Jismoniy tarbiya fanidan Mavzular to’plami
Yoysimon holatda sakrab tushish
Download 1 Mb.
|
4.Ma'ruzalar matni
Yoysimon holatda sakrab tushish. Bosh bilan pastga turish holatigacha bo‘lgan harakatlar «yoysimon siltanish» bo‘limida bayon etilganiga to‘g‘ri keladi. Ammo yoysimon siltanishdan farqli o‘laroq, tos-son bo‘g‘inidan oxirigacha to‘g‘rilanib, bosh orqaga engash- tiriladi va yakkacho‘p qo‘yib yuboriladi. Ycrga tushishgacha bo‘lgan uchish holatida qo‘llar yuqoriga-tashqariga ko‘tarilgan bo‘lib, qomat kerishgan holda ushlab turiladi.
0‘rgatish (past yakkacho'pda): Tik turib osilish holatidan sakrab, yoysimon sakrab tu- shish(yordam bilan); Shuning o‘zi, lekin yakkacho‘pda parallel holda undan 1 m uzoqlikda tortilgan chizimcha ustidan bajarish. Chizimchaning balandligini o‘zgartirib boriladi: dastlabki urinishlarda chizimcha yakkacho‘pdan 30 sm pastda bo'ladi, navbatdagi urinishlarda esa undan ham balandroq bomishi mumkin; Tayanish holatidan chizimcha ustidan yoysimon sakrab yerga tushish (yordam bilan). Qayd etilgan barcha hollarda murabbiy, masalan, talabaning chap tomonida, uning oldida turib yordam ko‘rsatadi. Murabbiy o‘ng qo‘lini yakkacho‘p ostidan o‘tkazib talabaning chap bilagidan teskari ushlaydi, chap qo‘li ichkariga maksimal burilgan bo‘lib, tosni yakkacho‘pga bosadi. Agar yoysimon sakrab yerga tushish to‘liq o‘zlashtirib olingan bo‘lsa, yoysimon siltanishni o‘rgatish oson boiadi.erkaklar qo‘shpoyada ko‘proq tayanib, tebranish mashqlari bajariladi. Osilish mashqlari yuqori toifali sportchilar mashg‘ulotida qo‘llaniladi. Ko‘pkurashning bu turida yaxshi natijalarga erishishni istagan gimnast qo‘shpoyada mashq bajarish uchun yakkacho‘pda mashq bajarishga nisbatan katta jismoniy kuchga ega bo‘lishi zamr (texnik tayyorgarligi bir xil darajada bo‘lishidan qat’i nazar). Qo‘shpoyani ushlash usullari Osilishda: Tashqaridan — kaftning orqa tomoni va katta barmoq dastaklilarning tashqari tomonida joylashadi (masalan, qo‘sh- poyaning uchidan kuch bilan ko‘tarilganda, shuningdek, yuqori toifa mezonlarda bajariladigan murakkab ko‘tarilishlarda); Ichkaridan — kaftlarning tashqari tomoni va katta barmoqlar qo‘shpoya ichkarisida bir-biriga qaratilgan bo‘ladi. Tayanishda oddiy ushlash, bu tayanishda bajariladigan mashqlarda qo‘llaniladi. Gimnastika umumiy kursi dasturi uchun xosdir (teskari ushlash kaftlardan birining orqa tomoni qo‘shpoya ichkarisida bir-biriga qaratiladi). Tayanish va osilishni ketma-ket bajarilganda yuqorida zikr etilgan ushlash usullari biri ikkinchisiga almashadi. «keskin siltanish» deb nomlangan mashqlarning bajarish texnikasi endi qo‘shpoyada qo‘llaniladi. U yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar texnikasiga batamom o‘xshashdir («tebranish» bo‘limiga qaralsin). Qo‘shpoyada bajariladigan asosiy mashqlar quyida- gilardir. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling