Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari Mundarija


Download 222.5 Kb.
bet2/14
Sana25.01.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1120552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
jismoniy tarbiya darslarida o\'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari

Tadqiqotimizning maqsadi: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil eitsh uchun pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik o‘yinlardan, interaktiv usullardan ijodiy foydalangan holda ta‘lim samaradorligini oshirish yo‘l va usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqotimizning ob‘ekti: jismoniy tarbiya darslarini samaradorligini oshirish jarayoni.
Tadqiqotimizning predmeti: jismoniy tarbiya darslarini samaradorligini oshirishning mazmuni yo‘llari va usullari.
Tadqiqotimizning vazifalari:

  1. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning pedagogik asoslarini ilmiy adabiyotlardan o‘rganish;

  2. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning ahamiyatini tahlil qilish;

  3. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini va ularni faollashtirish omillarini tahlil etish;

  4. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning hozirgi kundagi holatini ko‘rsatish.

  5. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishning texnikasi, yo‘llari, usullarini ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlash.

Tadqiqotimiz metodlari: adabiy manba‘larni o‘rganish, kuzatish, test, anketa va eksperiment kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalandik.
Tadqiqotimizning metodologik asosi: O‘zbekiston respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun”i, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, O‘zbekiston birinchi prezidenti I.Karimov va prezident Sh.M.Mirziyoevning nutqlari, zamonamizning ilg‘or pedagoglarining matbuotdagi maqolalari, o‘tmishdagi allomalarimiz, buyuk pedagoglarimizning fikrlariga asoslanildi.
Tadqiqotimizning ilmiy yangiligi:
1. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirish nazariy asoslandi, uning omillari ko‘rsatildi.
2. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilishning mazmunini tanlash ilmiy tahlil etildi.
3. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilish orqali o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va omillari, jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirishni amalga oshirish yo‘llari belgilab berildi.
4. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilish orqali o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni shakllantirishni amalga oshirish, dars jarayonida o‘quvchilarning harakatchanligini ta’minlash imkoniyatlari ishlab chiqildi.
5. Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga doir nazariy yo‘llanmalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling