Jismoniy tarbiya darslari orqali oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatl


 Sinfdan tashqari tadbirlarda, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida


Download 279.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana21.04.2023
Hajmi279.54 Kb.
#1372902
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kitob 1626 uzsmart.uz

2.2. Sinfdan tashqari tadbirlarda, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash yo‘llari 
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv 
metodikasini ham pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida qaramoq lozim. 
Tarbiyaviy tadbirlar metodikasining o‘z manbalari, vazifasi va tadqikot usullari 
mavjud. Bir so‘z bilan aytganda tarbiyaviy tadbirlar metodikasi ta’lim-tarbiya 
usullari 
majmuidir. 
Ta’lim-tarbiya 
oluvchilarning 
shaxsiy 
sifatlarini 
shakllantirishda turli usul va vositalar, yullardan foydalaniladi. Ana shunday 
usullardan biri tarbiyaviy tadbirlarlarni tashkil etish va o‘tkazishdir. Tarbiyaviy 
tadbirlar yoshlarni g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy jihatdan qurollantiradi, ularni 
axloqiy sifatlar sohibi qilish, xulq —atvor qoidalarini egallashi borasida ta’sir 
ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.
Albatta ta’lim-tarbiya jarayonida tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlarning 
barchasi yagona maqsad asosida birlashtiriladi. Chunki ular bir —birlari bilan 


58 
o‘zaro borlikdir. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkid etish va ularni o‘tkazishdan asosiy 
maqsad yoshlarni axloqiy jihatdan yetuk, ma’naviy barkamol kamol inson qilib
yetishtirishdir.
Ma’naviy —ma’rifiy ishlarning turlari va ularni o‘kazish usullari nihoyatda 
xilma —xildir. Ularni tadbiq etilishi yoki qo‘llanilishi o‘quv, ta’lim —tarbiyaviy 
masalalari, o‘qitish yoki tarbiyaviy ishlar mazmuni, real sharoitlar hamda 
tarbiyalanuvchilarning yoshiga xos xususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan 
holda belgilanadi. Bir so‘z bilan aytganda, tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning 
ma’naviy ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’naviyat esa, 
dunyoqarash negizidir. 
Har qanday, kasb-kori, bilim darajasi, turmushdagi mavqea-e’tiboridan 
ka’tiy nazar odamlar muayyan darajada unga alokador bo‘laveradi. Ma’naviyat 
jamiyat, millat va shaxs, har bir insonning ongli hayoti va faoliyati davomida 
shakllanib, boyib, takomillashib boraveradi. Bunda hech shubhasiz, ma’naviy — 
ma’rifiy ishlarning o‘rni juda beqiyosdir. 
Ma’naviy-ma’riy va tarbiyaviy tadbirlarni turli jamoat tashkilotlari
bilan hamkorlikda tashkil etishning pedagogik ahamiyati katta samara va 
yaxshi natijalar beradi.
Birinchidan o‘quvchi yoshlar tegishli tashkilotning maqsad va vazifalari, 
faoliyatining yunalishlari, kasb turlari haqida ma’lumotlar olib, dunyokarashilarini 
kengaytirsalar, ikkinchidan, hayotning past balandini ko‘rgan yoki mutaxassislar 
bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, suhbatlar ularda katta taassurot qoldiradi, yaxshi 
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. 
Hamkorlikdagi ishlar quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: 

g‘oyaviy mafkuraviy yunalish, maqsadga yo‘naltirilganlik, 
qishloq, tuman, respublika, mamlakat hayoti bilan bog‘liqliq; 
— 
oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning bir- birlariga 
bo‘lgan o‘zaro ishonchi, o‘zaro xurmati; 


59 
Hamkorlikdagi faoliyatning zarurligini, uning imkoniyatlari va 
afzalligini, vazifalarini tushunish: 
-o‘quvchilaryga oilada, ta’lim muasasasida jamoatchilik joylarida 
yagona talab; 
-mahalliy sharoitlarni hisobga olish shahar, qishloq uning geografik
joylashishini, tabiat, halk xujaligi, uning odamlarining faoliyati va hayoti); 
- o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning jinsini 
hisobga olish; 
- muntazamlik, uzluksizlik, izchillik; 
- ta’lim-tarbiya muassasasi, oila, jamiyatchilikning tadbirni tashkil etish 
va uning natijasi uchun qat’iy ma’sullik; 
- tarbiyaning eng mukammal usul va shakllarini doimiy ravishda 
ijodiy izlash, faollik va harakatchanlik; 
Masalan: mahalla, oila, harbiy maskanlar, sport maydonlarida olib 
boriladigan madaniy – ma’rifir tadbirlarda o‘quvchilarning kuzatuvchi sifatida 
ishtirok etishning biz pedagogik jixatdan maqbul deb bilamiz. Masalan, ta’lim 
muassasasining mahallalar bilan o‘zaro xamkorlik qilishi, o‘quvchilarni 
mahallalarda tashkil etilayotgan ommaviy-siyosiy, magnaviy-ma’rifiy, madaniy, 
sport, tashkiliy, tarbiyaviy tadbirlarga olib borish ta’lim-tarbiyada katta samaralar 
berishi mumkin. 
Ma’naviyat va ma’rifat xonasida yuritiladigan zaruriy xujjatlar: 
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi (yillik,olti oylik, choraklik, 
oylik, xaftalik, kunlik) 
O‘tkazilgan tadbirlarni qayd etish daftari 
«Taklif va mulohazalar» daftari 
Tadbirning o‘tkazish tartibi, dastur va rejasi, ssenariysi. 
Oylik, choraklik, olti oylik, yillik hisobotlar 
Turli xil axborotlar, ma’lumotlar jamlanmalari 


60 
«Ma’naviy —ma’rifish va tarbiyaviy ishlarni olib boruvchilar 
haqida ma’lumotlar. 
«Ma’naviyat va ma’rifat» xonasini jihozlash va bezash. Albatta 
ma’naviyat va ma’rifat xonalarini faqat ma’lum andoza asosida jihozlash va 
bezash shart emas. «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalarini jihozlash va bezash 
ta’lim muasasasining o‘ziga xos xususiyatlari va yunalishlaridan kelib 
chiqqan holda ijodiy yondashish kerak. Shuning uchun bu ishda butun 
jamoa, ayniqsa, rahbarlar, ma’naviy — ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor 
o‘rinbosarlari guruhi, tarbiyachi va axborot resurslar markazi xodimlari faol 
bo‘lishlari lozim. 
Ma’lumki keyingi yillarda mahallalarda «Balli yigitlar», «Yoshlar 
mustaqil 
hayot 
ostonasida», 
«Xuquqingizni 
bilasizmi?», 
«Oila 
mustaxkamligi kimga bog‘liq,?», «Oila – jamiyat tayanchi», «Bolali 
oilalarga imtiyozlar», «Qaynona kelin munosabatlarining axloqiy asoslari» 
kabi qator mavzularda suxbatlar, uchrashuvlar, tadbirlar, shuningdek, 
«Qaynonam-jonim onam», «Namunali oila» «Namunali kelin», «Eng yaxshi 
mahalla», «Eng ozoda kucha» kabi ko‘rik —tanlovlari, turli yunalishdagi 
sport musobaqalari o‘tkazilishi odat tusiga kirib bormokda. 
Bundan tashqari, mahallalarda turli halq, marosimlari, masalan, 
«Sumalak» tayyorlash, «Navro‘z» bayrami tadbirlari, to‘y — tomosha, aza 
va boshqalar o‘tkazilib turiladi. Maktablar, akademik litseylar va kasb—
xunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida turli halq marosimlari va ommaviy 
bayramlarni tashkil qilish lozim, Bunday uchrashuvlarda va xamkorlikda 
o‘tkazilgan har xil tadbirlarda, halq marosimlari va ommaviy bayramlarning 
jamiyat, millat hamda shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risida 
mufassal tushunchalar berib boriladi. 
Ta’lim muassasalarida bayram tadbirlarini o‘tkazish ma’naviy — ma’rifiy 
va madaniy ishlarning tarkibiy qismidir. Bayram tadbirlarini o‘tkazish ta’lim — 
tarbiya tizimida asosiy o‘rin egallaydi. Bayram tadbirlari madaniy— ma’rifiy, 


61 
san’at va badiiy faoliyatning har xil turlarini o‘zida mujassam etadi. Bayram 
tadbirlari o‘smirlar hayotida quvonchli voqeadir.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari yosh o‘quvchilar 
xotirasida umrbod saqlanib koladi. Zero har bir bayram tadbirining o‘z maqsad — 
vazifasi, mazmun va g‘oyasi mavjuddir.O‘rta maxsus, kasb-xunarta’limi 
muassasalarida «birinchi sentabr Mustaqillik kuni», «O‘qituvchilar va Murabbiylar 
kuni», «Konstitutsiya kuni», «Yangi yil», «Vatan himoyachilari kuni», «8 mart 
halqaro xotin- qizlar bayrami» “Navruz bayrami», «Kasbim meiing- faxrim 
mening», «Bitiruv kechasi» va boshqalarga bag‘ishlangan bayram tadbirlari 
o‘tkazilishi mumkin. 
2-BOB YUZASIDAN XULOSALAR 
Xulosalash mumkinki, bizning «Jismoniy tarbiya darslari orqali 
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari» 
mavzusida olib borgan tadqiqotimiz milliy qadriyatlarni o‘rganish jarayonida 
ushbu mavzuni yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida 
maktab hayoti misolida o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida 
tarbiyalaydi, Vatan tuyg‘usini yanada teranroq anglashlariga yordam beradi, har 
qanday vaziyatlarda ham Vatanga e’tiqodli inson bo‘lishi bilan birgalikda, yosh 
avlodni kelgusida barkamol insonlar qilib tarbiyalashda o‘z samarasini beradi. 


62 
UMUMIY XULOSALAR. 
O‘zbekiston mustaqilligi kelajak avlod tarbiyasiga katta e’tibor va 
mas’uliyat bilan qarashni talab etadi. Zero jamiyatning taraqqiyoti, uning dunyo 
hamjamiyati orasida o‘ziga xos o‘rinni egallashida kadrlar salohiyati, ularning 
tarbiyalanganlik darajasi asosiy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda tarbiyada vatanparvarlik va baynalminallikni uzviylikda tashkil etish 
har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega. 
Biz olib borgan tadqiqotlar tahlili va natijalari yosh avlodni tarbiyalashda 
milliylik va baynalminallikning birligiga yerishishda barcha imkoniyatlar 
mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik: 
1.O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari malakaviy ishning maqsadi va ilmiy 
farazi to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqladi. 
2.Milliylik, vatanparvarlik va baynalminallik asoslangan jismoniy tarbiya 
darslari o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi va juda yaxshi natijalar 
berganligi kuzatildi. Shuning uchun ham darslarda vatanparvarlik bilan 
baynalminallikni uzviy olib borish va bunday tarbiyani tashkil etishda turli metod 
va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunday darslarni tashkil etish 
natijasida o‘quvchilar o‘z milliyligini, milliy g‘urur, qadr-qimmat, mehr-oqibat 
kabi bir qator imuminsoniy sifatlarni egallaydilar. Shuning bilan birga o‘z 
millatidan boshqa millatlarga nisbatan samimiylikka, turli millat vakillari bilan 
do‘stona 
munosabatda 
bo‘lishga, 
millat 
ajratmaslik 
kabi 
sifatlarini 
shakllantirishiga xizmat qiladi. 
3. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasini amalga oshirishda sinfdan 
tashqari ishlarning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim. Bunday 
tadbirlar o‘quvchilara vatanni sevmoq, o‘z halqi, millatiga sodiqlik, milliy g‘urur 
kabi sifatlarni tarbiyalashi bilan birga boshqa millat vakillariga ham hurmat, 
ularning tili, dini qadriyatlarini hurmat qilishdek sifatlarni ham tarbiyalaydi. 


63 
4. Bitiruv malakaviy ishimizda jismoniy tarbiya darslari orqali 
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy va baynalminal ruhda 
tarbiyalashning bir qancha usullar bilan olib borishning yo‘l-yo‘riqlari haqida 
ko‘rsatmalar berildi. Darsliklar va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish haqidagi 
metodik qo‘llanmalar bunday vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Lekin 
o‘qituvchining ijodiy mehnati, turli interaktiv metodlardan foydalanib, tarbiyaviy 
tadbirlarni tashkil etish bunday tarbiyani amalga oshirishda samarali natijalar 
beradi. 
5. O‘quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalashda 
o‘qituvchi mahorati alohida o‘rin tutadi. Jismoniy tarbiya darslarini ijodiy, 
noan’anaviy usullardan foydalanib tashkil etish o‘quvchilarda katta taassurotlar 
qoldiradi.

Download 279.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling