Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari Mundarija
Download 222.5 Kb.
|
jismoniy tarbiya darslarida o\'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotimizning hajmi
Tadqiqotimizning ilmiy-ahamiyati jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish omillari turli interaktiv usullar va didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llari va usullari aniqlandi.
Olib borilgan ilmiy izlanish va ishlarimiz samarasi sifatida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish yo‘llari va usullarini ishlab chiqildi va shunga doir amaliy tavsiyalar berildi. Tadqiqotimizning hajmi: kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo‘lib, uning asosiy matni 50 betni tashkil etadi I Bob JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TA‘LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 1.1. Jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilishshning hozirgi muammolari. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik-huquqiy, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan dadil bormoqda. Iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy, xalq ta’limi sohalarida islohotlar va yangilanish jarayonlari bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mustaqillik tufayli pedagogika fanining taraqqiyotida ham olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning ma‘naviy salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni tayyorlash va amalga oshirish pedagogika fanining zimmasiga tushdi. Pedagogikaning predmeti shaxsni shakllantirish muammosi Kadrlar tayyorlash Milliy modelida o‘z aksini topdi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o‘rganish va ta’lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning ustivorligini ta‘minlash va ma‘naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g‘oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos ta’lim tizimini yaratish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta’lim-tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi blib qoldi. Bu vazifalar bevocita boshlang‘ich ta’limga taalluqli. Chunki tarbiya jarayoni uzoq murakkab jarayon bo‘lib, u insonning juda yoshligidan boshlanadi. O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualari yaratish va o‘quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‘minlash”ga bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham ta’limning yangi mazmuni tayyorlandi. Yani, Davlat ta’lim standartlari va yangi zamonaviy darsliklar tayyorlandi. Davlat ta’lim standartlari ta’lim samaradorligini ta’minlashning asosiy omilidir. Jismoniy madaniyat darsi tarkibi uning mazmunini belgilaydi. Shuning uchun dars qurilishini, qonuniyatlarini tadqiqot qilishlik eng avvalo vazifani to‘g‘ri qo‘yish, manba, metodlarni to‘g‘ri tanlash talab etiladi. Darsning maqsadi vazifalarini to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Dars klassifikatsiyasi avvalombor o‘quv jarayoni didaktik vazifa va manbalari aniqlashtirish uchun zarur. Shu bilan birga eng avvalo dars tuzilishining qonuniyatlariga ko‘rib chiqish uchun ularning asosiy belgilarini tizimiga solish zarur. Bularsiz o‘rganiladigan nazariya savollarini ya’ni qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi. Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda maktab darsini klassifikatsiyasiga har xil yondoshishliklar mavjud. Shu jumladan jismoniy madaniyat darsi ham. Ba’zi hollarda ularning klassifikatsiyasi didaktik maqsadlarni amalga oshirish uchun klassifikatsiya qiladi (Yangi materialni o‘rganish darsi, qaytarish darslari. Boshqa holatlarda – o‘quv materialini mazmuniga qarab (adabiyot darsi, matematika darsi, gimnastika darsi) yengil atletika darsi va boshqalar, uchinchilari – o‘rgatish metodlari bo‘yicha, to‘rtinchidan o‘quvchilarning joylashtirish usuli bo‘yicha, beshinchidan ishni bajarish. Dars klassifikatsiyasini yo‘qotadi. Har qanday ilmiy asoslanmagan darsni guruhlash maqsadga muvofiq emas. Darslarni klassifikatsiyalashda ularni tashqi belgilariga qarab emas uni mohiyatiga qaralishi zarur. Darslarni maqsad vazifalariga qarab bo‘lishligi tamoyili didaktikadan umumiy joy olgan yo‘nalishiga o‘xshashlik jismoniy madaniyat darsini nazariyasida topdi. V.V. Belinovichni tabiri bilan aytganda, bunday darslar o‘rgatish, mustaxkamlash, o‘rganilganlarini tekshirish maqsadida tashkil qilinadi. Jismoniy tarbiya darsini klassifikatsiyasi N.N. Efremov ishlarida o‘z ijobini topdi. U darsni u topini ajratib berdi: yangi materialni o‘zlashtirib olish darsi; qaytalash darsi (takomillashtirish, o‘zlashtirib olganini mustaxkamlash, mashqlanish); shug‘ullanuvchilar bilishni tekshirish; shug‘ullanuvchilarni bilim, malakalarini hamda jismoniy tayyorgarligi darajasini tekshirish-nazorat qilish; aralash tipdagi dars tipii (o‘quv mashqlanish). Bu klassifikatsiyada faqat bir dars yetishmaydi, bu ham bo‘lsa kirish. O‘rgatish jarayonini boshlanishi uchun dars. Bunday darslar maktab amaliyotida ham juda ko‘p qo‘llaniladi. Qoidaga ko‘ra o‘quv yilini boshlanishida o‘tiladigan darslar. Kirish darslari esa choraklarni boshida, dastur bo‘yicha yangi bo‘limga o‘tilganda. Bunday darslarni maqsadga muvofiqligini ko‘p o‘qituvchilarni tajribasi ko‘rsatmoqda. Dars tipini har xil bo‘lishi o‘quvchilarni yoshi, shug‘ullanish joyini talabga javob berishi, ob-havo darsda kerak bo‘ladigan sport asbob anjomlarini yetarli bo‘lishi va boshqa shartlar sabab bo‘ladi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling