Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari
Download 56.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-.
Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o`rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko`rsatishicha, o`z o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o`qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo`yilgan vazifalarni hal etish yo`llarini va ko`proq samaradorlik manbalrini ko`zda tutadi. Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o`qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart. 1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta`limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me`yoriy hujjatlariga muvofiq bo`lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo`g`inlari uchun tuziladi. Hamma o`quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo`lishi lozim. 2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta`sir etsa, shunisiga keng yo`l ochib beriladi. O`rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko`proq qismini ochiq havodan o`tkazishni rejalashtirgan ma`qul. 3. Rejalashtirishga qo`yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma`lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak. 4. Reja amalga oshiriladigan bo`lishi kerak. Rejalashtirishda o`quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta`minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo`lsa, o`quv dasturidan biroz chetlangan bo`lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma`lumki, imkoni bo`lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o`qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko`pincha dastur bo`limiga yangi talablar kiritilganda bo`ladi. 5. Rejalashtirishning aniqligi o`rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi. Ko`p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta`minlaydiganlari tanlab olinishi zarur. Rejalarni tuzishdan oldin o`qituvchi zarur axborotlarni to`plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o`quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o`tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlarini yaxshilab o`rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o`zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o`rganishda o`quv materiallarining sinfdan-sinfga o`tadigan izchilligini ta`minlash imkonini beradi. O`quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o`rganish, bunday ma`lumotlarni hujjatlarni o`rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o`quvchilar bilan suhbatlar boy ma`lumot beradi. Jismoniy tarbiya bo`yicha o`tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo`llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo`lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur. Jismoniy tarbiya darslari bo`yicha o`quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o`rganish zarur. Ko`pincha bular bir-biridan farq qiladi. Tuman va viloyatning ommaviy sport tadbirlarini kalendari bilan tanishish zarur. Bunday axborotlar o`qituvchiga dastur bo`limlarini nabatma-navbat o`tishini aniqlash uchun zarur. Yetakchi jismoniy mashqlar turlarini va ish shakllarini aniqlash uchun o`qituvchi maktab, aholi yashayotgan texnik sport va jismoniy tarbiyaga oid an`analarni o`rganadi, o`quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish yo`llarini belgilaydi. O`z o`rnida shuni ta`kidlab o`tish kerakki, jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish ikki guruhga bo`linadi: 1. Davlat hujjatlari. 2. Davlat hujjatlari asosida o`qituvchi tuzgan hujjatlar. Birinchi galda rejalashtirish ishlarida davlat hujjatlarini ko`rib chiqamiz: O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi standartlari (DTS) va o`quv dasturi. O`quv dasturi “Jismoniy tarbiya” faniga yillik soatlarning hajmi belgilab berilgan. Jismoniy tarbiya majmuasi maktabda “Alpomish” va “Barchinoy” jismoniy tarbiya bo`yi cha o`quv dasturlariga asoslanadi. DTSlari o`quv dasturi “Jismoniy mashqlar, jismoniy hujjatlarini rivojlantirish uchun mashqlar, jismoniy jihatlarni rivojlantirish uchun mashqlar, fanlararo aloqa uzviylik talablari belgilab berilgan”. “Dastur tayyorlashda birinchi navbatda jamiyatning sotsial (ijtimoiy) buyurtmasi, ya`ni jamiyat talab ehtiyojlari hisobga olinadi. Maktab bitiruvchilarining jismoniy tayyorgarligi talablari “Alpomish” va “Barchinoy” majmuida o`z aksini topgan, shuni yodda tutish kerakki, dastur alohida sport turlaridan iborat emas, shuning uchun dastur bo`limlaridagi vazifalarni bir marotabada, sharoit, imkoniyat hamda mavsumlarni hisobga olgan holda hal etib borish zarur”.33 Jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o`zgarib boradi. Maktab dasturining o`zgarish sabablariga quyidagilar kiradi: -o`quv dasturida o`zgarishlar bo`lsa; -o`quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg`or tajribalarni o`quv jarayoniga qo`llash; -o`quvchilar ma`lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi; - jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo`yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo`llashni talab etadi. DTS va o`quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o`qish zarur, chunki unda o`qituvchi uchun eng zarur va muhim ma`lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo`lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o`quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak. O`qituvchilarning ko`p yillik tajribalari shuni ko`rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo`yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog`lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o`z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o`z ichiga oladi: a) yillik o`quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi; b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti. O`quv-tarbiya ishlarining reja grafigi. Bu barcha parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi. Uning asosiy vazifasi bir tekis, o`quv materialini maqsadga muvofiq qilib taqsimlash va yillik ishni tartibga solishdir. Grafikni tuzib chiqish o`quv meteriallarining tahlilidan boshlanadi. Bu asosiy mashqlarni aniqlash, vaqtni hisobga olish, ularni o`zlashtirish uchun zarurdir. Hozirgi dastur tahlili shuni ko`rsatdiki, mashqlar har bir sinfda aniq qo`yilgan. Vaqtni taqsimlab chiqishda mashqlarni murakkabligini va o`quvchilar tomonidan shu mashqlarni o`zlashtirishning qiyinligi bilan bog`liq bo`lgan tomonlarni hisobga olish zarur. Dastur o`z ichiga yoshlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifasini, dars hajmini, yillik vazifalarni hal etish uchun o`rgatishning aniq vazifalarini, tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini oladi. Bu dastur o`rgatishning eng qulay varianti, nazorat- sinov vaqtini ko`rsatishi, mustaqil mashg`ulotlar vazifalari va manbalari hisobiga kengayib boradi. O`quv o`rgatish dasturi o`quv faoliyatini samaradorlik bilan boshqarish imkonini beradi. O`quv materialini o`rgatish jarayonida o`quvchilar mustaqilligini va faolligini oshiradi, o`rgatish vaqtidan ongli foydalanish imkonini beradi. Ana endi, o`quv dasturini tuzish bosqichlarini ko`rib chiqamiz. Birinchi bosqich jismoniy sifatlarni rivojlantirish ishi uchun mashqlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich o`rgatishning ko`p yillik vazifalarini aniqlashdan iborat. Ko`p yillik vazifalarni aniqlab borish, o`quv materiallarining izchilligini va o`zaro aloqasini aniqlamog`i zarur. Mashqlarni o`rganish jarayoni spiral bo`yicha tashkil etiladi: har bir yangi aylanishda, navbatdagi o`quv yilida yangi materialni o`rganish uchun asos bo`lib xizmat qiladigan harakat tajribalarini muntazam ravishda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Uchinchi bosqich, yillik o`rgatish vazifalarini shakllantirishdan iborat. O`qituvchi ma`lum sinfda o`rganiladigan mashqlarning darajasini aniqlash lozim, agar u bir necha sinflar uchun dasturda ko`rsatilgan bo`lsa, bunday mashqlarga yugurish, sakrash, akrobatik va boshqa mashqlar qiladi. To`rtinchi bosqichda yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan darslar hajmi hisoblab chiqiladi. Beshinchi bosqich ko`p mehnat talab qiladi, dars vazifalariga aniqlik kiritishdan, ularni hal etish uchun manba tanlash, o`rganiladigan harakat-faoliyat qismlariga yordamchi mashqlarning qaytalanish sonini belgilash va ularni bir butun qilib o`rganishdan iborat. Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning uch usuli ma`lum: parallel, ketma-ket va aralash. Dastur materiallarini parallel o`tishda dasrlarda har xil bo`limlardan materiallar kiritiladi. Bo`limni ketma-ket o`tish yuqori sinflarda amalga oshiriladi va yengil atletika, sport o`yinlari, gimnastika va boshqa mashqlar navbatma-navbat hal etiladi. O`quv materialini aralash rejalashtirish deganda birinchi va ikkinchi usulni birga qo`shib olib borish tushuniladi, ya`ni ba`zi bir bo`limlar parallel; ba`zilari alohida o`rganiladi. Yuqorida sanab o`tilgan usullarning har biri o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. O`rta sinflarda parallel usulini qo`llash yaxshi natija beradi. O`quv materialini parallel usulda o`tish birmuncha yuksaklikka olib keladi. U harakat faoliyatlarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalarni uzoq qo`llash orqali o`rgatishning samaradorlik xususiyatini oshiradi. Bulardan tashqari, bunaqa rejalashtirish darslarni xilma-xil tashkil etish imkonini berib, qiziqarli qiladi. Ammo bu holat sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko`rishni talab etadi. O`quv-tarbiya ishlarining grafigi kelajak reja ishlariga kiradi. U o`qituvchiga bir vaqtning o`zida yil davomida o`rgatish jarayonini ko`rish uslubiy tamoyillarini amalga oshirish imkonini beradi. O`qituvchi “O`quv materialining mazmuni” grafigiga dastur mashqlarini jismoniy sifatlarini kiritadi. Bu grafaga hamma mashqlarni yozish kerak. “Nazariy ma`lumotlar” grafasiga faqat umumiy savollar emas, balki o`quv ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun, o`quvchi nazariy bilimlarini boyitadigan, aqlni charxlaydigan savollar kiritiladi. Mustaqil mashg`ulotlar metodikasi va texnika haqidagi axborotlarni o`qituvchilar hamma asosiy, tayyorlov va yordamchi mashqlarni o`rganishda muntazam ravishda o`rganib oladilar. Tarbiya vazifalari ayrim mashqlar guruhi ham, ulardan har birini rejalashtirishga ham aloqador bo`ladi. Misol uchun, yengil atletikadan olingan mashqlar mashg`ulotlarga ijobiy munosabatni uyg`otadi. Keyingi grafalar esa yillik soatlar, chorak soatlari hamda darslarning tartib sonlarini ko`rsatadi. Ma`lumki, o`quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 soatdan dars o`tishi kerak. Rejalashtirishda dars asosiga yangiliklar, mazmunli mashqlar, innovatsion usullar va harakatlarni barcha choralariga singdirishi zarur. Bu maqsadlarni bajarib bo`lgandan so`ng o`quv materiallarini darslarga taqsimlash boshlanadi. Programmaning umumiy materiallarini chorak soatlari asosida chorakma-chorak vertikaliga taqsimlab chiqiladi. Shunda bir soatli darsga nechta vazifa olinganligi va har bir vazifani qanday hal etish zarurligi aniq ko`zga tashlanadi. Vertikaliga olingan vazifalarning gorizantaliga qaralsa, har bir vazifaning necha marta takrorlanayotganligini ko`rish mumkin. Vazifalarni (materiallarni) darslarga taqsimlashda didaktik printsiplarga rioya qilishi zarur. Buning uchun pedagogikaga murojaat etishga to`g`ri keladi. “O`qituvchi faoliyatining muhim bosqichi- bu didaktik jarayon (yoki o`quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yohud u belgilangan vaqt ichida ta`lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o`quv elementi mazmunini o`quvchi (talaba)larga uzatish yo`llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas”.1 Dasturdagi umumiy materiallar bir yilga mo`ljallangan, shuning uchun alohida bir tur materialni bitta chorakda hal etish va uni tugallashni biz tavsiya etmaymiz. Bir xil vazifa bir necha darsda muntazam ravishda takrorlansa, u holda o`quvchilar faolligi yo`qoladi, oldinga qo`yilgan maqsadga erisholmaydi, eng yomon tomoni alohida bir darsning zichligi pasaydi. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling