3.2. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida interaktiv usullardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish omili.
Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning intellektual faolligini oshirish bugungi kunda pedagogikaning bosh vazifasi hisoblanadi. Intellektual faollikni oshirishda interaktiv usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu esa ta’lim jarayonida yangiliklarni joriy etishni talab etadi.
Interaktiv usullar – ( Interaction – inglizcha –aro, o‘zaro, ast - harakat ma’nosini anglatadigan so‘zlardan iborat) o‘zaro harakat, yoki hamkorlik asosida harakatni bildiradi.
Interaktiv usullarning bir qancha turi mavjud:
Kichik guruhlarda ishlash usuli.
Bularga: “fikriy hujum” (“fikr janggi”), sinektika, mojaro metodi, “dumaloq stol”, “uch bosqichli intervyu”, muammolarni hal qilish metodi, “stol o‘rtasidagi ruchka”, “galeriyani aylanish”, “akademik munozara”, “qor bo‘ron” metodi, “asalari galasi”, “munozarali vaziyatni tahlil qilish” va boshqalar kiradi.
Bu metodlar bo‘yicha ishlash uchun bir necha kishidan iborat guruhlar tuzib, ishonch vaziyatini vujudga keltirish, oshkora muhokama uchun xalal beradigan psixologik keskinlikni bartaraf etish zarur.
Ushbu guruh metodlari fikrlash doirasini kengaytirib, mavjud cheklovlarni nazardan qochirib turish, fikrlash faoliyati harakatchanligini rivojlantirish, o‘quv faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan. Ularning samarasi yangi o‘quv axborotini ishlab chiqish va mustahkamlashdan iborat.
Maqsadi
O‘quvchilarni ko‘proq jalb etish va ularning bir-biridan o‘rganishga imkon berish.
Yo‘l-yo‘riq berib turadigan murabbiyni “sahnadan” chiqarib yuborish.
Afzalliklari
O‘quvchilarga o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan ko‘proq o‘rtoqlashish uchun imkon beradi.
Kichik guruhlarda o‘quvchilar katta guruhlarda aytishlari mumkin bo‘lgan fikrlardan boshqacha fikrlarni aytishlari mumkin.
O‘quvchilar tajriba va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishlari mumkinki, bu – bilimlarni kengaytiradi va mavjud yondashuvlarni o‘zgartiradi.
Diqqat markazini pedagogdan (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi murabbiydan) qatnashchilarga ko‘chiradi.
O‘quvchilarni o‘qish uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z ustlariga olishga majbur qiladi.
Kamchiliklar
- ancha ko‘p vaqt va qo‘shimcha joy bo‘lishini talab qiladi;
- o‘quvchilarning birortasi boshchilik qilishga o‘ta boshlashi, agar guruh bunga qarshilik ko‘rsatmasa, uning ustidan nazorat qilishni o‘z qo‘liga olishi mumkin;
- guruh o‘ziga berilgan topshiriqlardan chalg‘ib, yo‘l-yo‘riqlarga aniq amal qilmasligi yoki topshiriqlarni noto‘g‘ri tushunishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |