Jismoniy tarbiya fani


Download 22.91 Kb.
Sana26.10.2020
Hajmi22.91 Kb.
#136946
Bog'liq
JISMONIY TARBIYANING VAZIFALARI VA VOSITALARI


JISMONIY TARBIYA FANI

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26maydagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni va 1999 yil 27 maydagi “0 ’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qarorida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo’llari belgilab berilgan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kursi bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchisi va murabbiylarning dunyoqarashini kengaytiradi, yaqin kelajakdagi vazifalarni aniqlash, uslub,vositalani to’g’ri tanlashni hamda ularni amalga oshirish shakllarini amaliyotda sinab ko’rishga o’rgatadi.

JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lajak o’qituvchini aralash kurslarda va xususiy uslublardan olingan bilimlarni integrallashni uddalay olish va bilimlarni amaliy ishda joriy etishning shakl va uslublari bilan qurollantirishdir.

Fanning barcha bo’limlarini o’rganish talabalaning ixtisosligi bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun bosqichning asosiy bo’limlari tatbiqan bayon qilingan har bir mavzuni o’rganish jarayonida o’qituvchi va talabalar nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatini aks ettiruvchi vazifalari qo’yishlari kerak.

“Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fani talabalarda bajarayotgan ishining ahamiyatini tushunishga va professional burchini tarbiyalashga ko’maklashishi lozim.Darslikni o’rganib borish orqali bo’lajak o’qituvchi ilg’or tajribalarni o’zlashtirishi va bu tajribani o’z ishida qo’llay bilishi,talabalarga ushbu tajribadan to’g’ri foydalanishni o’rgatishi ,jismoniy tarbiya vazifalarini samarali ravishda hal etishni muntazam hamda mustaqil ravishda egallashlarini shakllantirishi lozim. Hozirgi kunda har qachongidan ko’ra ilg’or pedagogik tajribalarga tayanish zarur.

Jismoniy sog’lomlashtirish tadbiriarining keng yo’llarini, ularni amalga oshirish uslublarini takomillashtiradi. 0 ’qituvchi har bir mavzuning ahamiyatini ko’rsatishi va aniqlashi, o’quvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishi hamda bilimlar, mavzularni muntazam ravishda o’rgatishi juda muhimdir. Talabalar amaliy ishlarini hayotga joriy etish uchun nazariy bilimlarni egallashi, o’qitishning pirovard maqsadi to’g’risida bir daqiqa ham unutmaslik ehtiyojini hosil qilishi zarur. 0 ’qituvchilar talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olishlari, jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan uslublar bo’yicha so’nggi malumotlar bilan qurollangan bo’lishlari kerak.O’qituvchi talabalarga jismoniy tarbiya va sport masalasi oddiy masala emasligini, balki insonni har tomonlama rivojlantiruvchi asosiy vositalardan biri ekanligini, birinchi navbatda, uning mehnat faoliyati, Vatanni himoya qilish vositasi ekanligini tushuntira olishi, o’quvchilarni kasbiy amaliy tayyorgarlik ishlarining uslublari va shakllari to’g’risidagi bilimlar bilan ta'minlashi zarur. Bunda talabalarning o’z kasbiga qiziqishi juda muhim.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vazifalari bo’lajak o’qituvchilarni muayyan pedagogik ko’nikma, malaka va yangi pedagogik texnologiyalarlar bilan qurollantinshdan iboratdir.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida talaba quyidagilarni o’rganishi kerak: - yuklama me’yorini bilish, jismoniy tarbiyaning aniq

vazifalarini yechish uchun shakl va uslublarning vositalarini tanlash; ishning asosiy rejalarini tuzib chiqish va jismoniy

tarbiyaning har xil mezonlarida uni hisobga olib borish;

- talabalarning o’rganish natijalarini aniqlash, ularning

muvaffaqiyatlarini baholash, uyg’unlashtirish va shug’ullanuvchini mustaqil ishlarga yo’naltirish;

- o’quv - tarbiya muassasalarining ishlarini nazorat qilish;

- ommaviy tadbirlar rejasi, musobaqalar to’g’risida nizom ishlab chiqish, ularni amalda o’tkazish va uyushtirish;

- maktab o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya sohasida olib boriladigan ishlar sifatini oshirish maqsadida bolalar ijtimoiy tashkilotlari, oila va maktab kuchlarini birlashtirish;

- o’rgatish texnikasiga oid o’ziga xos moslamalar va

vositalardan foydalanish;

- yangi pedagogik texnologiya asoslarini o’zlashtirish va ularni amalda qo’llash.

U yoki bu sohada ishlovchi odamlar o’rtasida bir-birini tushunish va aloqa qilish uchun muvofiq tushunarli apparat zarur.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati ham muayyan tushunarli apparatdan foydalanadi, uni tushunish va o’zlashtirish shu soha mutaxassislarining barchasi uchun majburiydir.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatida atama va tushunchalardan keng ravishda foydalaniladi. Biz faqat eng muhim atamalarni ko’rib chiqamiz, ularni tushunmasdan turib jismoniy

tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini o’rganish mumkin emas.

Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tamoyillari to’g’risidagi tushunchalar muvofiq boblarda ko’rib chiqiladi.

Jismoniy rivojlanish

Jismoniy rivojlanish - bu sog’lomlashtiruvchi jarayon

bo’lib, inson organizmining vazifalari va shakllari

o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir.

Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin:

rivojlanish darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. Eng jo ’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda talim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.

Jismoniy rivojlanish ob'ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. 0 ’qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy

rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadigan omillardir.

Jismoniy tarbiya bu- insonni irodaviy, ahloqiy, funksional,morfologik takomillashtirishga yo’naltirilgan pedagogikjarayon bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni mehnatda vaVatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko’nikma, malakava maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.Jismoniy tarbiya bu insonni irodaviy,ahloqiy, funksional,motfologi takomillashtirishga yo naltirilgan pedagogikjarayon bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchunko’nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirish Jismoniy tarbiya maqsadga muvofiq yo’naltirilgan pedagogik jarayon bolib, harakat konikma va malakalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan.Jismoniy tarbiyaga tegishli o’ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning jismoniy ta’lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash

kabi ikki tomonini qarab chiqish mumkin.

Jismoniy talim o’quvchilaming muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik,

chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar o'quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi.

Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni shug’ullanuvchilarga nafaqat jismoniy, balki ma'naviy tafsir ham ko’rsatadi. Buning oqibatida bu jarayon tarbiya vazifalarini yechish uchun qulay sharoitlar yaratadi .

Jismoniy madaniyat.

Jismoniy madaniyat - bu umumiy madaniyatning bir qismi,xalq jismoniy barkamolligi maxsus vositalarini yaratish hamdafoydalanish ishida jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig’indisidir.

Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir:

• faoliyatni oqilona me’yoriy mustahkamlash;

• madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga yetkazish;

• shaxslararo kommunikativ munosabat o’matish, aloqa qilishga ko’maklashish;

• insonning biologik, sog’lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a'zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta’minlash;

Jismoniy madaniyat bazasi maxsus malumot va jismoniy tayyorgarlikni ta‘minlaydi.Bazali jismoniy madaniyat turlarini shartli ravishda “Maktabgacha va maktab jismoniy tarbiyasi” deb atash mumkin.

Bu bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek, jismoniy tarbiyaning o’quv fani sifatida maktab yoshidagi bolalar uchun umumtalim maktablari va kasb-hunar kollejlarida hamda boshqa oquv-tarbiya muassasalarida majburiy ekanligi belgilab qo’yilgan. U umumiy jismoniy bilimlarning yetkazilishiga, jismoniy sifatlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga, mustahkam salomatlikni kafolatlashga qaratilgan, shu bilan birga, har birimizga zarur bo’lgan jismoniy layoqatlilikni kafolatlaydi.Maktabdagi jismoniy tarbiya shu jihatdan qaraganda bazali jismoniy tarbiyaning fundamental qismidir.Bazali jismoniy tarbiya maktabgacha va maktabdagi jismoniy tarbiya shakllari bilan chegaralanmaydi. U jismoniy tayyorgarlik darajasini maktabdan ko’ra yuqori ta‘minlaydi, shuningdek, kelajakdagi jismoniy tayyorgarlikni o’z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya tizimi uchun vositalami qo’llashga majmualilik xosdir.

JISMONIY TARBIYA VOSITALARI.

Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari jismoniy mashqlar, gigienik omillar va tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari hisoblanadi.Qayd qilingan guruhlarning har qaysisi shug’ ullanuvchilar organizmiga ta‘sir o’tkazib, o’ziga xos imkoniyatlarni egallaydi, shuning uchun o’ziga xos muayyan vositalarga egadir.

Vositalarning xilma-xilligi, bir tomondan, ulardan eng samaralisini tanlash vaqtida qiyinchiliklar tug’dirsa, boshqa tomondan esa har qanday pedagogik vazifalarni yechish vaqtida keng imkoniyatlar yaratadi.Jismoniy tarbiya vositalarini va ularning tavsiflarini bilishga

qo’yilgan pedagogik vazifalar bilan muvofiqlikda barcha turdagi vositalardan foydalanish o’qituvchiga jismoniy mashqlarning eng samaralilarini ajratib olish va ularning yangi to’plamlarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Jismoniy mashqlar

“Jismoniy mashq” tushunchasi insonning harakat faoliyati va harakatlar to’g’risidagi tasavvurlar bilan bog’langan.Harakat organizmning motor vazifasi sifati, tana yoki uning qismlari holatining o’zgarishidir. Jismoniy tarbiya uchun tug’ma emas, balki erkin harakat muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun

kelgusida so’z faqat insonning tuyg’ulariga bo’ysundirilgan harakatlar to’g’risida boradi. Har bir erkin harakat uchta belgi bilan tavsiflanadi:

1. U har doim ongli harakat bo’ladi.

2. U hayot faoliyati natijasida, o’qitish jarayoni ham qo’shilib, insonga o’z ta'sirini o’tkazadi.

3. Mashqlarni bajarish ularni o’quvchining irodasiga

bo’ysundirish darajasini oshiradi.

Erkinlik bilan bajarilgan harakat har doim ham ongli bolgan. U shaxs sifatidagi insonga o’z ta'sirini o’kazadi. Ayrim harakatlar ta‘sirini harakatlantiruvchi unsuridir. U o’zaro bog’langan harakatlar vositasi bilan amalga oshiriladi. Masalan, oyoq, qo’l, gavda, bosh harakatlarining muayyan tizimi o quvchiga sakrash

ko’rinishidagi harakatni bajarishga imkon beradi. Aniq vazifani hal etishni ta‘qib qiluvchi harakat va shu asosda muayyan tizimda birlashgan harakatlantiruvchi harakatni tashkil etadi.Erkin harakatni harakat faoliyatini amalga oshirishning aniq usuli sifatida qarab chiqish mumkin. Masalan, jismoniy tarbiya darslarida o’quvchining faoliyati davlat dasturida nazarda tutilgan

harakatlar tizimini egallash bilan shakllanadi.Harakat ijtimoiy xarakterga ega, chunki o’quvchi jamiyatning

tajribasi, bilimiga tayanib, talab asosida ulami o’rganadi. Bundan tashqari, harakat muayyan pedagogik vazifalarni yechishga qaratilgan. Masalan, 6-sinf o'quvchisi kichik koptokni uloqtirish, yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrashlami, qisqa masofaga yugurishni o’zlashtirib, o’zini yengil atletika bo’limi

bo’yicha “Alpomish” va “Barchinoy” majmuasi talablariga tayyorlaydi.

Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq ravishda foydalaniladigan siljish harakatlari insonni jismoniy tarbiyalashning o’ziga xos vositasidir. Har qanday harakatni jismoniy mashq deb atash mumkin emas. Faqat jismoniy tarbiya vazifalarini yechishga qaratilgan va uning qonunlariga bo’ysungan harakatlar jismoniy mashqlami tashkil etadi.

“Jismoniy” so’zi aqliy tarbiyadan farqli ravishda bajariladigan ishning xususiyatini aks ettiradi, sirtdan qaraganda, makon va zamonda inson tanasi va uning qismlari o’zgarishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Haqiqatan ham, jismoniy mashq - bu iroda aktidir, u ong vazifalaridan iborat bo’lib, umuman insonga ta'sir

ko’rsatadi.

“Mashq” so’zi insonning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ta’sir o’tkazish maqsadi bilan harakatlami takrorlashga yo’naltirilganligi va bu harakatni bajarish usullarining mukammallashtirilishini bildiradi

Jismoniy tarbiya bo’yidia qo’lga kiritilgan natijalarga barcha vositalar tizimidan foydalanish orqali erishiladi, biroq vositalarning har qaysi guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiya va o’qitishning vazifalarini yechishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar ulushiga to’g’ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan belgilanadi:

1. Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning tuyg’usi va fikrini, uning tevarak-atrofdagi voqyelikka munosabatini ifodalaydi.

2. Jismoniy mashq - bu jismoniy tarbiya sohasida ijtimoiy- tarixiy tajribani topshirish usullaridan biridir.

3. Jismoniy mashq nafaqat organizmning morfo-funksional holatiga, balki ulami bajamvchi shaxs holatiga ham ta’sir o’tkazadi.

4. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog’lomlashtiruvchi ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin.

MAVZU : JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI VA VOSITALARI.



REJA :

  1. Jismoniy tarbiya fani.

  2. Jismoniy tarbiyaning vazifalari .

  3. Jismoniy tarbiya vositalari .

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling