Jismoniy tarbiya fanidan
Jismoniy mashg’ulot jarayonida asosiy tеxnikа xаvfsizligi va shikаstlаngаndа
Download 252.29 Kb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-Jismoniy-tarbiya-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lat yeyish.
- Muskullarning tortishishi
- Chiqishlar.
9. Jismoniy mashg’ulot jarayonida asosiy tеxnikа xаvfsizligi va shikаstlаngаndа
birinchi yord аm ko’rsаtish. Mashg‘ulotlar vaqtida mashqlarni ehtiyotsizlik bilan bajarish natijasida favqulodda shikastlanishlar yuz berib turadi. Shuning uchun har qaysingiz o‘zingiz yoki o‘rtog‘ingizga
maktabim.uz sayti mahsuloti
Hamkorimiz: azamat.moy.su
shifokor kelgunga qadar birinchi yordam ko‘rsatishni bilishingiz kerak. Lat yeyish. Yiqilib yoki urilib ketishdan biron joy lat yeydi va u yerda shish paydo bo‘lib, qizarib ketadi. Shunda lat yegan joyga 20 —30 daqiqa sovuq kompress qo‘yish, siqib boylab qo‘yish kerak.
. Ishqalanish yoki poyabzalning siqishi natijasida oyoq va qo‘llarning terisi qizarib ketadi. Bu joy maddalab ketmasligi uchun uni tozalab, doka yoki bint bilan dori qo‘yib, boylab qo‘ymoq kerak. Ba’zida badanning u yoki bu yeri biror joyga tegib, shilinib, qonashi mumkin. Shunda bu joyni zudlik bilan toza suv yoki vodorod peroksid bilan yuvib, yod yoki zelyonka surib, dastlabki yordam bermoq lozim. Muskullarning tortishishi. Mashq bajarib, harakat qilishda paymushaklar tortishib, gohida cho‘zilib qolishi mumkin. U avvaliga qattiq og‘rib, biroz shishadi, keyin gematoma — ko‘karib qoladi. Bunday vaqtda og‘riq joyiga sovuq kompress qo‘yish, elastik bint-dokani qo‘yib bog‘lash lozim. Shundan so‘ng shifokorga murojaat qilinadi. Chiqishlar. Sport mashg‘ulotlarida qo‘l va oyoq chiqishi ko‘p bo‘lmasa- da, ammo uchrab turadi. U nda chiqqan yerdagi suyak bo‘g‘inida shish paydo bo‘lib, yurgan- turganda qattiq og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun shikastlangan suyak bo‘g‘inini qimirlamaydigan qilib taxtakachlab qo‘yish lozim. Keyin tezlikda travmatolog shifokorga jo‘natish kerak. Chiqqan oyoq-qo‘llarni o‘zingizcha bilar-bilmas tuzataman demang’ Sinishlar. Bunda birinchi yordam — bu shikastlangan joyni, ya’ni singan suyakni qimirlab ketmasligini ta’minlashdan iborat. Buning uchun birinchi galda singan suyakni ikki tomonidan shina yoki taxta q o‘yib, mahkam bog‘lab qo‘yish kerak. Qo‘lni gavdaga siqib bog‘lab qo‘yish ham mumkin. Umurtqa pog‘onasi shikastlanganda bemorni ko‘ndalangiga shit yoki taxtaga yotqizib qo‘yib, „Tez tibbiy yordam“ni chaqirish lozim.
Download 252.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling