Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja: I bob maktabda jismoniy tarbiya asosiy tarbiya tarbiyasi


O‘qitish uslublari haqida tushuncha


Download 57.92 Kb.
bet3/7
Sana10.02.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1187778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI

1.2O‘qitish uslublari haqida tushuncha.
Jismoniy madaniyatning barcha tarkibiy qismlarini birlashtirgan markaziy tizim tashkil etuvchi omil jismoniy madaniyat - sport (jismoniy madaniyat) faoliyatidir. Bu insonning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan.
Jismoniy faoliyatga hissiy - yaxlit munosabat o'z-o'zidan shakllanmaydi va meros bo'lmaydi. U shaxs tomonidan faoliyat jarayonida o‘zlashtiriladi va bilim va ijodiy tajribani rivojlantirish, tashabbus va faollikning haqiqiy pedagogik jarayonda namoyon bo‘lishi bilan samarali rivojlanadi.

Ta’limning metodlariga qo‘yilgan umumiy talablar. Har qanday konkret holatda u yoki bu metodni maqsadga muvofik holda qo‘llash qator talablarga rioya qilishni takazo etadi:


1. Metodning ilmiy asoslanganligi (oliy nerv faoliyati).
2. Qo‘yilgan vazifaga o‘qitishning muvofikligi.
Aniq vazifalarning oldindan belgilanmasligi ta’lim metodalari ni to‘g‘ri tanlash imkonini bermaydi. Misol, darsda “kozyol” dan oyoklarni kerib tayanib sakrashni o‘rgatish (o‘qitish) vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, metodni tanlash mumkin bo‘lmay qoladi (bo‘laklarga ajratish bilan va harakatni to‘la bajarish bilan o‘qitish metodlariga tayanish mumkin holos). Nibatan aniq vazifa, masalan, “kozyol” dan oyoklarni sakrashda kullar bilan “depsinish» ni o‘rgatish qo‘yilsa, mashqni bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish metodini qo‘llashga imkoniyat paydo bo‘ladi.
3. Ta’limning tarbiyalash xarakterini shakillantirish. Har bir tanlangan metod aynan shu harakat faoliyatini o‘qitishning faqat samarali jarayonini ta’minlash nuqtai nazaridan gina baholanmay, tarbiya vazifalari pozitsiyasi talabiga qarab ham baxo lanishi zarur.
4. Metodlarning qo‘llanishi ta’lim sistemasidagi barcha prinsiplarning muvofikligi va amalga oshirilishiga tayanish i lozim. Metodni aloxida olingan pritsip bilan aloqasini bir tomonlama izoxlash, tushuntirishga yo‘l quyib bo‘lmaydi. Masalan: agar o‘qituvchi ko‘rsatish metodini kullagan bo‘lsa, uni ko‘rgazmalilik prinsipini to‘la amalga oshirayotir degan xulo samiz noto‘g‘ri bulardi. Ma’lumki, bu prinsip qator metodlar tizimi orkaligina amalga oshiriladi.
5. O‘quv materiali xususiyatining muvofikligi.
O‘qitish metodlari ma’lum darajada bo‘lsa-da jismoniy mashqlarni tur lariga bog‘liqdir, ayrim hollarda faqat so‘z bilan ifodalash metodining o‘zi kifoya qilsa, nisbatan qiyin vazifalarda esa ko‘rsatish metodini ham kullab yuyorishga to‘g‘ri keladi. O‘ynaladigan, gimnastika, sport va turizm tarzidagi mashqlarni o‘qitish o‘zining xususiy metodlariga ega emas. Metodlar jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xildir. Shu bilan birga bu turlarning har qaysisi qandaydir darajada bo‘lsa-da, bir xil metodik usullardan foydalanishga yo‘nalgan bo‘lib boshqalaridan nisbatan ozroq foydalaniladi. Bunday karamlilik qanchalar kam bo‘lsa o‘qitish natijasi shuncha yaxshi bo‘ladi.
6. O‘quvchilar individi va guruxni tayyorgarligini muvofikligi. Masalan, ayrim harakat faoliyatlarini o‘zlashtirishda yaxshi tayyorgarlikka ega o‘quvchilar uchun qismlarga ajratib o‘rgatish metodini qo‘llash maqsadga muvofik emas, nisbatan tayyorgar ligi mavjud bo‘lganlari uchun esa bu faoliyatni egallashni yo‘llanma beruvchi mashqlar bilan boshlash kerak bo‘ladi. So‘z bilan ifodalash metodidan foydalanishda o‘quvchilar umumiy bilimi darajasi bir muncha yuqori bo‘lsa, “viraj” bo‘ylab yugurishni tushuntirishda ularni fizika soxasi bo‘yicha bilimiga tayanishimiz mumkin uladi.
7. O‘qituvchi individual xususiyatlari va imkoniyatlarining muvofikligi. Albatta, har bir pedagog ta’limning barcha metodlarini to‘la xajmda egallagan bo‘lishi lozim. Shunga karamay, ba’zi o‘qituvchilar bir xil metodlarni yaxshi bilishsa, ayrimlari esa boshqasini yaxshi biladilar. Jismoniy tarbiya jarayonida bu xususiyat larni aloxida xisobga olish zarur. Agar ma’lum holatda ikki xil metoddan bir xil natija chiqishi aniq bo‘lib kolsa, albatta, o‘qituvchi o‘zi puxta bilgan metodni qo‘llashi lozim.
8. Mashg‘ulotlarsharoitining muvofikligi. Masalan, maktabdagi darslarda tirmashib chiqishga o‘rgatish faqat bir-ikkita kanat mavjud holda amalga oshirilsa, harakatni bir butunligicha to‘la o‘rgatish metodidan foydalanish samara bermaydi chunki bu mashgu lot zichligini aytarli past bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunda so‘zdan foydalanish metodida o‘qituvchi zalning akustikasi va sport maydoning satxi ni xisobga olishi kerak.
9. Metodlarniturli tumanlaridan foydalanish talabi. Metodlarning xech qaysisi yagona, asosiy va universal bo‘la olmaydi. Metodlarning turli xilidan foydalanganda, ta’lim samaralirok bo‘ladi. Har bir metodning o‘ziga xos yaxshi tomonlari bo‘lishini nazarda sokit qilib bo‘lmaydi. Faqat savodsiz o‘qituvchilargina ularni yomon qilishi mumkin. Ayrim pedagogik holatlarda samara berayotgan metodlar boshqa payitda umuman, yaroksiz, xatto zararli ham bo‘lib koli shi mumkin. Shuning uchun pedagogik jarayonda ta’limning tizimli metod laridan o‘rinli foydalanish kerak. Bu jarayonda metod larning kuchli (o‘rinli) tomonlaridan foydalanib, bo‘sh(o‘rinsiz) jixatlarini ajratib tanlash lozim. Bu nizom kachonki ko‘rsatish tushuntirish bilan, tushunti rish ifodalash bilan, ko‘rsatma va xokazolar bilan kushib olib borilsa, o‘quv-tarbiya jarayoni amaliyotdagi ishlarda tasdiklanadi. Shug‘ullanuv chilarning barchasi uchun yaraydiga, barcha ish sharoitiga mos keladigan umuman yo‘q desak, xato kilmagan bo‘lamiz. Qaysi bir metodni universal metod sifatida yuqori baholasak, uni barcha o‘qituvchi kullay boshlaydi, bu, o‘z navbtida, o‘qituvchi ijodkorligini chegaralab qo‘yadi, o‘quvchining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bermaydi. Bu fikr P.F. Lesgaft tomonidan obrazli tarzda ifodalangan: “aytish mumkinki: “Usul - bu men”. Usul shundan iboratki, bilimli, tushunadigan o‘qituvchi o‘z ishini o‘zi olib boraveradi”.
Ta’lim metodlari tavsifi- O‘quvchilarning bilimdlarini oshirish, malaka va ko‘nikmalarni egallash uchun ta’lim metodlari uch guruxga ajratiladi. Har bir gurux bir necha xil metodlarni o‘z ichida mujassamlashtirgan. Mujassamlashtirilgan metodlarning ta’lim jarayenidagi urniga kura so‘zdan foydalanish, ko‘rgazmali xis qilish va amaliy metodlar deb guruxlanadi va ulardan pedagogik jarayonda keng foydalaniladi.
Uch guruxdagi metodlarning mavjudligi orkali o‘quvchinining o‘zlash tirilgan faoliyati bilan organizmning turli analizatorliri tizimi yordamida tanishtirish ta’minlanadi: o‘quvchi eshitadi, ukadi, o‘zi hara kat jarayonini xis qiladi. Ishga ikkala signal sistemasi jalb kilina di. Harakat faoliyatini o‘qitishda amaliy metodlar muxum ahamiyat kasb etadi. Birin chi ikki poydevor kursa, uni ko‘rib bitirish - ya’ni harakat faoliyatining ijrosi u yoki bu usul orkali amalga oshiriladi.



Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling