Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari Mundarija


Download 222.5 Kb.
bet1/14
Sana25.01.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1120552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
jismoniy tarbiya darslarida o\'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari




jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
Mundarija



Kirish.

3



I Bob Jismoniy tarbiya darslarida ta‘lim samaradorligini oshirish pedagogik muammo sifatida.

10

1.1.

Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilishshning hozirgi muammolari.



10

1.2.

Ta‘lim jarayoni o‘quvchilarning bilimlarni o‘rganish jarayoni sifatida.



12



II Bob. Jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan o’rgatish va tarbiyalash metodlari

18

2.1.

So’z metodi

18

2.2.

Ko’rgazmaliylikni ta’minlovchi metodlar

18

2.3.

Vositali ko’rgazishga

19

2.4.

Nagruzka va dam olishning o’lchovlari

21

2.5.

O’yin metodi

22

2.6.

Aqliy tarbiya metodlari

23

2.7.

Aylanma mashg’ulot

24



III Bob. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish omillari.

25

3.1.

Jismoniy tarbiya darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari.



25

3.2.

Jismoniy tarbiya darslari jarayonida interaktiv usullardan foydalanish ta‘lim samaradorligini oshirish omili.



38

Xulosa

50

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

52

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida katta vazifalar xal etilayotgan bir sharoitda ta‘lim-tarbiyani jahon andozalari darajasiga ko‘tarish pedagog olimlar oldida ham hal etilishi zarur bo‘lgan muammolarni qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta‘limni tashkil etish to‘g‘risida” 1998 yil 13 maydagi 203 – qaroriga asosan “Umumiy o‘rta ta‘lim davlat ta‘lim standartining tayanch o‘quv rejasi”da yangi o‘quv fanlari kiritildi. Maqsad ta‘lim samaradorligini oshirish uni jahon andozalari darajsiga ko‘tarishdir.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlashning Milliy modelida ana shu muammo – ya‘ni komil inson va yetuk mutaxassis tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlari ham aniq ko‘rsatib berilgan. Bunda shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ko‘rsatilib, uning mohiyati milliy tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog‘lanib ketadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” ma‘ruzasida xalqimiz ma‘naviyatini yanada yuksaltirishni davlat siyosatining eng muhim ustivor yo‘nalishlaridan biri deb ko‘rsatib o‘tdilar. Yurtboshimiz O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida “Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a‘zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy mafkura, o‘z Vataniga mexr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruxida tarbiyalandash iboratdir”, - deb alohida ta‘kidladi.
Bugungi kunning talabidan kelib chiqib, yosh avlodni o‘qitish maktab o‘qituvchisidan katta mahorat va mehnat talab qiladi.
Respublikamsizda taraqqiyot va o‘zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning xar tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma‘naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta‘lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda”.1
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar hozirgi kunning talab va ehtiyojlari bilan bog‘langanligi ma‘lum.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev 2016 yilning asosiy yakunlari va 2017 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”.2
Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Vaqt o‘tishi bilan “o‘qitish texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” tushunchalarini qo‘llash darajasining kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o‘zgarib bordi.
So‘ngi yillarda respublikamiz pedagog olimlari ta’limga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish masalalari bilan yaqindan shug‘ullanmoqdalar.
O‘.Q.Tolipov, S.Og‘ayev, R.J.Ishmuhammedov, N.S.Saidahmedov, J.G‘.Yo‘ldoshev, B.Qodirov ishlarida pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hayotiy zaruriyat ekanligi isbotli yoritilgan.
Pedagogik texnologiyalar nazariyasini ishlab chiqish borasida N.N.Azizxodjayeva, O‘.Tolipov, N.Saidahmedov, M.Ochilov, B.Ziyomuhammedov, J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov, S.Og‘ayev, F.A.Djumaboyeva, R.J.Ishmuhammedov, S.K.Islamgulova va boshqalar tomonidan yaratilgan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘llanmalar alohida o‘rin tutadi.
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish nazariyasi O‘.Tolipov tomonidan mukammal ishlab chiqilgan. Bunda pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi, pedagogik texnologiya mohiyati, texnologik yondoshuv tamoyillari, turlari, ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichlari asoslab berilgan; O‘zbekiston ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish jarayoni chuqur tahlil qilinib, bu borada uchrayotgan muammolar ko‘rsatilgan. Ushbu muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
N.N.Azizxodjayeva ishlarida oliy ta’lim pedagogikasi asoslari chuqur yoritilgan, oliy o‘quv yurtlarida samarali qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar tahlil qilinib, oliy o‘quv yurtlarida pedagogik jarayonga texnologik yondashuvni amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirish masalalari O‘.Q.Tolipov, N.Saidahmedov, M.Ochilov, S.K.Islamgulovalar tomonidan tadqiq etilgan. Ushbu ishlarda ta’lim jarayonining natijasini kafolatlatlanishini ta’minlash uchun zaruriy omillar o‘rganib chiqilgan, bu borada tavsiyalar berilgan.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish muammolari va ularni yechish yo‘llari J.G‘.Yo‘ldoshev ishlarida ham batafsil berilgan.
Pedagogik texnologiyalarni ayrim fanlarni o‘qitish jarayoniga tatbiq etish yo‘llari qator olimlar tomonidan tadqiq etilib, bu borada katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar yaratilgan.
Qator olimlar ta’lim mazmuniga yangicha yondoshuv mohiyatini tadqiq etganlar. Ayniqsa R.G‘.Safarova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishlarda bugungi kunda ta’lim mazmuniga qo‘yilayotgan talablar, ta’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari, ta’llim mazmunini integratsiyalash, modullar yaratish masalalari yoritilgan.
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini diagnostika qilish va baholash masalalari F.A.Djumaboyeva va boshqa olimlar tomonidan tadqiq qilingan.
Pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning maqsadlari qatorida ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Vestminster universitetining Toshkentdagi filialida mustaqil ta’limni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari alohida e’tiborga loyiqdir.
Pedagogik texnologiyalarni aynan pedagoglarni tayyorlash jarayoniga tatbiq etish masalasi O‘.Q.Tolipov tomonidan tadqiq etilgan.
Pedagogik texnologiyalar masalasi bilan shug‘ullanib, bu borada katta yutuqlarga ega bo‘lgan xorijiy olimlar qatorida V.P.Bespalko, V.V.Guzeyev, M.V.Klarin, V.M.Monaxov, G.K.Selevkolarni ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi davr maktablarida, ta‘lim sohasida ayniqsa, jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarining nafaqat jismoniy balki aqliy qobiliyatini o‘stirishda o‘qituvchi ta‘limning ko‘pgina usul va vositalaridan oqilona, o‘rinli foydalansa, dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
O‘qituvchi har bir dasrni qiziqarli va tushunarli bo‘lishi uchun xarakat qilmog‘i lozim.
Ta‘lim samaradorligini oshirishda darsni tashkil etishga texnologik yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Darslarni innovattsion usulda o‘tilishi ham o‘qituvchidan mahorat va yuksak izlanuvchanlikni talab etadi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ta‘lim jarayonida darslarni qiziqarli va turli didaktik o‘yinlar vositasida o‘tishi, o‘quvchida motivni o‘stiradi, natijada dars samaradorligi oshishi mumkin.
Bunday darslar o‘quvchilarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini o‘stiradi, dunyoqarashini o‘stiradi, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Shu bilan birga o‘quvchilarning darsga, ya‘ni har bir fanga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchayadi. Ularning bilimini kengaytiradi, mustahkamlaydi va dars mazmunini konkretlashtiradi. Agar bolaga uning aslo xabari bo‘lmagan beshtacha so‘zni o‘rgatsangiz, u bu so‘zlarni bilolmay, uzoq vaqtgacha bekorga qiynalib yuradi, lekin shunday so‘zlardan yigirmatasini olib interaktiv usullar asosida ular faoliyatini ishga solib o‘rgatsangiz, bola shu so‘zlarni darrov bilib oladi. Bundan tashqari o‘quvchilarning biror masala ustida mustaqil, aktiv fikr yurita olishi, ijodiy fikrlay olishga o‘rgatishimiz lozim.
O‘zbek xalqining ulug‘ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yo‘llari va vositalari haqida tushunchalar berib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to‘xtalib o‘tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish yo‘llarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga o‘rgatishni ta’kidlab o‘tgan. «Maqsad gapni cho‘zish emas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi»3.
O‘qituvchi fanlarni o‘qitishda turli interaktiv usullardan o‘z o‘rnida foydalansa o‘quvchilarni faollashtiradi, ularning e‘tiborini, diqqatini qo‘zg‘atadi. O‘rganilayotgan materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi. Darsning qiziqarli bo‘lishi so‘z va ko‘rgazmalilikning doimiy birga chambarchas holda olib borilishi albatta ta‘lim samaradorligini oshiradi.
O‘qituvchining mohirona dars olib borishi, yangi pedagogik texnologiyalardan yetarlicha unumli foydalana olishi natijasida o‘quvchi shaxsida bilish faoliyati: fikrlash, tafakkur, aqliy qobiliyatlarning o‘sish va rivojlanishiga katta ta‘sir bo‘ladi va bu kabilar o‘quvchi shaxsiga kompleks ravishda ta‘sir etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligi shundaki o‘qituvchi xozirgi davr talablari asosida yangiliklarni samarali qo‘llay olsagina o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini, dunyoqarashlarini, ijodiy tashabbuskorlik qobiliyatlarini, faxm-farosatlarini, ziyraklik, sezgirlik qobiliyatlarini o‘stiradi. O‘quvchilarda amaliy zarur maxorat va malakalarni xosil qilishga yordam beradi.
Ta‘lim-tarbiya ishlari yangicha mazmun kasb etgan hozirgi davrda jismoniy tarbiya darslarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etish uning samaradorligini oshiradi. Ana shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda tadqiqotimizning mavzusini “Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilishning pedagogik asoslarii” deb tanladik.

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling