Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja: I bob maktabda jismoniy tarbiya asosiy tarbiya tarbiyasi


II.BOB. So‘z uslublari va undan foydalanish


Download 57.92 Kb.
bet4/7
Sana10.02.2023
Hajmi57.92 Kb.
#1187778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI

II.BOB. So‘z uslublari va undan foydalanish

So‘zdan foydalanish usullari - O‘qituvchi o‘z faoliyatini asosan so‘z yerdamida (konstruktivlik, tash kilotchilik, izlanuvchanlik) amalga oshiradi, shuningdek o‘quvchilar bilan o‘zaro mulokat va munosabat urnatadi. So‘z ta’lim ja rayonini faollashtiradi, aytarli to‘la va aniq tasavvurning shakillantiradi, ta’lim ning vazifasini chukurrok xis qilish va fikrlashga yordam beradi. So‘z yordamida o‘qituvchi o‘quv materialidan foydalanadi, uning o‘zlashti rilishi natijasini baholaydi va taxlil qiladi, bu bilan o‘quvchini uz-o‘zini baholashga o‘rgatadi. Va nihoyat, so‘z bo‘lmaganda, o‘qituvchi ta’lim ning barcha jarayoniga xos holatni va o‘quvchining xulki yurish-turishi boshqa shu kabi jarayonlarni boshqara olmagan bular edi.


Shunday qilib, o‘qituvchi so‘zning ikki funksiyasidan foydalanish imkoniga ega: birinchidan - ma’nosi orkali o‘qitilayotgan material ning mazmunini ifodalash; ikkinchidan emotsionalligi - o‘quvchi xissiyotiga ta’sir etishi.
So‘zning ma’nosi harakat vazifasini amalga oshirish uchun aniq va o‘quvchilar tushunarli bo‘lishi lozim. B.A. Ashmarin (1979) shu yo‘nalish bo‘yicha quyidagi uslubiy tavsiyalarni taklif etadi.
1. So‘z ma’nosining mazmuni o‘quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga muvofiklashgan bo‘lishi. Yangi harakat faoliyatini o‘zlashtirishdan avval dastlabki tushuntirishdan foydalanish, eng avval harakat faoliyati asosini anglash va so‘ng harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.
2. So‘zdan foydalangan holda o‘zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini uktirish. Masalan, bolalar tir mashib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari sababli, ko‘pincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni o‘rganish xoxishni pasayishga olib keladi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari so‘zlab berilsa, o‘zlashtrishdagi salbiy munosabatni yo‘qka chika rish mumkin.
3. So‘zning harakat faoliyatidagi aloxida harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda kerakligi. Buni, ayniksa, yo‘llanma beruvchi mashqlarni bajarishda yoddan chiqarmas lik lozim. Bu mashqlar aytarli emotsional bo‘lmay, ularni o‘zlashtiri layotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog‘liqligini anglash kerak ligi talab kilinadi.
4. O‘qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so‘ziga katta ahamiyat berish, asosiy zurikish talab kilinadigan dakikalarini tushunish. Bu maqsadda ko‘pincha ko‘rsatma bilan aytish tarzidagi so‘zlar, iboralar (“kullarni”, “boshni”, “ale op”. va. x.k.)dan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak, bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilarga ancha tushunarli qiladi. O‘quvchilar bilimlari va harakat tajribasini xisobga olgan holda, o‘qituvchi qo‘yilgan vazi falarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan kerakli dakikalarga o‘quvchi dik katini qaratishi mumkin.
6. O‘quvchilarga ular avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari xakida (tuzatishga to‘g‘ri kelib kolgan payitlar bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofik emas. Agar uki tuvchi o‘quvchining avtomatlashgan harakatlari xakida gapirsa, o‘quvchi ijro vaqtida harakatni usha fazalari ustida uylaydi, natijada avtomat lashgan harakatlar tarkibida o‘zilishlar sodir bo‘ladi.
Jismoniy bilimlarni egallashda terminlarning ham muxim ahamiyatibor. Terminlar o‘quvchilarga uzlari uchun yangi bo‘lgan tushuncha va tasavvurlariga so‘z orkali urgu beradi. Tanish tushunchalarni aniq ajratish, ukitvuchiga esa umum qabul kilingan tushunchalar - so‘zlar bilan tushuntirishni osonlashtiradi. Nihoyat o‘qituvchi va o‘quvchi orasida qisqa, keng ma’noli so‘zlarning ma’lum ma’nolari asosida o‘zaro tushunish – mulokat vujudga keladi.
Terminlarda kasbning tarixi aks ettiriladi, masalan, gimnastika da ko‘prok chexlar, shvedlarning atamalari; futbolda, tennisda, boksda ing lizcha; kilichbozlikda ko‘pincha fransuzcha atamalar, so‘zlar ko‘p uchraydi. Xozirgi kundagi chet el terminlarini uzbek tiliga tarjima qilish, milliy atamalarimiz bankini yaratish jismoniy tarbiya nazariyasining eng yirik muammolaridan biri bo‘lib qolmokda. Xozirgi zamon terminlari va atamalarini yaratilishiga quyidagi talablar qo‘yilmokda (V.V. Belino vich, 1958).
1. Atama yoki termin ko‘rsatuvchan bo‘lishi lozim, ya’ni mashq texnikasining asosini ifodalasin. Shundagina ular uzlari uchun xos bo‘lgan mazmunni egallaydilar.
2. Atama aniq bo‘lishi kerak. Bu talabni bajarish jismoniy mashq xarakterini shunchalik aniq aks etirilishi kerakki, uni tushun tirish va izoxlashga xojat qolmasin. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar mulokati - fikr almashinuvini aytarli darajada qisqa va tushunarli qiladi.
3. Atamalar qisqa bo‘lishi kerak. Agar bu talab bo‘zilsa termin larni qo‘llash ifodalashga aylanib qoladi. Qisqalik juda ham aniq so‘z topib ishlatishni talab qiladi.
4. Atama tushunarli bo‘lishi lozim. Atamalar ta’lim jarayoni ning tiliga shunday aylanishi mumkinki, agarda, qo‘llanilayotgan so‘z – atamalar o‘quvchini tushunish kuchiga yarasha bo‘lsa hamda ularda umumiy qabul kilingan adabiy tilda vosita sifatida qo‘llansa.
So‘zning emotsionallik xizmati o‘quv va tarbiyaviy vazifa larni hal etishda muxim ahamiyatga ega. Emotsional jixatdan rango-rang lik so‘zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o‘qituvchining o‘z faniga, o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi, o‘quv chi kizikishini oshiradi, o‘z yutugiga ishontiradi qiyinchiliklarni yen gish uchun ishonch tugdiradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so‘zdan doimo foydalaniladi. Jismo niy tarbiya jarayonida uni qo‘llash o‘ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyat lari bilan ajralib turadi.
Aytib berish(hikoya) o‘quvchi faoliyatini o‘yin tarzida tashkillash uchun ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladi.
So‘zda ifodalash - bu harakat faoliyati xususida tasavvur xosil qilish usuli bo‘lib, faoliyatning xarakterli belgilari sanaladi, so‘z orkali nima qilish lozimligi tushuntirilib, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi aytiladi. Undan dastlabki - birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o‘zlashtirishda o‘quvchining harakat tajribasi va bilmidan foydalanishda qo‘llaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabatning muxim usullaridan biri bo‘lib, u asosiy «nima uchun?» degan savolga javob beradi.
Suxbat bir tomondan, faollikni oshiradi, o‘z fikrini aytish malakasini shakillantiradi, boshqa tomondan, o‘qituvchiga o‘z o‘quvchi larining bilish, bajarilgan ishni baholash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan savollari va ularga o‘quvchilar ning javoblari yoki o‘z dunyo karashlarini erkin gapirib berish, urtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi.
Muxokama suxbatdan faqat biror vazifani bajari lagndan so‘ng utkazilishi bilan fark qiladi. Muxokama bir tomonlama bo‘lishi mumkin - agar u o‘qituvchi tomonidan utkazilsa, ikki tomonlama bo‘lishi mumkin - o‘quvchilar ishtiroki bilan utkazilsa.
Topshiriq dars oldidan vazifa quyish yoki dars davomida xususiy vazifa quyishni nazarda tutadi. Vazifaning birinchi shakli shu bilan xarakterlanidiki, o‘qituvchi vazifa bajarishning barcha usullari ni tushuntiradi. O‘quvchilarga talab kilinganlarni faqat bajarish vazifasi qoladi holos. Ikkinchi shakli o‘quvchilar uchun nisbatan qiyin rok bo‘lib ular o‘qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni hal kiilsh, yechishni mustakil kidirishga majbur bo‘ladilar.
Baholash harakat faoliyatining bajarilish taxlili natijasidir.
Ko‘rsatma qisqaligi bilan ajralib turadi va so‘zsiz bajarishni talab qiladi. Bu o‘quvchi dikkatini faqat vazifani bajarish lozimligi va bir vaqtning o‘zida uni bajarish mumkinligiga qaratadi, o‘quvchi ishonchini oshirish uchun xizmat qiladi. Ko‘rsatma orkali o‘quvchi vazifani hal etishning aniq muljalini, shunigdek, xech bir asoslashsiz xatolarni tuzatish usullarini oladi.
Komanda - jismoniy tarbiya jarayonidagi xususiy va eng ko‘p tar kalgan so‘zdan foydalanish metodi. U faoliyatni so‘zsiz bajarish, harakat ni tugatish yoki tempni o‘zgartirish buyrugi shaklidir. Safdagi komanda lar (armiyada, darsda va boshqa mashg‘ulotlarda qabul kilingan), maxsus xakamlikdagi replika (so‘z tashlash) lar, start olish komandalari va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda komandalar qo‘llanilmaydi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda esa komanddalar cheklangan bo‘ladi.
Komandalarning samaradorligiga so‘zni zarur urgu bilan talaffo‘z eta bi lish, nutq va o‘quvchilar harakati ritmini xis kila olish va rivojlan tirish, ovoz toni va kuchini o‘zgartira olish kobiliyati, kaddi komatning chiroyliligi, kullarning ifodali harakatlantira olish hamda o‘quv chilarning yuqori darajadagi intizomi ta’sir etadigan vositalardan sanaladi.
Sanok kerak bo‘lgan harakat tempini yo‘lga quyishda foydalanila di. U bir necha usullar orkali amalga oshiriladi; ovoz bilan xisoblashish(“bir, ikki, uch, to‘rt!”), bir bo‘g‘inli so‘zlar kushib sanash(“bir- ikki-nafas oling!”) va nihoyat, turli xil kushib sanashlar, karsak, ritm bilan ovoz borish va xokazolar.
Ko‘rgazmalilik uslublari- Bu guruxdagi metodlar harakat faoliyatini kurish va eshitish orkali o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Kurish, ayrim payitda eshitish ham shug‘ullanuvchilarda harakat faoliyati xakida har tomonlama tasavvur xosil qiladi, bu navbatdagi takrorlash uchun taxminiy asosni kengay tiradi. Ko‘rgazmali xis kildirish nisbatan chukurrok, tezrok, va puxtarok o‘zlashtirishga imkoniyat beradi, o‘zlashtiriladigan harakat faoliyatiga kizikishni orttiradi. Bolalarni o‘qitishda ko‘rgazmali xis kildirish muxim rol o‘ynaydi, chunki ularda taklid qilish, tirik misollarga inti lish juda kuchli rivojlangan.
Ko‘rgazmali xis etish shundagina kul keladiki, kachonki, ko‘rgazmali qabul kilinayotgan tushunarli va o‘quvchi ongiga yetgan bo‘lsa, ushanda ular aktiv va samarali faoliyatga turtki bo‘ladi. Bo‘lmasa, shug‘ullanish jarayoni jonsiz bo‘lib, faoliyatlar nomigagina bajarilishi mumkin, o‘quvchilar esa passiv ijrochiga aylanadi. Natijada urganuvchi faoliyatni tax lil qilishga harakat kilmaydi, dikkat - e’tiborini harakatning tashki tomoniga qaratadi holos, bu esa, o‘z navbatida, psixik jarayonlarning aktivligini pasaytiradi, fikirlashning bir tomolama bo‘lishiga olib keladi.
Harakat faoliyatining o‘qituvchi (yoki o‘quvchi) tomonidan namoyish kilinishi jismoniy tarbiya ta’limning keng tarqal gan metodlaridan xisoblanadi.
Taklid qilishda o‘quvchining ongi unga ko‘rgazmali singdirilga nini qabul qilib olib taxlil kila olish kobiliyatiga bog‘liq. Agar o‘quvchi ko‘rgan harakat aktini taxlil kila olsa va u shunga o‘rgatilgan bo‘lsa, unda taklid qilish o‘quvchini bilimi o‘zlashtirish kobiliyatini usishi uchun samarali usullardan biriga aylanadi. O‘qituvchining so‘zsiz taklid qilish “ko‘rginu bajar» prinsipi asosida taklid qilish, kurga nini tushunmay, u xakida fikirlamay mantiksiz takrorlashga aylantirib qo‘yadi. Natijada o‘quvchi o‘qituvchisi ko‘rsatganini kurkurona bajara digan, harakat faoliyat larining asosiy qonuniyatlari ma’nosini angla maydigan ijrochilariga aylantirib qo‘yadi.
Taqlid qilish asosan o‘quvchining yoshi va tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda taklid qilishga intilish, sinch kovligi, kizikuvchanligi orkali sodir bo‘ladi (asosan, kattalarga uxshash ga o‘rinish), katta makta yoshidagi bolalarda harakat faoliyatiga ongli munosabat bo‘lib, tushungan holda harakat texnikasini osonrok va tezrok egallashga intilish asosida sodir bo‘ladi.
Taklid qilishning samaradorligi to‘rt faktorga bog‘liq:
1) o‘quvchilarning taklid qilishga tayyorligi, ya’ni ularning tayyor garligi darajasining taklid kilinadigan obyektning qiyinchiligiga muvofikligi, shunga kura, jismoniy mashq ijrosi qiyinligi shunday bo‘lishi kerakki, uni egallash uchun o‘quvchilar faqat maksimal zurikish namoyon qilish orkaligina erishishlari lozim;
2) o‘quvchilarning taklid obyekti xakidagi tasavvurlarini to‘laligi;
3) taklidning ta’limga xos tub mativining moxiyati darajasiga ay lantirishga imkon beradigan kizikish sababini o‘quvchida uygotish;
4) o‘quvchini taklidga xoxishi, ya’ni kuzatayotganini aktiv takrorlash.
Jismoniy mashqni ko‘rsatish uchun qo‘yiladigan ayrim metodik talablar: a) ko‘rsatish doimo so‘zdan foydalanish bilan olib borilishi lozim, bu urganilayotgan harakat faoliyatini ijodiy takror lashga imkoniyat ochadi: b) ko‘rsatish payitida o‘quvchilarning o‘qituvchi ning emotsional holatiga taklid qilishini e’tibordan chetda qoldirmas lik lozim. Chunki bu o‘zlashtirilayotgan faoliyatga va ta’lim jarayoniga muno sabatning shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rsatishning mazmunini o‘qitish vazifalari mazmuniga muvofikligi: a) birinchi ko‘rsatishda o‘zlashtirilayotgan jis moniy mashq texnikasi xakida to‘la tasavvur xosil kilinishi, undan so‘ng ko‘rsatilganni o‘quvchi takrorlay olishi mumkin bo‘lsin, kursa-yu, bajara olmasa, ta’lim jarayonidan kuzlangan samaraga erishish mumkin bo‘lmay qoladi; b) harakat faoliyatini qanday qilib egallash, o‘rganish kerak ligini ko‘rsatish talab etilsa, texnika ijrosi ko‘rsatuvda ishdivitduallashtirilishi, sport maxoratining yuqori bosqichini ifodalaydigan bo‘lishi lozim; v) kachonki, o‘quvchi dikkatni aloxida harakatlarga va ak sentlashtirilgan zurikishlarga qaratish lozim bo‘lib kolsa, ko‘rsatishda aynan usha joylari takroriy, urgu berib, sekinlashtirilib namoyon kili nadi, aniq bo‘lmagan, palapartish ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lo zim, chunki u o‘quvchilar tomonidan namuna sifatida qabul kilinishi mumkin.
Jismoniy mashqni o‘quvchi tomondan ko‘rsatishga quyidagi hollarda ruxsat berilishi mumkin:
a) o‘qituvchi salomatligi yomonligi tufayli harakat faoliyatini ko‘rsata olmasa;
b) ko‘rsatishda o‘qituvchi nokulay holatda, imkoni bo‘lmay kolgan holatda turganda (masalan, boshi yerga qarab yoki orkasiga qarab kolsa);
d) o‘quvchida o‘qituvchi harakatni butunlay bajarib bo‘lmaydi degan fikr to‘la ongiga singib kolganini ko‘rgan takdirda uni yo‘qotish uchun;
e) o‘quvchi misolida bola ijrosini individuallashgan texnikasini namoyishkorona bajarish kerak bo‘lib kolgan takdirda.
Ko‘rsatishda o‘qituvchi shunday nizomga rioya qilishi keroakki, u bar cha o‘quvchilarga raxbarlik kila olsin (yuqorirokda turib butun sinfni nazoratda tutish), o‘quvchilarga esa mashqni ko‘prok yon tomondan kurish, tuzilishi va bajarilishi ko‘rgazmali tarzda (masalan, yon profilda oyok larni bukish yozishning ko‘rinishi qanday bo‘ladi) ko‘rsata olsin. “Bunday bajarish kerak emasligini ko‘rsatish” ni o‘qituvchi tomonidan namoyish qilishga ruxsat beriladigan holatlar: o‘quvchilar bajarilgan mashqka tankidiy qarab osalargina; o‘z harakatlarini solishtira olsalargina; ularni taxlil kila oladigan bo‘lganlarida, shuningdek, ko‘rsatish ishon tiradigan tushuntirishlar bilan olib borilsa va o‘quvchini mashara qilish maqsadida bo‘lmasagina. “Oynada” aksini ko‘rgandek ko‘rsatuvlar faqat sodda harakatlar, asosan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarnigi na ko‘rsatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Qiyin harakatlarni bu usulda ko‘rsatish koidaga kura ijroning tabiiyligini, yengilligini yo‘qolishiga olib kelishi amaliyotda isbotlangan.



Download 57.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling