Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari Mundarija


Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilimlarni o‘rganish jarayoni sifatida


Download 222.5 Kb.
bet4/14
Sana25.01.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1120552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
jismoniy tarbiya darslarida o\'quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari

1.2.Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilimlarni o‘rganish jarayoni sifatida.
O‘quv metarillarini turlariga qarab darslarini klassifikatsiyalash mavjud bo‘lgan. Shunday ekan quyi sinflarda fiziologik-psixologik holatlarga qarab darsni mazmuni, o‘quv materiallini mazmuni, umumlashtirilgan qiskartirgan xarakterga ega bo‘ladi.
Maktab yoshdagi kichik bolalarga bir xildagi o‘quv materiallini berish mumkin emas, chunki yosh organizm tez charchaydi, toladi hamda bolalarga qiziqishni yo‘qotadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘rgatish-o‘qitishni samarasini yo‘qoladi. Shuning uchun quyi sinflarda imkoni boricha xilma xil materiallni o‘tish talab qilinadi. Shunday ekan xilma-xil vositalardan iborat bo‘lgan darslarni aralash darslar deb bo‘lmaydi yoki gimnastika darsi, basketbol darsi, yengil atletika darsi deb bo‘lmaydi. O‘rta va yuqori sinflarda asta-sekinlik bilan aniq dars vositalarini kiritish talab etiladi. Bu albatta to‘liq qonuniyatlarga mos tushadi hamda talab darajasiga ega bo‘ladi, uni bu o‘quvchilar aniq sport turi bilan shug‘ullanishni xoxlaydilar va ma’lum natijalarga erishishni istaydilar.
Darsni uch qismga bo‘linishi va ularni doimiyligi uni ichki tuzilishini tasnifi bermaydi. Chunki dars juda ko‘p detallardan iborat bo‘ladi.
Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda dars tarkibi har xil atamalar bilan nomlanadi: qismlar, elementlar, zvenolar, bosqichlar. Shunday qilib I.A. Kazansev ularni “dars elementlari” deb ataydi. Shunday qilib B.P. Yesipov, S.P. Ivanov va boshqalar “dars elementlari” yoki “ish bosqichi” deb yuritganlar.
Dastlab darsga tanlab olingan mashqlar tarkibi bo‘yicha muxokama qilinganda, ularning ketma ketligi davomiyligi «dars sxemasi” deb aytilgan. So‘ng dars vazifasi, manbasi va metodi buyicha baholanganda “dars rejasi” atamasini ishlatgan.
V.V. Blinovich dars malakasida so‘z yuritganda dars tuzilishini eng asosiy qismlar sifatida qaragan. N.N. Yerfremov birinchilardan bo‘lib “dars tarkibi” atamasini ishlatgan. Dars tarkibi deyilganda qismlarni o‘zaro munosabatini tushunmoq zarur deb aytgan. (kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy hamlarga bo‘lgan K.A. Kuzminani tabiri bilan aytganda dars tarkibi – bu uni qismlarini soni ularni tayinlanishi va mazmuni ketma-ketligi, har bir qismi davomiyligi, tarkibiy qismi (kirish, asosiy, yakuniy). Faqat qismlar alohida-alohida ajratilib o‘tilish ko‘p vaqtni olmasligini uqtiradi. Biroq darsda uni qismlarini farqlaydigan bo‘lsak bu holda uni qismlari to‘g‘risida so‘z yuritish shart emas. Chunki bu siz ham ular o‘zaro bog‘lanib ketadi. Boshlang‘ich sinflarda tayyorlov mashqlari o‘tilganda o‘qituvchi tomonidan mashqlar sekin asta bir vaqtning o‘zida chiroyli ko‘rsatilib mazmunan aniq, atamalarni to‘g‘ri so‘zlab berishi talab etiladi. Biroq doimo bir xil mashqlarni qaytarish sonini ko‘paytirib yuborish ham maqsadga muvofiq emas. O‘quvchilarni anatomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O‘rta va yuqori sinflarda darsni tayyorlov qismi bir oz cho‘zilgan bo‘lishi mumkin so‘zlab, ko‘rsatib berishga ketadigan vaqtni hisobini olish zarur.
Tajribali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan xilma-xil fandagi dars qismini tahlili shuni ko‘rsatadiki tayyorlov qism, asosiy qism, yakuniy qismlarni o‘zaro munosabati shug‘ullanuvchilarni yoshi, dars tipiga bog‘liq bo‘ladi. Quyi sinflarda qismlarni taqsimlanishi bir xilda, ammo tayyorlov qismidan bir oz farq qiladi. Masalan birinchi sinflarda tayyorlov, asosiy yakuniy qismini davomiyligi 13 min, asosiy 20 min, yakuniy 12 min. Yuqori sinflarda bolalarni anatomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni organizmi tayyorlash so‘zlab berish ko‘rsatishlar biroz sekinroq kechadi (jismoniy yuklarni pasaytirish, dars joyini jixozlash va ularni yig‘ishtirib olish, darsga yakun yasash, uyga vazifa berish).
Biron ko‘zlab tashkil qilingan elementlarni davomiyligi 20-25 min davom etishi mumkin. Umuman olganda darsni tayyorlov qismi uchun olingan mashqlar asosiy qismidagi vazifalarni hal etish imkonini berishi, yakuniy qismdagi beriladigan mashflar asosiy qismdan kelib chiqqan bo‘lishi talab etiladi. YA’ni dars boshlanishidan oldin o‘quvchini yurak urishi 65 ta bo‘lsa ya’ni tinch holatda – bo‘lsa darsdan so‘ng – bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich bilan yakuniy qismdagi farq 70 ta bo‘lishi kerak. Darsga qo‘yilgan asosiy mashqlarni bajarish uchun dars vaqtini 28-50% sarflanadi.
Jismoniy tarbiya jamoa bo‘lib yoki yakka tartibda ishlarni bajarish eng avvalo o‘quvchilarni boshqara bilishdan iborat. Uning asosiy usullari : buyruq, topshiriq, ko‘rsatish, hisob sanash, shu bilan birga ko‘rish, ovozli shartli belgilar.
Buyruq o‘zining qisqaligi, aniqligi, talabchanligi bilan ma’lum. Ular assal turganidan topshiriqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Buyruq atamalari quyi sinfdanlardan qo‘llanilib yuqori sinflarda murakkablashtirib boriladi.
Quyi sinflarda buyruqlar biroz sekinlashtirilgan holda berilishi talab etiladi. Buyruqlar ma’lum komo‘lim topshiriqlarni berishda qo‘llaniladi. Shuning uchun farmoyish u yki bu narsani bajarish tahlil qilinadi.
Darsda o‘quvchilarni boshqarish uchun yorug‘li va ovozli shartli ovoz va belgilar ishlatiladi bu shartli belgi yoki ovozlar oldindan kelishib olinadi. Masalan, qarsak, svestok ishorali bilan to‘liq dars o‘tish mumkin. Quyi sinf o‘quvchilarini Harakat faoliyatini tartibga keltirish, me’yorini belgilashda ovozli signallardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oldindan kelishib olingan ishoralarni qo‘llash o‘qituvchiga rohat bag‘ishlaydi. Darsda o‘quvchilar faoliyatirini boshqarishni juda ko‘p usullari mavjud. Bu holda albatta shug‘ullanuvchilar yoshini hisobga, dars o‘tish joyini, sharoitini, qo‘yilgan vazifalarni o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirib olinganligini hisobga olish talab etiladi.
Darsda o‘quvchilarni joylashtirish o‘quv ishlarining asosiy usuli hisoblanadi. Uch usuldan iborat:

  1. o‘quvchilarni bo‘lmasdan, bir butun joylashtirish (frontal);

  2. bo‘limlar, zvenolar bo‘yicha, komanda bo‘yicha (gurhli);

  3. har bir o‘quvchini alohidag‘alohida (yakka tartibda joylashtirish).

Har bir usul ko‘p variantni o‘z ichiga oladi. Masalan, gimnastika darsida barcha o‘quvchilarni bir bukilib joylashtirish mumkin (kolonna, sherenga, doira) yakka tatibda guruhli bo‘lishi mumikn (ko‘rsatilgan joy yoki snaryadlar oldida).
U yoki bu usulni qo‘llash ko‘p soni omillarga bog‘liq o‘quvchilarning yoshi tayyorgarligi dars tipii va turi, mashg‘ulot o‘rni, zaruriy asbob anjomlarni mavjudligi, yordamchilar soni. Biroq aniqlovchi omillar bo‘lib dastur o‘quv materiallari hisoblanadi.
O‘quvchilarni joylashtirishning xilma-xil usullari mashqlarni takomillashtirish, o‘zlashtirib olinganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Masalan, sinf o‘quvchilarini ko‘p guruhlarga bo‘lib yuborishlik yoki snaryadlar bo‘lib yuborish, ularni joylashtirish, ularni jismoniy yuk olish hajmini oshiradi.
Jismoniy tarbiya darsida o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishdan tashqari “boshqarish” va joylashtirish bilan birga ma’lum ishni tartib bilan hal etish masalasini ham etish deb tushunmoq zarur. Adabiyotlarda bu masala yuzasidan ma’lum bir asoslangan taklif yo‘q. Shu bilan birga amaliyot ko‘p vazifani bajarish usullarini ishlab chiqdi. Ularni aniq ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  1. barcha o‘quvchilar tomonidan topshiriqni bir vaqtda bajarilishi (frontal, navbatma-navbat);

  2. ular o‘quvchilar qanday joylashishidan qa’tiy nazar qo‘llanishi mumkin. U yoki bu usulni qo‘llash darsni tipi va turiga o‘quvchilar yoshiga, ularni jismoniy tayyorgarligiga, darsga taalluqli bo‘lgan anjomlarni mavjudligi, jihozlanishiga bog‘liq. Qator jismoniy mashqlarni bajarishda yoki u yoki bu mashqni bir necha bor qaytalashda ”alohidalik” yoki bir butunlik” (potok usuli qo‘llaniladi).

Alohidalik usuli qo‘llanganda har bir mashqdan so‘ng tushuntirish, ogohlantirish, ko‘rsatma berish. O‘quvchilarni yakka tartibda joylashtirish usuli afzalligi shundan iboratki har bir mashqni bajarilish sifatini nazorat qilish, ko‘rsatma berish, o‘quvchi uchun oson bo‘ladi. Masalan, bizga ma’lumki frontal usulida joylashtirishni afzalligi juda ko‘p mashqlarni shu usulda bajarilsa darsni absalyut zinchligi hamda motor zinchligi yuqori bo‘ladi demak darsga qo‘yilgan vazifalar to‘liq hal qilindi degan xulosani chiqarishimiz mumkin. Darsni umumiy zinchligini aniqlashda ya’ni absalyut da foydasiz ishga sarflangan vaqtini umumiy foiz 100 % teng bo‘lmaydi demak o‘qituvchi berilgan vaqtdan to‘g‘ri ijobiy foydalana olmaydi degan xulosani chiqarishimiz mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, xal etiladigan vazifalardan kelib chiqqan xolda bo‘linadi: tarbiya, o‘rganish, rivojlantirish metodiga bo‘linadi. Bu asosiylaridan tashqari yana qator usullar mavjud: rahbarlik, tashkil qilish, yordamchi metodlar, asoslashtirishi, jismoniy yuklarni me’yorlash, yordam berish, tadqiqot, tanlash. Biroq jismoniy tarbiya nazariyasi ta’limot to‘g‘risida juda oz. Ko‘pchilik o‘rgatish metodi - bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ishlar usuli deb hisoblaydilar qaysiki buning yordamida o‘quvchilar tomonidan bilimlar o‘zlashtirib olinadi.
Bilim, ko‘nikma shakllanib boradi, dunyoqarashi rivojlanadi, qobiliyati o‘sadi, bu yerda rahbarlik, va tashkiliy shakllar deb tanishish mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanish jarayonida uni mazmuni sifat tomonga o‘zgaradi (maqsadi, vazifasi, manbasi, shartlari, tamoillari va metodlari). Mazmunini o‘zgartirish orqali eski shaklli tashlab yuboriladi, yangisi esa uni mazmunini o‘zgartirishga olib keladi. Bunga misol qilib maktab darsini ko‘rsatish mumkin, mana to‘rt yuz yildan ortiq o‘quv – tarbiyaviy jarayoni asosiy shakli bo‘lib kelmoqda. Chunki darsning mazmuni maktab dasturi materiallari belgilaydi.



Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling