Jismoniy tarbiya darslari orqali oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatl
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
Download 279.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1626 uzsmart.uz
1.3. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning hozirgi darajasi. Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiya, sport o‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy soflik va jismoniy kamolotni gormonik holda mujassamlashtirgan. Bu hol shaxar hamda qishloqda jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishni; qishloq yoshlariga qo‘l keladigan turli xil sport turlarini rivojlantirishni; kolxoz, sovxoz, rayon markazlarida viloyat miqyosida muntazam sport musobaqalari o‘tkazib turishni va 6u ishni madaniy - oqartiruv muassasalarining faoliyati bilan chambarchas bog‘lab olib borishni talab etadi. 43 Butun mamlakat miqyosida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham o‘smir va yoshlarning jismoniy tarbiyasi uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Masalan, juda ko‘p sonli sport inshootlari, suv basseynlari, o‘yin maydonchalari va hokazolar qurilgan. Chunki, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni mehnat faoliyataga, Vatan himoyasiga tayyorlash haqida g‘amxo‘rlik qilish doimo hukumatimizning diqqat markizida bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi. Bundan tashqali kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda jismoniy tarbiya darslarida ertak va dostonlardan foydalanish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yaxshi samara beradi. Ertak va dostonlardagi ijobiy qaxramonlarning jasorati orqali ularni kuchlilikka, epchillikka, chaqqonlikka o‘rgatiladi. Bundan tashqari yertak va dostonlar Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biridir. Chunki, har qanday ertakda Vatanning muqaddasligi, uning har bir qarichini ko‘zga to‘tiyo qilish, halqparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari ulug‘lanadi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya darslarida ertaklarning o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanishi zarur. Ertaklarda mehnatkash halq ommasining eng yaxshi sifatlari insonparvarlik, vatanparvarlik, Vatanga, do‘stga sadoqat, mardlik, go‘zallik, Vatanni sevish, unga sodiq qolish kabilar ulug‘lanadi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy uydurmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga, voqea-hodisalarning ajoyib, g‘aroyibligi bilan boshqa turlardan farq qiladi. Halq ertaklarining g‘oyaviy yo‘nalishida shu ertakni yaratgan halqning orzu umidlarini ifoda qilish bilan umuminsoniy mavzularni bayon etish muhim o‘rin tutadi. Ertaklarni o‘zbek halqining badiiy ijod tarixi jonli san‘ati deyish mumkin. Ertak termini Mahmud Koshg‘ariy tomonidan XI – asarlarda yozilgan «Devoni lug‘atit turk» asarida yetuk shaklida uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma‘nosini bildiradi. Hozirgi folkloristik termin sifatida Ertak so‘zi qabul qilingan bo‘lsada, 44 Surxandaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand o‘zbeklari orasida «Matal» deb yuritiladi. Buxoroda «Ushuk» deb, Xorazmada «Varsaki», Toshkentda «CHo‘pchak» termini ishlatiladi. Ertaklarning lug‘oviy ma‘nosi «Ertangi» degan so‘zdan olingandir. Shuning uchun ham ertaklarda halqimizning kelajakdagi orzu umidalari aks ettiriladi. Kelajakda yaxshi zamonlar bo‘lishini, adolat va xaqiqatni yuzaga chiqarish uchun ertaklarda o‘zlarini afsonaviy qaxramonlari orqali kurashadilar. Kurashda g‘alabaga erishadilar. Ertaklar halq ijodining elik turiga kiradi, uning o‘ziga xos hususiyati, voqeaviyligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishdir. Ertaklar turmush voqealigini ajoyib va g‘aroyib, jozibali qilib kishilarda badiiy zavq uyg‘otadigan holda aks ettiriladi. O‘zbek halq ertaklarida ko‘proq an’anaviy boshlama hamda befarzand shoh haqidagi axborotdan so‘ng keladi va syujetning dastlabki qismi-ekspozitsiyani tashkil etadi.: «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. O‘tgan zamonda bir podsho bor ekan. U befarzand ekan. Kunlardan bir kuni xotini farzandli bo‘lajagini aytibdi. Buni eshitgan shoh yurtdan chiqib ketibdi.» Ertakda shohning ketishi sababi ovga chiqish yoki dushmanga qarshi jangga otlanishi, ba’zan esa, uning xursandchiligi bilan izohlanadi. Aslida esa, mazkur motivning ildizi ibtidoiy jamoa an’analari zaminiga kirib boradi. Demak, bu motiv o‘zining tarixi va taraqqiyot yo‘liga ega. Ma’lumki, o‘zbek halq ertaklarida tug‘ilgan bolaga nom qo‘yish jarayoni tasviri ko‘rinmaydi, aytilmaydi ham, lekin nom qo‘yilgan bo‘ladi. U sir tutiladi. Shuning uchun ham ertaklarda ideal qahramon turli xil narsa va hodisalar nomi bilan ataladi. Nomni yashirish va sir to‘tish qadimiy magik afsun, yomon ruhlardan saqlanish niyatidan kelib chiqqan. Bu halq o‘rtasida an’anaga aylangan. Tarbiyachilar ertak aytishda uch narsaga ahamiyat berishi muhim hisoblanadi. Bolalarning xususiyatlariga qarab ertak tanlash. Ertak boshlashdan oldik ertak oldi deb atalmish jumlalar yordami bilan bolalar fikrini o‘ziga tortadi. 45 Ertak voqeasini – zarur ohang ko‘z, qo‘l, gavda harakati bilan ijro qiladi. Bularsiz har qanday ertak xam xuddi joni yo‘q tanadek. Ertaklarni o‘qish bilan ularning ichki va tashqi tomonlarini o‘rganish mumkin. Ertaklarning eng muhim hususiyati, ularning nafis, boy, serbo‘yoq, chuqur, yoqimli, jozibali va oxangdor milliy til xazinasidir. Bu esa har qanday insonning o‘z Vatani tilining boy xazinasidan xabardor qiladi. Ertaklar o‘ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qismi, boshlama, tugallanmalar alohida ko‘zga tashlanadi. Kirish qismi, avvalo ertakchining mahoratini ko‘rsatadi, qolaversa tinglovchining diqqatini jamlab ertak eshitishga hozirlaydi. Boshlama ertakning dastlabki qismini ta’riflaydi. Hayot xaqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, mo‘jiza hamda hayotiy uydirmalar asosida qurilgan, didaktik g‘oya tashuvchi hikoyalar ertak deb ataladi. Ertaklar obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni, fantastik uydirmaning o‘rni, vazifasiga ko‘ra: Hayvonlar haqidagi ertaklar. Sehrli ertaklar. Maishiy ertaklarga bo‘linadi. O‘zbek halq ertaklari ichida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o‘rinni tashkil etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklari qadim zamonlarda vujudga kelgan bo‘lib, unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiyat haqidagi tushunchalari ifodalangan. Ijtimoiy hayotning ovchilikdan chorvachilikka o‘tish jarayoni inson hayotida keskin burilish yasadi. Inson o‘ziga insondir va hayvonlardan kuchli ekanini sezadi. Ana shu jarayon hayvonlar haqidagi ertaklarda yangi g‘oya inson kuchiga ishonch tushunchasini vujudga keltiradi. Asta – sekinlik bilan hayvonlar ertaklarda ijobiy va salbiy timsollarga aylanadi. O‘zbek halq og‘zaki ijodida hayotiy, maishiy ertaklar alohida o‘rin tutadi. Ular real hayotiy uydirmalar asosida qurilgan bo‘lib, fantastika elamentlari yordamida namoyon bo‘ladi. Bunday ertaklarda inson markaziy siymosi – asosiy 46 qaxramon bo‘ladi. Ertak qahramonlari hayotning faol kishilari, ular ajoyib va g‘aroyib yordamchilarsiz ish qiladilar, aql kuchi, chidam, jasorat, iroda kuchi, do‘stga vafodorlik, sadoqatlik, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning asosiy sifatlaridir. Bu tur ertaklarida bosh qahramon inson u hayotidagi hamma dushman to‘dalarini podshohlar, boylar, qozilar, mulla – eshonlar, jallodlarni o‘zi yengib chiqadi. Ertak g‘oyasida kishi hamma narsaga qodir, u zolimlarni, podshoh va uning barcha saroy ahllarini hokimiyat ustidan uloqtirib tashlay oladi. Bu ertaklarda ijobiy qahramonlar xushmuomala, muloyim, nazokatli, ayni paytda keskin va shijoatli tarzda talqin etiladi. Bu kabi ertaklarda ko‘proq tengsizlik, adolatsizlik, zulm va zo‘rlik qoralanib, ezgulik haqiqatning g‘alabasi ulug‘lanadi. «Uch og‘a – ini botirlar», «Zolim podsho», «Ayoz», «Davlatmirza» kabi ertaklar mana shu ertaklar sarasiga kiradi. Hayotiy ertaklarning bosh qahramonlari dexqon chol, botir, dono qiz, kambag‘al yigit, hunarmand, go‘zal malika donishmand kishilar, adolatli shohlar, adolatsizlik, ig‘vo va fitna kabi yaramasliklariga qarshi shavqatsiz kishilardir. Ertaklar halqimizning erk va adolat, birlik va ahillik yo‘lida olib borgan kurashlarini o‘zida aks ettiradi. Halq borki, u orzu havas bilan yashaydi, har qanday og‘ir kunlarda ham u ertak eshitadi, ertak aytadi va shu ertaklar orqali kundalik voqealarga o‘z munosabatini bildiradi. Ular bu orzu havaslarini yosh avlodga ko‘rishni istadilar, o‘zlari ko‘rgan mashaqqatlarini bolalarga ravo ko‘rmay, ularning baxtiyor hayot kechirishlarini orzu qilganlar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ertaklarning roli beqiyos. Ayniqsa, hayvonlar to‘g‘risidagi ertaklar muhim ahamiyatga ega. Ertaklarda hayvonlar obrazi misolida munofiqlik va riyokorlik, tekinxo‘rlik, insof, adolat g‘oyalari beriladi. Ertaklar o‘quvchilarni ongi va his-tuyg‘usiga kuchli ta‘sir o‘tkazadi. Ularda axloqiy sifatlar: sof vijdonlilik, iymon, e‘tiqod kabilarni shakllantirishda ta‘sir ko‘rsatadi. Ertaklar vositasida o‘quvchilarni Vatanga e‘tiqod, diyonat ruhida tarbiyalashning boy imkoniyatlari mavjud. Lekin afsuski, ko‘p hollarda bu imkoniyatlardan o‘qituvchilar to‘g‘ri foydalana olmaydilar. 47 Biz tadqiqotlar davomida o‘qituvchilarga quyidagi savod bilan murojaat qildik: Siz bolalarga darslik va qo‘llanmalardan tashqari ertaklar ham so‘zlab berasizmi? Qaysi manbalardan foydalanasiz? Bunga javoban: o‘qituvchilarning 80%i sinfdan tashqari o‘qish uchun chiqarilgan o‘quv qo‘llanmasini ko‘rsatadilar. 10% i qo‘shimcha ertak manbalarini aytdilar. Bu shundan dalolat beradiki, ko‘pchilik o‘qituvchilar halq og‘zaki ijodi namunalaridan yaxshi, unumli foydalanmaydilar va o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun o‘quvchilarning ko‘pchiliklari ertak haqidagi bilimlari cheklangan. Biz buni yanada aniqroq isbotlash maqsadida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilgan anketalardan namunalar ko‘rsatamiz. O‘quvchilarga quyidagi anketa savollari berildi: 1. Ertaklarning boshlanishi qanday boshlanadi? 2. Ertaklardagi qanday yovuz obrazlarni bilasiz? 3.Quyidagi parcha qaysi ertakdan olingan: Xumcha qaynayveribdi, qaynayveribdi, oxiri qaynashdan to‘xtabdi. 4.Eng sevimli ertagingiz nomini ayting. 5.Vatan haqida qanday maqollar bilasiz? 6.Quyidagi maqolni davom ettiring: Bulbul chamanni sevar,…………. 7.Vatan haqida qanday ertaklar bilasiz? 8.Qaysi ertaklarni ko‘proq televizorda multfilm tarzida ko‘rgansiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling