarining ma’nosi, 
tuzulishi va uning formasi bilan o‘quvchilarni tanishtirib borish ta’lim – 
tarbiyaning samaradorligini oshiradi. 
Maqollarni o‘rgatishda o‘qituvchi o‘quvchilar faolligiga suyanadi. 
O‘qituvchi ta’lim nazariyasining onglilik va aktivlik, ilmiylik, izchillik
nazariyaning amaliyot bilan birligi, ta’lim va tarbiya birligi, ko‘rsatmalilik kabi 
qonuniyatlariga suyanadi. Demak, maqollar vositasida o‘quvchilarni Vatanga 
muhabbat ruhida tarbiyalashning boy imkoniyatlari mavjud. 
1-BOB YUZASIDAN XULOSALAR 
An’analar, urfu-odatlar insonning dunyoga kelishi yashashi to umrining 
oxiriga yetguniga, hatto tuproqqa qo‘yilgunigacha bo‘lgan jarayon-larni qamrab 
oladi. Bolaning dunyoga kelishi, qulog‘iga azon aytish, tish chikishi, beshikka 
solish, yurishi, soch olinishi, sunnat to‘yi, uylanish - nikox to‘yi, payg‘ambar 


51 
to‘ylari, yuz yoshi, kumush to‘y, oltin to‘y kabi sanab utilgan marosimu 
odatlarimizning boshqacha qilib aytganda qadriyatlari-miznig qirralari naqadar 
ko‘pligidan dalolat beradi. Hoh oilada bo‘lsin, Hoh jamiyatda bu kabi 
marosimlarning nishonlanishi bola tarbiyasiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu 
qadriyatlar orqali yosh avlod barcha ahloqiy xususiyatlarga ega bo‘ladi, jumladan 
Vatanga e’tiqodli, mehnatkash, ona tabiatni asrovchi, ota-onaning qadriga 
yetadigan, ilmli, saxiy, Vatani uchun jonini fido qiladigan insonlar bo‘lib 
yetishadi. 


52 
I BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARINI VATANGA 
MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING YO‘L VA VOSITALARI. 

Download 279.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling