Jismoniy tarbiya darslarini innavatsion texnalogiyalar yordamida tashkil etish Reja: Kirish I bob. Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion pedagogik faoliyat


Xulosa………………………………………………………………………….....43


Download 338.56 Kb.
bet2/18
Sana08.06.2023
Hajmi338.56 Kb.
#1464513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jismoniy tarbiya darslarini innavatsion texnalogiyalar yordamida

Xulosa………………………………………………………………………….....43
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………....45




Kirish

Prezident Shavkat Mirziyoyev sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash chora-tadbirlar dasturini qabul qildi. Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga O’zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin:


Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo’yicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, litsenziyalar sonini sezilarli darajada ko’paytirish;
Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, O’zbekiston sportchilari o’rtasida gender tenglikni ta’minlash;
Sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport obyektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish;
Sport musobaqalari «tuman—viloyat—respublika» zanjiri asosida tashkil etilishi belgilandi.Birlamchi saralash bosqichidan o’tmagan sportchilar viloyat va respublika bosqichida ishtirok etmaydi;
Milliy terma jamoalarga barcha bosqich musobaqalarida ishtirok etib g’olib yoki sovrindor bo’lgan yoshlar saralab olinadi;
Har yili mahalla va muassasalar jamoalari ishtirokida ko’p bosqichli Hokim kubogi tashkil qilinadi.Xalqaro tajriba va standartlar asosida sport turlari bo’yicha milliy chempionatlar o’tkazish tartibi ishlab chiqiladi.Prezident sport sohasidagi ilmiy salohiyatning amaldagi holati ham talab darajasida emasligini tanqid qildi.«Birorta sport turi bo’yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, sport muhandisligi, kardiomashg’ulotlar bo’yicha bizda umuman mutaxassislar tayyorlanmaydi. Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», deydi davlat rahbari.
Jismoniy tarbiya va sport universiteti, respublika malaka oshirish hamda sport ilmiy-tadqiqot institutlarining roli umuman sezilmayotgani qayd etildi.
Olimpiya sport turlari bo’yicha sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorlash, ularni sog’lom ovqatlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
kelgusi o’quv yilidan boshlab Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport diyetologiyasi, muhandisligi va kardiomashg’ulotlar,Tibbiyot akademiyasida sport meditsinasi va farmakologiyasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashni yo’lga qo’yish;
Yiliga kamida 20 nafar mahalliy trener, sport shifokori va boshqa mutaxassislarni xorijda malaka oshirish tizimini joriy etish;
Unga ko’ra, endi har bir mahallada aprel-iyun va sentabr-dekabr oylarida musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija ko’rsatgan yoshlar elektron ro’yxatga kiritiladi hamda hududdagi sport maktabida malakali murabbiylar bilan bepul shug’ullanish imkoniga ega bo’ladi. Ular jismoniy tayyorgarlik darajasi va razryadiga qarab, keyingi bosqichga o’tkaziladi.Sport maktablari muayyan olimpiya sport turlari bo’yicha bazaga aylantiriladi. Murabbiylarning ish haqi 35 foizga oshiriladi.Mutasaddilarga ushbu tizimni joriy etib, yaxshi natija ko’rsatgan mahallalarni rag’batlantirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Yil yakunigacha 508 ta mahallada ko’p funksiyali sport maydonchalari qurilishi qayd etildi.Bugungi kunda Olimpiya zaxiralari kollejlariga 14 yoshdan katta o’smirlar qabul qilinmoqda. Oqibatda yoshlarni Olimpiya o’yinlariga tayyorlash kech boshlanayapti.Shu bois, bu borada rivojlangan davlatlardagi ilg’or tajribalar o’rganildi. Endi u asosida sportchilarni professional tayyorlash tizimi isloh qilinadi.Barcha sport turlarini rivojlantirish orqali yozgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar sonini ko’paytirish, 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo’lib o’tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o’yinlariga (keyingi o’rinlarda – Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari) sportchilarimizning har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Maʼlumki, joriy yil 5 mart kuni davlatimiz rahbarining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, uning vazifa va vakolatlari kengaytirildi.
Sportchilarni tanlab olish – seleksiya ishlarini takomillashtirish boʻyicha yangi tizim joriy etilib, bu oʻzining dastlabki natijalarini bera boshladi.
– Biz xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirishga katta hissa qoʻshgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta eʼtibor berishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Yigʻilishda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi muhim vazifalar belgilab berildi.
Aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullantirish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani, darsdan tashqari vaqtlarda taʼlim muassasalaridagi sport obyektlaridan barcha yoshdagi odamlarning foydalanishi tashkil etilmagani koʻrsatib oʻtildi.Bundan tashqari, joylardagi boʻsh turgan xususiy obyektlar negizida aholini ommaviy sportga jalb qilish uchun imtiyozli xizmat koʻrsatuvchi sport markazlarini tashkil etish talab etiladi.Shu bois Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar bilan birgalikda taʼlim muassasalaridagi sport inshootlari hamda boʻsh turgan obyektlarda sport seksiyalarini ochish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrishi zarurligi taʼkidlandi.Tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalari sonini keskin koʻpaytirish, gʻolib va sovrindorlarni Yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobidan pullik mukofotlar bilan ragʻbatlantirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Download 338.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling