Jismoniy tarbiya darslarini innavatsion texnalogiyalar yordamida tashkil etish Reja: Kirish I bob. Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion pedagogik faoliyat
Download 338.56 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darslarini innavatsion texnalogiyalar yordamida
Xulosava takliflar
Sport musobaqalarining funkstiyalari faqatgina musobaqalashish yoki bellashish bilangina chegaralanib qolmaydi. Sport insonning komil inson bo’lishiga, uning jismoniy va ma’naviy dunyoqarashining, tabiatining rivojlanishiga yordam beradigan samarali usullarni taklif etadi. Undan tashqari sport o’z-o’zini tarbiyalsh uchun etakchi omil hisoblanadi . Sportdagi ko’rsatkichlarning oshishi me’yoriga qarab, sportchi nafaqat jismoniy, balki, ruhiy, aqliy, axloqiy, ma’naviy va vatan tarbiyasi jarayoniga kirib bormoqda. Bu borada musobaqalarning pedagogik ahamiyati nihoyatda kattadir. Sport musobaqalari va natijalari ko’p bosqichli tizimni yuzaga keltiradi. Bellashuvning turli bosqichlari mavjud. Turli xil ichki birinchiliklar va chempionat musobaqalridan tortib, to jahon chempionatlarigacha va olimpiya o’yinlaridir. Hatto bitta tashkiliy musobaqalarda oraliq natijalar (dastlabki va final yugurishi, chempionatning alohida o’yinlari yakuniy uchrashuvlarda esa kiritilgan o’tkazilib yuborilgan to’plar aniq ajratib turadi). Ko’pincha musobaqa ishtirokchisi alohida bitta sportchi emas balki sport jamoasi sanaladi. Basketbol o’yinida nazariy tayyorgarlik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik turlariga oid mashqlar orqali sport mahoratini oshirishga yordam beradi. Basketbol o’yinida shug`ullanuvchilarning o’yin texnikasini takomillashtirish va mahoratini oshirish, Basketbol bilan shug`ullanuvchilarning kun tartibini rejalashtirish, o’yin texnikasini takomillashtirishni nazorat qilish, namunaviy umumiy va maxsus mashqlar tuzish hamda ulardan foydalanish zarur. Xulosa qilib, shuni ta’kidlash kerakki, basketbol jamoalarini bugungi milliy yerli xxalqlar bilan to’ldirish ular uchun deyarli sharoitlar yaratib berish, basketbolning hozirgi zamon talablariga mos keladigan moddiy texnik bazasini yaratish, milliy usto‑murabbiylar maktabini yaratish basketbolning yangi qonuni va oidalari deyarli hamma maktablarda , o’rta maxsus bilim yurtlariga va ayniqsa, oliy o’quv yurtlarida yetkazish va shu asnoda jamoalarni tayyorlash birinchi o’rinda turibdi. Buning uchun o’zbekcha adabiyotlar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, ilg’oir ustoz‑murabbiylarning ish tajribasidan namuna keltirib jamoa tayyorlab borish bugungi kunda O’zbekiston basketbolini yanada pog’onaga ko’tarish kabi vazifalarni bajardi. Buning uchun har bir mutaxassis o’zlarining ishlarini mukammaal reja asosida tashkil qilishlari kerak bo’ladi. Umuman basketbolda o’yinchilarni tanlovda jamoalarni o’yinlarini nazorat qilib borish, baland bo’yli o’yinchilarni izlash kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Basketbol o’ynaganda quyidagi sport kiyimi kiyiladi: mayka va trusi. Maykaning ko’krak va orqa qismida o’yinchining tartib raqami tikilgan bo’ladi. Har bir jamoaning o’z sardori bo’lishi va uning o’ziga xos belgilari bo’lmog’i lozim. Har bir o’quv mashg’uloti boshlanishi oldidan sport kiyimlarining tayyorligi (ayniqsa, poyabzalning tagi yumshoq bo’lishi)ni, taqilgan iðlarini ko’rib chiqish kerak. Oyoq kiyimiga, hatto kiyilgan paypoqqa alohida e’tibor berish (eng yaxshisi jun paypoq bo’lsin) va u qulay bo’lishi kerak. Sport kiyimi toza bo’lmog’i zarur. Basketbol o’yini ochiq havoda, kun iliq paytlarda o’tkazilsa, yengil kiyinish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki o’yin vaqtida kuchli harakatdan organizm qizib, kishi terlashi va kiyim nam bo’lib ketishi mumkin. O’yindan so’ng birdaniga yechinib bo’lmaydi, chunki shamollab qolish mumkin. O’yinda to’xtash va burilishlardan so’ng tez-tez ikki qo’llab pastdan uzatish qo’llanadi To’p uzatish paytida u tizzagacha tushiriladi va orqaga, son yoniga olinadi, so’ng oldinga qadam tashlab, ikki qo’lning keskin harakati bilan kerakli yo’nalishga uzatiladi. Baland bo’yli raqibni aldab o’tishda uzatish juda qo’l keladi. Shuningdek, ikki qo’llab uzatishni yuqoridan, yon tomondan, boshdan bajarish ham mumkin. Yelkadan bir qo’llab uzatish. To’pni tez va uzoqqa uzatish kerak bo’lganda qo’llanadiyTo’pni uzatish paytida u yelka balandligiga ko’tariladi, qo’l barmoqlari to’pning orqasida turadi, so’ng to’pni uncha baland bo’lmagan uchish trayektoryasida kerakli yo’nalishga yuboradi. Uzatishda qo’l barmoqlari to’pni, u qo’ldan chiqib ketgungacha ushlab turadi. Shundan so’ng bir qo’l yondan pastga tushiriladi. Download 338.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling